R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§. Konstitutsiyani o‘zgartirish tartibi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

7-§. Konstitutsiyani o‘zgartirish tartibi
K o n stitu tsiy ag a o ‘zgartish k iritish ning oddiyligi yoki 
murakkabligiga qarab, barqaror va o ‘zgaruvchan Konstitutsiya-
24


larga b o ‘linadi. A garda K onstitutsiyani o ‘zgartish osonroq 
b o isa , u o ‘zgaruvchan Konstitutsiya deb yuritiladi. Agarda, 
aksincha, Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
ta rtib i m u rak k a b b o i s a , u b a rq a ro r K o n stitu tsiy a deb 
yuritiladi. Lekin shuni esda tutish kerakki, eng o ‘zgaruvchan 
Konstitutsiya ham boshqa qonunlarga nisbatan qattiq, ixcham 
va barqaror b oiish i shart.
Konstitutsiyaning tuzilishini, butun matnini o ‘zgartirishga 
olib keladigan obyektiv sabablardan biri m am lakatda yuz 
beradigan jiddiy islohotlar va davlat rivojlanishiga doir dastur- 
ning o ‘zgarishidir. Jahonning ilg‘or m am lakatlarida doimo 
Konstitutsiyaning ixcham va barqaror boiishiga katta e’tibor 
berib kelingan. Xususan, 1787-yilda qabul qilingan va jahondagi 
birinchi K onstitutsiya hisoblangan AQSH K onstitutsiyasi, 
mana 200 yildan ko‘p vaqt o ‘tibdiki, hamon barqaror tarzda 
amal qilib kelmoqda. Unga shu vaqt ichida 27 ta o ‘zgartirish 
va q o ‘shimcha kiritilgan, xolos.
U m um an, K onstitutsiyani o ‘zgartirish, yangilash oddiy 
qonunlarni o‘zgartirish yoki yangilashdan farq qiiadi. Masalan, 
Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tuzatish va yangilik 
kiritiladigan boisa, bu haqdagi taklif faqat Prezident, Federatsiya 
Kengashi, D avlat Dumasi, hukum at, Rossiya Federatsiyasi 
subyektlarining qonun chiqaruvchi (vakolatli) organlari va 
Federatsiya Kengashi yoki D avlat Dumasi deputatlaridan 
kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritilishi mumkin. Ispaniya 
Konstitutsiyasi bo‘yicha Bosh Kortesning ikkala palatasida ham 
deputatlarning beshdan uch qismidan k o ‘prog‘i ovoz bersa, 
Konstitutsiyaga o ‘zgartishlar kiritish mumkin.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining barqarorligini ta ’minlab 
beruvchi prinsiplar uning bevosita o ‘zida m ustahkam lab 
q o ‘yilgan. Lekin hayot sharoiti, m am lakatning rivojlanishi 
Konstitutsiyaga o ‘zgartirish kiritishni taqozo etishi mumkin.
Konstitutsiyaga o ‘zgartirish kiritishning alohida murakkab 
tartibi uning barqarorligini ta ’minlashga qaratilgandir. Shu 
b ilan b irg a K o n stitu tsiy a n in g ay rim q ism lari um um an 
o ‘zgartirilishi mumkin emas. Masalan, Fransiyada Respublika 
boshqaruv shakli, Germaniyada davlatning federativ tuzilishi, 
B raziliyada h ok im iy at v a k o la tla rin i taq sim lash prin sip i 
o ‘zgartirilishi mumkin emas.
A yrim d a v la tla rd a K o n stitu tsiy a n in g ayrim b o b la ri 
o ‘zgartirilishi mumkin emas. Masalan, Rossiya Konstitutsiyasi­
ning 1, 2 va 9- boblari o ‘zgartirilishi mumkin emas.


K o‘pchilik davlatlarda Konstitutsiya moddalarini o ‘zgarti- 
rish uchun m u tlaq k o ‘p ovoz olish kerak (o d atd d a 2/3). 
Federativ davlatlarda federatsiya subyektlarining k o ‘pchiligi 
(R o ssiy ad a 2/3 qism i, A Q S H da 3/4 qism i) roziligini 
(ra tifik a tsiy a qilishi) ta la b etilad i. H in d isto n , K an ad a, 
P okistonda esa federatsiya subyektlarining roziligi talab
qilinmaydi.
Ayrim hollarda (Skandinaviya mamlakatlarida) Konstitu- 
tsiyaga o ‘zgartirishlar kiritish uchun, albatta, referendum
chaqirilishi kerak. Ba’zi davlatlar (Italiya)da o ‘zgartirishlar 
kiritish uchun parlament 2 palatasining mutlaq ko‘p ovozini 
olish kerak.
Unchalik muhim boim agan o ‘zgartirishlar oddiy ko‘pchi- 
lik ovoz bilan kiritilishi m um kin (H indiston). V engriyada 
Konstitutsiyaga o ‘zgartirish kiritish tartibi referendum yo‘li 
bilan amalga oshirilishi mumkin emas.
Ba’zi hollarda esa Konstitutsiyaga o ‘zgartirish kiritishni 
qonun tashabbusiga ega b o ‘lgan barcha subyektlarning o ‘z- 
larigina taklif eta olmaydilar. Masalan, Gretsiyada Prezident 
va parlamentning 150 deputati roziligi bilan, Avstriyada boshqa 
subyektlar bilan birga xalq tashabbusi, ya’ni 100 ming imzo 
bilan, Italiyada 50 ming imzo bilan o ‘zgartirishlar taklif qilinishi 
mumkin.
Odatda Konstitutsiyani urush yoki favqulodda holat davrida 
qayta ko‘rish mumkin emas. Meksikada Konstitutsiya umuman 
o ‘zgartirilmaydigan hujjat sifatida qaraladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti­
tutsiyasining 127, 128-moddalarida 
unga o ‘zgartishlar kiritish tartib i 
mustahkamlab q o ‘yilgan. 0 ‘zbekis- 
to n R esp u b lik asin in g K o n s titu ­
tsiyasiga o ‘zgartirishlar 0 ‘zbekiston 
R esp u b lik asi O liy M ajlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari va 
Senati a ’zolari um um iy sonining 
kamida uchdan ikki qismidan iborat 
k o ‘pchiligi tom onidan qabul qilingan qonun yoki 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
0 ‘zb ekiston R espu b lik asi Oliy M ajlisi tegishli ta k lif 
k iritilg a n d a n keyin olti oy m o b a y n id a K o n stitu tsiy a g a
o ‘zgartirishlar ham da tuzatishlar kiritish to ‘g‘risida keng va 
har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul
26

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish