R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§. Konstitutsiya turlari



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

6-§. Konstitutsiya turlari
So‘nggi ikki yuz yildan ortiq Konstitutsiyaviy taraqqiyot 
m obaynida turli m am lakatlarda nihoyatda k o ‘p K o nstitu­
tsiy a lar q ab u l qilindi. U larn in g ichki tu zilishi, ta rtib g a
soladigan masalalari, tashqi belgilarida o ‘xshashliklar mavjud 
b o ‘lsada, b arch a K o n stitu tsiy ala rn i m azm uni, m ohiyati, 
ijtimoiy vazifalariga k o ‘ra tasniflash, m a’lum turlarga ajratish 
mum kin.
Konstitutsiyalarni ularning umumiy xususiyatlari asosida 
tasniflash, turli toifalarga ajratish ko‘p sonli Konstitutsiyalar 
ichida m o‘ljal olishni osonlashtiradi, ular orasidagi qonuniy 
aloqalarni aniqlashga, huquqiy tizimdagi ahamiyati va о ‘mini 
belgilashga imkon beradi. Eng muhimi, dunyodagi Konstitu­
tsiy alarn ing ijtim oiy y o ‘nalishi, m azm uni va m ohiyatini 
anglashga k o ‘maklashadi.
T asniflash K on stitu tsiyaviy qonu n chilikn in g um um iy 
manzarasini ko‘z oldimizga keltirish imkonini yaratadi. T o‘g‘ri, 
tasniflashning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yubormaslik 
lozim. Konstitutsiyalarni tasniflash aslida shartli bo'lib, u har 
bir K onstitutsiyaning qabul qilinish shart-sharoitini, unda 
ifodalanadigan siyosiy kuchlar nisbatini, mamlakatning tarixiy 
va milliy an ’analarini to ‘la-to‘kis qamrab ololmaydi.
Biroq tasniflash yordamida Konstitutsiyalarning umumiy, 
m ohiyatiga oid belgi va xususiyatlarini, tab iatin i anglash 
mumkin. Keng m a’noda olganda, tasniflash bizning Konstitu­
tsiyalar haqidagi bilim larim izni aniqroq shakllantiradi va 
tizimlashtiradi.
Turli m am lakatlardagi K onstitutsiyalarni turli mezonlar 
(kriteriyalar)ga asoslanib, har xil guruhlar (turlar)ga b o iish
mumkin.
Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko‘ra 
quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
• Y uridik K onstitutsiya (formal) — davlatning Asosiy 
Qonuni.
• Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy) — amaldagi real 
ijtimoiy munosabatlar.
21


• Tirik Konstitutsiya — AQSH Oliy Sudi, bu K onstitu­
tsiyani o 'z g a ra y o tg a n ijtim oiy m ezonlarga m oslab 
kelmoqda.
• F iktiv (soxta) K o n stitu tsiy a — SSSRning 1936-yil 
Konstitutsiyasi.
• M oddiy K onstitutsiya — K onstitutsiyaviy tuzum va 
inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir.
• Formal Konstitutsiya — Asosiy Qonun b o iib , alohida 
tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.
Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko‘ra quyidagi tur- 
larga b o iish mumkin:
• Yozma Konstitutsiyalar.
• O g‘zaki (yo zilm agan) K o n stitu tsiy a la r — Buyuk 
B ritan iy a, Y angi Z elandiya, B u tan kabi d a v la tla r 
Konstitutsiyalari.
• Yaxlit K onstitutsiyalar — K onstitutsiya m atni yaxlit 
b o iib , bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, 0 ‘zbekiston,« 
Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiya- 
larga misol b o ia oladi.
• Yaxlit boim agan (noyaxlit) Konstitutsiyalar — bunday 
Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan 
iborat b o ia d i. M asalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil 
Konstitutsiyalari.
• Yumshoq Konstitutsiyalar — bunday Konstitutsiyalar 
oddiy qonunlar kabi o ‘zgartiriladi. M asalan, Buyuk 
Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi 
va oddiy tartibda o ‘zgartiriladi.
• Qattiq Konstitutsiyalar — alohida m urakkab tartibda 
o ‘zgartiriladi. M asalan, AQSH, Rossiya, 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyalari.
• Doimiy K onstitutsiyalar. A ksariyat K onstitutsiyalar 
doimiydir.
• V aqtinchalik (m uvaqqat) K onstitutsiyalar — Iroqda 
1970-yil, Birlashgan Arab Amirligida 1971-yildan beri 
harakatda b o ig a n Konstitutsiyalar.
Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ijtimoiy mazmuniga qarab 
ham bir necha turga boiish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 
300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar subyektlari- 
ning Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy 
davrda qabul qilingan boiib, har xil ijtimoiy mazmunga ega.
1. G ‘arb mamlakatlari Konstitutsiyalari.
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.
22


3. 0 ‘tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.
4. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari.
Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham b o ‘lish mumkin:
1. Demokratik Konstitutsiyalar.
2. Avtoritar Konstitutsiyalar.
3. Totalitar Konstitutsiyalar.
A d ab iy o tlard a yozm a va yozilm agan K o n stitu tsiy alar 
farqlanadi. Aksariyat k o ‘pchilik m am lakatlarda belgilangan 
tartibda qabul qilinadigan yozma Konstitutsiyalar amal qiiadi. 
Hozirgi davrda K onstitutsiyalarning yozma shaklda qabul 
qilinishi o ‘rinli degan fikr qaror topdi. Shu bilan birga, yozma 
Konstitutsiyaga ega b oim ag an m am lakatlar bor (jumladan, 
Buyuk B ritaniya, Yangi Zelandiya). B a’zi m am lakatlarda 
Konstitutsiya deganda bir necha huquqiy hujjatlar, hatto odat- 
lar (Konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi.
K o n stitu tsiy a la r q abu l q ilin ish ta rtib ig a k o ‘ra, tu rli 
ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, 
y a ’ni podsho (m onarx) to m o n id an x alqqa in ’om etilgan 
Konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlari- 
ning K onstitutsiyalari kiradi. 0 ‘z vaqtida Buyuk Britaniya 
Afrikadagi o ‘z koloniyalariga shunday Konstitutsiyalar in’om 
etgan.
Amal qilish vaqtiga ko‘ra, muddati cheklangan va cheklan- 
magan, ya’ni m uvaqqat va doimiy amal qiluvchi K onstitu­
tsiyalar b o ‘ladi. M uvaqqat Konstitutsiyalar m a’lum muddatga 
yoki muayyan vaziyat vujudga kelgunga qadar qabul qilinadi. 
Masalan, Tailandning 1959-yildagi Konstitutsiyasi to T a ’sis 
majlis doimiy Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqunga qadar 
am alda b o ‘ldi. K o ‘pchilik K o n stitu tsiy ala r doim iy am al 
qiluvchi q o n u n la r h iso b la n ad i. B iroq bu hoi u la rn in g
abadiyligini kafolatlamaydi. M am lakatda siyosiy vaziyatning 
o ‘zgarishi ak sariy at h o llard a yangi K o n stitu tsiy a q abul 
qilinishiga olib keladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida harbiy 
to ‘ntarishlar oqibatida Konstitutsiyalar juda tez-tez o ‘zgarib 
turadi. Masalan, 60-yillarning o ‘rtalarigacha Boliviyada 20 ta, 
Kolumbiyada 11 ta, Dominikan Respublikasida 15 ta, Gaitida 
23 ta, Venesuelada 22 ta Konstitutsiya qabul qilindi.
Bir q ato r K onstitutsiyalar m atnida ularning abadiyligi, 
o ‘zgarm asligi haqidagi qoida m ustahkam lab q o ‘yilganini 
uchratish mumkin. Masalan, Meksikaning 1917-yilgi Konstitu­
tsiyasida «o‘zgarmas» (136-modda) deb yozilgan. Gretsiyaning 
1975-yildagi K onstitutsiyasida unga rioya etish greklarning


vatanparvarligi bilan ta ’minlanishi belgilangan. Ular Konstitu- 
tsiyaning bekor qilinishiga barcha vositalar bilan qarshilik
ko‘rsatishga haqli ekanliklari yozilgan (120-modda. 4-qism).
K o n stitu tsiy a la rn i m azm uni va ta b ia tig a k o ‘ra ham
tasniflash mumkin. Siyosiy rejimni rasmiylashtirishga qarab 
K onstitutsiyalar dem okratik va avtoritar b o ‘lishi mumkin. 
Avtoritar Konstitutsiyalar ichida yana totalitar Konstitutsiya­
lar bo‘lishi e’tirof etiladi.
Demokratik Konstitutsiyalar fuqarolarning muayyan huquq 
va erkinliklarini kafolatlaydi, siyosiy partiyalarning erkin 
shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘1 qo‘yadi, hokimiyat 
idoralari ta ’sis etilishining saylov tartibini o ‘rnatadi va hokazo.
A vtoritar K onstitutsiyalar siyosiy partiyalar faoliyatini 
cheklaydi yoki taqiqlaydi, b a’zan yakka partiyaning hukmron- 
ligini o ‘rnatadi. Nomiga e’lon qilingan Konstitutsiyalar fuqaro­
lar huquq va erkinliklarini jiddiy cheklash y o ‘lini tutadi. 
A vtoritar (totalitar) Konstitutsiyalar haddan ziyod mafkura- 
lashganligi bilan ajralib turadi.
Boshqaruv shaklini mustahkamlash hamda davlat boshlig‘i 
lavozimini egallash tartibiga ko‘ra, monarxiya va Respublika 
Konstitutsiyalari bo ‘lishi mumkin; siyosiy hududiy tuzilishni 
belgilashiga qarab — federativ va u nitar K onstitutsiyalar 
farqlanadi. Federativ davlatlarda federal K onstitutsiya va 
federatsiya subyektining Konstitutsiyasi mavjud bo'ladi.
0 ‘zgartirilish tartibi (usuli)ga ko'ra, «yumshoq» va «qattiq» 
Konstitutsiyalar b o ‘ladi.
«Y um shoq» K o n stitu tsiy a la r oddiy q o n u n la r uchun 
belgilangan ta rtib asosida o ‘zgartiriladi yoki to ‘ldiriladi. 
«Qattiq» Konstitutsiyalar alohida o'rnatilgan tartibga muvofiq 
(qo‘shimchalar taqdim etilgandan so‘ng m a’lum vaqt o ‘tgach 
yoki malakali ovoz berish — deputatlarning 2/3 qismi ovozi 
bilan, federatsiya subyektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan 
ta q d ird a va hokazo) o ‘zgarishi mum kin. M asalan, AQSH 
K o n stitu tsiy a sig a ik k i yuz yild an o rtiq am al q ilin ishi 
mobaynida atigi 27 ta tuzatish kiritilgan. 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Konstitutsiyasini ham «qattiq» Konstitutsiyalar qatoriga 
kiritish lozim.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish