Referat mavzu: Huquqshunoslik sharafli kasb Bajardi: Pirimboyev Robiya Tekshirdi



Download 137,29 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi137,29 Kb.
#651284
TuriReferat
Bog'liq
Huquqshunoslik



REFERAT



Mavzu: Huquqshunoslik sharafli kasb




Bajardi: Pirimboyev Robiya


Tekshirdi: ____________________________
Huquqshunos.
O‘rta maxsus (advokat yordamchisi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish inspektori, notarial idoralar kotibi, huquqbuzarlikning oldini olish inspektori, voyaga etmaganlar bilan ishlash inspektori, sud ijrochisi, sud majlisi kotibi, xo‘jalik tashkilotlarida huqushunos- maslahatchi) – yuridik kollejlar;
Oliy (huquqshunos) – yuridik universiteti, yuridik fakultetiga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari.
Qobiliyatlar insonlar bilan ishlay olish, e’tiborlilik, dilkashlik, bosiqlik, sovuqqonlik, kuzatuvchanlik, hujjatlar bilan ishlay olish, diqqat va sabr bilan tinglay olish, tushunish, insonlarni, ularning xulqi, hatti-harakatlarini baholay olish, yaxshi rivojlangan og‘zaki va yozma nutq, ko‘p yoza olish mahorati, fikrlarni aniq ifodalay olish.
Fanlar ona tili va adabiyot, chet tillari, informatika va axborot texnologiyalari, huquq, tarix, shaxs va jamiyat, psixologiya, estetika, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, Davlat tilida ish yuritish va nutq madaniyati.
Mazmuni
YUridik konsultatsiyalar yoki konsalting firmalarida – huquq va majburiyatlarni tushuntirib berish, turli xildagi hujjatlarni ishlab chiqish, sud faoliyatida har xil rolda ishtirok etish, u yoki bu bahslarda fuqarolarning huquqlarini aks ettirish;
Tashkilotlarda – egalik huquqlari, shaxs, mulk, shuningdek, kashfiyotlar, tovar belgilari va hokazolarni ro‘yxatdan o‘tkazishga oid hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirish; xodimlar inspektori; sud yoki arbitrajda ish beruvchining jinoiy tergovga bog‘liq bo‘lmagan qiziqishlarini tushuntirish;
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarida – inspektorlik faoliyati; sudlarda – sud ijrochiligi hamda sud majlisi kotibligi faoliyati;
Advokatlik kontoralarida – advokatga yordamchi, fuqarolarga va jismoniy shaxslarga sudda o‘z manfaatlarini himoya qilishda yordam berish;
Notarial idoralarda – fuqarolarga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirish, yuridik hujjatlarni ishlab chiqish, har hil yuridik hujjatlarni tayyorlash, hujjatlarni nusxalash, vasiyatnoma va kelishuvlarni rasmiylashtirish;
Sud ijro xizmatida – qarz, etkazilgan ma’naviy va moddiy zarar o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish, sud qarori to‘g‘risidagi xabarnomani tayyorlash va uni javobgarga etkazish, militsiyani jalb qilgan holda javobgarni izlab topish, javobgarga tegishli mol-mulk va moddiy boyliklarni qidirish hamda ularni xatlash, sud qarorlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va ularni sudga jo‘natish, musodara qilingan buyumlarni ro‘yxatga olish va dalolatnomalarini tuzish, javobgarlikdan bo‘yin tovlagan shaxsga tegishli bank hisob raqamlarini yopishni tashkil etish, musodara qilingan va xatlangan mol-mulkni olib ketish, saqlash, va da’vogarga etkazish yoki savdoga chiqarish, da’vogarga qarzlarni qaytarish.
Afzalliklar kasbning jamiyatdagi yuqori nufuzi; inson va Davlat manfaatlarini himoya qilish; ishda erkinlik va mustaqillikning yuqori darajasi; yuqori maosh; har xil insonlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish imkoniyati; insonlarga qonuniy ravishda o‘zlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy, moddiy boyliklarni qo‘lga kiritishlarida yordam berish mas’uliyatini his qilish; sud ishlarining nozik tomonlarini bilib olish; sud-ijro tizimidagi yuqori kareraga ko‘tarilish imkoniyati.
Kasbiy qiyinchiliklar mijozning talablarini kechiktirishdagi asabiy holatlar xavfi; korporativ etika qoidalariga amal qilish majburiyati; qisqa muddatlarda javobgarlar bilan birgalikda da’vogarlar sonidan kelib chiqadigan ko‘pgina dushmanlar orttirib olish; javobgar va da’vogarlar tomonidan bosim va tahdidlar; sog‘lik, ba’zan esa, hayot bilan tavakkal qilish; ishdagi ruhiy zo‘riqish, ayniqsa, hech qanday jinoyat sodir etmagan, lekin noxush holatlar va firibgarlik qurboni bo‘lgan insonlarning “oxirgisi”ni undirib olganda; izquvarlik ishi va qog‘ozdagi aniqlikning uyg‘unligini ta’minlash; me’yorlanmagan ish kuni.
YUristlar – huquqiy jihatdan tashkilot va jamiyatning faoliyati hamda kundalik hayot tarzini ta’minlaydigan kishilar. YUrist diplomiga ega bo‘lgan ko‘plab kishilar aynan shu sohada banddirlar: tashkilotlarning kelishuvlarini ta’minlashadi, muzokaralarda ishtirok etishadi, o‘z tashkilotlarini manfaatlarini sudda himoya qilishadi, muhim masalalar bo‘yicha yozishmalar to‘plamining katta qismini tayyorlashadi, da’vo va e’tirozlarni o‘rganib chiqishadi, ba’zida ish yuritish va tashkilot bo‘yicha barcha buyruqlarni tayyorlash ishlarini olib borishadi. Agar tashkilot katta bo‘lmasa, u holda yurist zimmasiga xodimlar ishi ham yuklanadi: xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va ularni bekor qilish, mehnat daftarchalarini yuritish, ma’lumotnomalarni tarqatish. Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin, huquqshunos uchun ish tashkilotning barcha sohalarida topiladi.
O‘rta va kichik tadbirkorlar uchun kichik jamoalarning katta hajmdagi majburiyatlarni bajarishi to‘g‘risidagi izoh o‘rinli. Bu muomaladagi yuridik ma’lumot o‘zida, iqtisodiy ma’lumot bilan bir qatorda, yuqori qadr-qimmatni aks ettiradi. YUridik bilimlar tashkilotchilik ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yo‘l ochadi – aynan mana shu kasb faoliyatning ixtiyoriy sohasidagi ixtiyoriy rahbar uchun asosiysi hisoblanadi. Ko‘plab muvaffaqiyatli menejerlar biznesga, amaliyotda qandaydir aniq bir tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirgan holda, yurist sifatida kirib kelishadi.
Kichik tashkilot huquqshunosga “to‘liq ish fronti”ni etkazib berish va uni ish bilan ta’minlashni uddalay olmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Ko‘p huquqshunoslar bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishadi va rahbarlar ham, uning rangbarang faoliyati, turli sohalardagi muloqot va aloqalari faqat foydaga ishlashini tushungan holda, bunga rozi bo‘lishadi.
Ba’zida tashkilotning yuridik xizmatlarini, korxonalarga turli xildagi yordam va xizmatlarni ko‘rsataverib “korporativ” yuristga aylangan yuridik firma amalga oshiradi. Bunday firma xodimlari alohida majburiyatlarni o‘zaro bo‘lishib olgan holda, bir necha o‘nlab tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishga qodirlar. Bu kabi firmalar yuqori mavqega ega bo‘lishlarini va ishchilarinig maoshi ham shunga yarasha bo‘lishini anglab etish uchun daho bo‘lish shart emas.
Tajriba orttirmagan, hali o‘zini ko‘rsatishga ulgurmagan yosh huquqshunosga hech qaysi tashkilot katta ish haqi to‘lanadigan ish o‘rni tayyorlab qo‘ymasligi o‘z-o‘zidan aniq. Hali umuman ish o‘rnining o‘zini tayyorlab qo‘yishlariga ishonish qiyin.
SHuningdek, huqushunos diplomi bilan huquqbuzarlikning oldini olish va voyaga etmaganlar bilan ishlash inspektori sifatida ham faoliyat olib borish mumkin. Bunday mutaxassislar asosan profilaktika inspektorlari hisoblanishadi. Ular maxsus tuzilgan komissiyalar tarkibida ishlashadi. Voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish, nazoratsiz qolgan voyaga etmaganlarni aniqlash va ularga murabbiy biriktirish kabi vazifalarni bajarishadi. Qarovchisiz qolgan voyaga etmaganlarga vasiylik kengashlari orqali vasiy tayinlash yoki ularni mehribonlik uylariga jalb etish borasida tegishli tadbirlarni olib borishadi va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishadi. Korxona va tashkilotlarda voyaga etmaganlarning mehnat huquqlarini himoya qilishadi. Inspektorlar maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va sport-sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatiishadi.
Xo‘sh, bo‘lajak “Femida”lar, Qonun xizmatiga tayyormisiz? Unda, omad!
YUrisprudensiya sohasiga advokat yordamchisi sifatida kirib kelmoqchi bo‘lsangiz, advokatlarning qanday ishlar bilan shug‘ullanishlarini bilib qo‘yganingiz ma’qul.
Advokatlik - yuridik olamdagi ommaviy kasb. Aynan u suddagi “bosh rol”lardan birini ijro etadi - sudlanuvchilarning taqdiri hal bo‘ladigan minbarda, ularning taqdirini hal qiladigan darajada nutq so‘zlaydi. Advokat nutqining yorqinligi, jonliligi, ishonarliligi va ta’sirchanligi nafaqat uning himoyasidagi sudlanuvchining kelajagiga, balki o‘z kasbiy manfaatlariga ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugun taniqli advokatlarning ish faoliyati jamiyat diqqat markazida: yozuvchilar ular to‘g‘risida kitoblar yozishmoqda, ssenaristlar turli tele- va radiodasturlar tayyorlashmoqda (masalan,“Radioadvokat” eshittirishi, “Sizning advokatingiz” teleko‘rsatuvi).
Advokat - jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan inson tomonida turib “kurashadi”. Uning vazifasi va maqsadi – gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsga qonun doirasida yordam ko‘rsatish. Agar mijozining aybdorligiga shubha bo‘lsa, advokat bor kuchini ishga solishiga to‘g‘ri keladi - sudda uning aybsizligini isbotlaydigan yangi asos va dalillarni keltirishi zarur. Agar aybdorligi aniq bo‘lsa, aniq isbot va dalillarni izlab topish orqali, jazoni imkon qadar engillatish bo‘yicha o‘z fikrini o‘tkazishi mumkin. Fuqarolik ishlarida esa mijozga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordamlashadi.
Advokat - erkin kasb vakili, huquqiy masalalar bo‘yicha mustaqil professional maslahatchi. Agar u bir o‘zi ishlayotgan bo‘lsa, advokatlik kabinetini tuzadi; ikki yoki undan ko‘p advokatlar esa advokatlik byurolarini va yuridik maslahat markazlarini tuzishlari mumkin. Advokat ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari biror tashkilotda xodim sifatida faoliyat yuritishi yoki davlat boshqaruvi lavozimlarida ishlashi mumkin emas.
Oliy yuridik ma’lumotga yoki yuridik ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan har bir kishi advokat bo‘lishi mumkin. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, mutaxassislik bo‘yicha ikki yillik ish faoliyati yoki advokat oldida stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak. (advokat besh yillik ish tajribasidan keyin stajyorga rahbarlik qilish huquqiga ega bo‘ladi). Stajyor mustaqil ravishda advokatlik qilishga haqi yo‘q, lekin advokatlik sirlarini saqlashga majbur.
Advokatlik siri – advokatga ishonchnoma bergan shaxs tomonidan berilgan ma’lumot. Fuqaro advokatga nima masala bo‘yicha murojaat qilishidan qat’i nazar - hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar to‘g‘risidagi axborotlar bo‘ladimi yoki ayblanayotgan jinoiy ishga doir ma’lumotlar bo‘ladimi - boshqalarga berishga uning haqi yo‘q. Qonun bo‘yicha advokat unga mijoz tomonidan ma’lum qilingan ixtiyoriy holatlar bo‘yicha guvoh sifatida tergov qilinishi mumkin emas. U ma’lumotlarning barchasini sir saqlashi shart.
Haqiqiy advokatlik - uzoq va yuqori sifatli ta’lim, yuridik sohadagi tajriba, o‘z kasbiy darajasini yuqori ko‘tarishdagi tinimsiz mehnat, yuridik sohaning turli mutaxassislari bilan aloqa va munosabatlar. Bu - samarasi hayotdagi yutuqlarni, kasbdoshlarning hurmatini va mijozlar ishonchini ta’minlaydigan uzoq va doimiy mehnat.
“Haqiqat mash’ali ko‘pincha uni ko‘tarib ketayotgan odamning qo‘lini kuydiradi.” (P.Buast)
Siz bunga tayyormisiz?
Notarius - notarial harakatlarni amalga oshirish uchun vakolatli lavozimdagi shaxs. Notarial harakatlarga esa hujjatlar nusxalari va ulardan olingan ko‘chirmalarning, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini tasdiqlash, mulkka va merosga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga tarjimasining to‘g‘riligi va har bir mamalakatning o‘ziga xos bo‘lgan boshqa bir qator rasmiylashtirish ishlari kiradi. Notariuslar odamlarga o‘z hatti-harakatlarini yuridik jihatdan to‘g‘ri amalga oshirishlariga yordamlashish orqali ularning yaxshi huquqiy maslahatchisiga aylanishadi. Notarius insonlarning asl maqsadlarini anglay olishi va ularning har qanday nojo‘ya hatti-harakatlari huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, ularni amalga oshirishning to‘g‘ri tartibini tushuntira olishi kerak.
Notarial idoralar kotibi notarial harakatlarga doir hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Notarius bo‘lish oson emas. Eng birinchi sharti - huquqshunos diplomiga ega bo‘lish, lekin bu ham etarli emas. Notarius lavozimiga da’vogarlar, avvalambor Davlat notarial kontoralarida yoki xususiy tartibdagi kontorada kamida ikki yil amaliyot o‘tashi, keyin esa notarius litsenziyasini qo‘lga kiritish huquqini beradigan malaka imtihonlaridan o‘tishi lozim. Agar malaka imtihonidan o‘tolmasa, bir yildan keyingina qayta topshirishi mumkin. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, qandaydir sabablarga ko‘ra, notarius lavozimida ishlamasa, uch yildan so‘ng litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi va yana malaka imtihonini qayta topshirishga to‘g‘ri keladi. Litsenziyaga ega bo‘la turib, notariusga yordamchi bo‘lib faoliyat yuritish mumkin, bu esa kelajakda notarius lavozimini qo‘lga kiritish uchun zarur ish tajribasini beradi.
Notarius bo‘lishning yana bir qiyin tomoni - unga olib boradigan yo‘l oliy o‘quv yurtlarining yuridik fakultetlarida o‘qish bilan birga stajirovka muddatini ham o‘z ichiga oladi (notariusga stajyor bo‘lish ham oson emas). Bundan tashqari, notariusga qandaydir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berilmaydi (pedagogik va ilmiy ishlar bundan mustasno).
Barcha notariuslar Adliya boshqarmalariga bo‘ysunishadi, qaysiki uning vakolatiga notarial harakatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatiga doir masalalar, yangi a’zolarni qabul qilish, malaka imtihonlarini tashkil etish, litsenziya berish, uni bekor qilish kabi vazifalar kiradi.
Sud ijrochisi. Bir tomondan, ko‘pchilik nazarida sud ijrochilari (nozirlari) - yaxshi insonlar emas: go‘yo ular odamlardan “oxirgisi”ni tortib olishadi. Ikkinchi tomondan esa, bu kasbga yoshlar o‘rtasida qiziqish ortib bormoqda. Bu kasb faoliyati davomidagi noxushliklar va qiyinchiliklarga qaramay, aksariyat bitiruvchilar uni qaerda va qanday egallashga qiziqishadi.
Sud nozirlari - qarzlarni undiruvchi sifatida hamma davrda, hamma xalqlarda bo‘lgan. Ko‘p hollarda ular o‘z vazifalarini bajarishda kuch ishlatishga tayyor turishgan. Bu esa, o‘z-o‘zidan, odamlardan pul, mol-mulk, transport vositalari va hatto ko‘chmas mulklarini ham “tortib oluvchi”larga nisbatan jamiyatda yoqimsiz munosabatni keltirib chiqargan.
Ijrochilar mol-mulklarini, hisob raqamlaridagi mablag‘ni musodara qiladigan yoki xatlaydigan qarzdorlar ko‘p hollarda o‘zlari aybdor bo‘lishadi: kutilmagan holatga tushib qolganliklari uchun emas (og‘ir kasallik yoki o‘g‘irlik sababli), o‘zlarining moliyaviy masalalariga mas’uliyatsizlik bilan qaraganlari tufayli. Vaholanki, javobgarlar orasida kimdandir qarz olib (faqat bankdan emas) yoki kimningdir xizmatidan foydalanib, javobgarlikni esa umuman bo‘yinlariga olmaydiganlar ham kam emas.
Sud ijrochilari nafaqat qarzlar yoki moddiy boyliklarni undirish, balki barcha turdagi sud qarorlarining ijrosini ta’minlash uchun mas’uldirlar. Ulardan insonlar bilan muomalada alohida mahorat talab qilinadi, ya’ni ularning insoniy qadr-qimmatlarini kamsitmagan va noiloj ahvolga qo‘ymagan holda faoliyat olib borishlari lozim.
Sud ijrochisining ishi mustahkam sog‘lik va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni ham talab qiladi, chunki ba’zida ularga nisbatan javobgar yoki uning kelishilgan hamkorlari kuch ishlatadigan holatlar ham bo‘lib turadi.
Sud ijrochisi – mohiyati jihatidan, sud qarorlarining ijrosini ta’minlashga ixtisoslashgan, yaxshi jismoniy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yuristlar toifasiga kiradi.
Sud majlislari kotibi zimmasiga sud jarayoniga tegishli bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirish, sud majlisi bayonnomalari va qarorlarini yozish, ularni tomonlarga etkazish kabi vazifalar yuklatiladi. Buning uchun ularga diqqat, kuchli xotira, uzoq vaqt esda saqlash, yaxshi eshitish qobiliyati, tez va aniq yozish, yuqori savodxonlik asqotadi.
Sud ijrochisi, har qanday yurist kabi, kristalldek sof va halol bo‘lishi shart. SHuningdek, javobgar tushib qolgan har qanday holatni baholashda o‘ta xolislik va huquqiy munosabatlardagi o‘ta qat’iylikni o‘zida mujassamlashtira olishi ham zarur.
SHunday ekan, donolar aytganidek:
“Doimo irodangga hokim, vijdoningga qul bo‘l.” (M.Ebner-Eshenbax)
Download 137,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish