R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


(3^§. Konstitutsiya shakllari



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

(3^§. Konstitutsiya shakllari
Konstitutsiya shakli deganda, Konstitutsiyaning mohiyatini 
sh a k lla n tirish , ifo d alash h am d a narnoyon etish vositasi 
tushuniladi. Bu ta ’rif, bir tomondan, Konstitutsiyaning ichki 
shaklini, ya’ni mazmunining ichki tashkiliy tuzilishi (struktu- 
rasi)ni aks ettiradi; ikkinchi tom ondan, K onstitutsiyaning 
tashqi ifodalanishini anglatadi5.
Konstitutsiyalarning ichki tuzilishi (strukturasi) xususida 
so‘z yuritilarkan, albatta, kodifikatsiyalangan, oliy yuridik 
kuchga ega bo'lgan barcha normalarni qamrab olgan yaxlit va 
yagona yozilgan Konstitutsiya nazarda tutiladi. Uning ichki 
tuzilishi asosan avval muqaddima, asosiy qism va xulosadan 
iborat b o ‘ladi. M uqaddim ada odatda Konstitutsiya maqsad­
lari bayon qilinadi, uning yuzaga kelishining tarixiy shart- 
sharoitlari tavsiflab beriladi.

Karimov I.A. Biz kelajagimizni o ‘z q o ‘limiz bilan quramiz. T. 7.— Т.: 
« 0 ‘zbekiston, 1999, 84-b. 
'

Tadjixanov U. va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitu­
tsiyaviy huquqi. Darslik. — Т.: «Sharq», 2001, 105-bet
16


Konstitutsiyaning ushbu qismi siyosiy va g‘oyaviy nuqtayi 
nazardan juda muhimdir. M uqaddimadagi qoidalar huquqiy 
norm alar hisoblanmasa-da, boshqa qoidalarni sharhlash va 
q o ‘llashda norm ativ aham iyatga egadir, y a ’ni m uqaddim a 
K o n stitu tsiy a n o rm alarin in g sh arh lan ish i lozim b o ig a n
yo‘nalishlarni ko‘rsatib beradi.
Konstitutsiyaning asosiy qismida fuqarolar huquq va erkin­
liklari, ijtimoiy tuzum asoslari, davlat organlarining tizimi va 
statusi (darajasi) davlat timsollari, Konstitutsiyaga o ‘zgarish- 
lar kiritish tartibi to ‘g‘risidagi normalar beriladi.
D avlat organlari statusi to ‘g ‘risidagi n o rm alar o d atd a 
hokimiyatning taqsimlanishi prinsipiga mos ravishda beriladi
k o ‘pincha avval parlam ent to ‘g ‘risidagi, undan keyin sud 
hokim iyati to ‘g‘risidagi va nihoyat mahalliy hokimiyatning 
tashkil etilishi to ‘g ‘risidagi norm alar beriladi. B a’zan esa 
butunlay boshqacha tartib ham k o ‘zga tashlanadi. Masalan, 
Ispaniya K onstitutsiyasida avval boshida davlat boshlig‘i 
to ‘g ‘risidagi, so‘ngra esa K onstitutsiyaviy adliya organlari 
to ‘g‘risidagi normalar berilgan. Ba’zan normalarning berilish 
tartibi davlatdagi b a ’zi organlarning boshqalariga nisbatan 
ustuvorroq nufuzga ega ekanligini ham k o ‘rsatadi. Masalan, 
Fransiya Konstitutsiyasining asosiy qismida avvalo Respub­
lika P rezid en ti t o ‘g ‘risid a g i, ikk in ch i o ‘rin d a h u k u m a t 
to ‘g ‘risidagi norm alar berilgan. 0 ‘zbekiston R espublikasi 
Konstitutsiyasida esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar M ahkam asi, 
Mahalliy davlat hokimiyati, Sud hokimiyati to ‘g‘risida norma­
lar berib o‘tilgan.
Xulosada turli normalar boiishi mumkin. Odatda xulosada 
K onstitutsiyaning kuchga kirish tartibi, organik va boshqa 
qonunlarning chiqarilish muddatlari k o ‘rsatiladi.
Vaqtinchalik qoidalarda birdaniga amalga kiritish imkoni 
b o im ag an Konstitutsiyaviy norm alarning amalga kiritilishi 
muddatlari, eski Konstitutsiyaviy normalarning yangilari bilan 
almashtirish tartiblari va muddatlari ko ‘rsatiladi.
K o n stitutsiyan in g q o ‘shim cha q oid alari asosiy qismga 
qaraganda boshqacharoq beriladi va ular ko‘pincha sharhlash 
xarakterida b oiad i. Ba’zi bir istisnolar ham odatda qo‘shimcha 
qoidalar qismidan joy oladi.
K onstitutsiyaning ichki shakli quyidagi elem entlarning 
majmuidan iborat:
1) Konstitutsiyani.jsWabifchiqish tarabi; 

t
|s-
'
’ 


■ • • 
5
* /^ f P
jr.-.


2) Konstitutsiyani rasmiylashtirish, qabul qilish tartibi;
3) Konstitutsiyani tasdiqlash tartibi;
4) Konstitutsiyaning ichki tuzilishi.
Konstitutsiyaning hayotga tatbiq etilishi, uning harakat- 
lanishi, amalga oshishi uchun yuqoridagilar hali yetarli emas. 
Buning uchun Konstitutsiyaning tashqi jihatini tashkil etuvchi 
elementlar ham boiishi lozim. Tashqi shakl Konstitutsiyaning 
amalga oshirilish shaklini ham nazarda tutadi.
Konstitutsiyaning tashqi shakli quyidagi elementlar (qism- 
lar)dan tarkib topadi:
1) Konstitutsiyaning nomlanishi;
2) Konstitutsiyani kuchga kiritish tartibi (shakli);
3) Konstitutsiyani amalga oshirish tartibi;
4) Konstitutsiyani o ‘zgartirish (qayta к о‘rib chiqish) tartibi;
5) Konstitutsiyani muhofaza etish tartibi.
0 ‘zbekiston Respublikasining am aldagi K onstitutsiyasi
tuzilishi uning mazmuniga to‘la muvofiq b o ‘lib, shaxs, jamiyat 
va davlat oldida turgan vazifalarni samarali hal etishga ko‘mak 
beradi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boiim , 
26 bob va 128 moddadan iborat.
Muqaddima qisqa bo‘lib, ko‘tarinki ruhda yozilgan. Unda 
K onstitutsiyani xalq, ya’ni davlat hokim iyatining haqiqiy 
sohibi qabul qiladi va unda o ‘z irodasini ifoda etadi. Agar 
birinchi b o iim Konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari 
yig'indisidan iborat boisa, ikkinchi b oiim da inson huquqlari 
to ‘g‘risidagi normalar mavjud.
Respublika Konstitutsiyasining inson va fuqaroning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlari to ‘g ‘risidagi b oiim i keng 
berilishi Konstitutsiyaning mohiyatidan kelib chiqadi. «Shaxs- 
jamiyat-davlat» munosabatlarining tartibga solinishi Konstitu­
tsiyaning tub m ohiyatini tashkil etadi. Bunda shaxs omili 
birinchi o ‘rinda qo'yilgan.
U chinchi b o iim d a esa jam iyat va shaxs m unosabatlari 
tartibga solinib, fuqarolik jamiyatining an'’analarini tiklash, 
ijtim oiy uyushm alar va m unosabatlarni huquqiy jih atd an
tartibga solib, ularning rivojlanishini ta ’minlashga qaratilgan 
normalar mavjud.
T o‘rtinchi b o iim m a’muriy-hududiy va davlat tuzilishiga 
bag‘ishlangan. Unda Q oraqalpog‘iston Respublikasi haqida 
alohida bob bor.
Beshinchi b o iim davlat hokimiyatining tashkil etilishi deb 
n o m lan ib , un d a 0 ‘zb ekiston R espu blik asi Oliy M ajlisi,


Prezidentning huquqiy m aqom i, ijro hokim iyati, mahalliy 
davlat organlari, sud hokim iyatining huquqiy m aqom lari 
ko‘rsatib o ‘tilgan. Oltinchi b o iim Konstitutsiyaga o ‘zgartirish 
kiritish tartibini o ‘z ichiga oladi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish