Yuksak o`simliklarning umumiy tavsifi



Download 61 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi61 Kb.
#653347
Bog'liq
xulosa-1


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Yer sharida uchraydigan barcha o`simlik turlari hech vaqt yakka(boshqa tirik organizmlardan ajralgan) holda hayot kechira olmaydi.Muayyan bir yerning o`zida bir necha o`simlik turlari birgalikda o`sayotganini ko`rish mumkin.Bu o`simliklar tuban va yuksak o`simlik vakillaridan tashkil topgan bo`ladi. Haqiqatdan ham barcha gulli o`simliklar bilan birga tuproqda ba`zi suv o`tlari bakteriyalarni va zamburug`larni uchratish mumkin. O`simlik jamoasi (guruhi) deganda,muayyan bir yerda bir guruh o`simliklarning birgalikda yashashi va ma`lum manzara hosil qilishi tushiniladi.yer yuzida bunday guruhlar turli hil o`simliklar(o`rmon,o`tloqzor,botqoqlik,dasht,cho`l o`simliklari va hakozo)tipini tashkil qiladi.O`simliklarning yer yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini o`simliklar geografiyasi o`rganadi. O`simliklarning tarqalishi haqida gap borganda, har bir geografik zonaning o`ziga xos tabiiy sharoitlari, ayniqsa tashqi muhit sharoitlarini bilish zarur.Bu vazifa bilan esa botanikaning yana bir tarmog`i-o`simliklar ekologiyasi shug`ullanadi. Har bir konkret yerning, iqlim ,tuproq, relief va boshqa sharoitlarni o`rganish asosida shu yerda o`sadigan o`simliklar hayotini aniq tsavur etish mumkin bo`ladi.O`simliklarning umumiy tashqi muhit qolaversa, konkret tuproq sharoitiga bolgan munosabatini botanikaning boshqa tarmog`i - geobotanika o`rganadi. O`simliklar geografiyasi umuman botanika fanining rivojlanishida Osiyo shu jumladan, O`zbekiston territoriyasida olib borilgan botanik geografik tekshirishlarda hissa qo`shgan olimlarning soni juda ham ko`p. Masalan, S.I.Korjinskiy, A.I.Kraspov , V.L.Komarov , M.G. Popov, I.M.Krashnikov va boshqalar.Yuqorida nomlari qayt etilgan olimlarning kuzatishlari asosida O`rta Osiyo va O`zbrkiston o`simliklarining tarqalishi va joylashishiga doir klassifikatsiyalar tuzilgan. Maskur klassifikatsiyalar ( yoki sistemalar) asosida o`simliklarning mintaqalar bo`yicha taqsimlanish prinsipi yotadi. Ayniqsa P.Zokirov sistemasi o`zining qulayligi, aniqligi va oddiyligi, bilan boshqalaridan farq qiladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, yuksak o`simliklar yer sharida ko`p uchraydigan o`simliklar. Yer sharining umumiy maydoni 510 mln. km2 bo`lsa, shundan 149 mln. km2 quruqlik, 361 mln. km2 suv muhitiga tug`ri keladi. Suv va quruqlikda hayvonlarning 1,5 mln. dan, o`simliklarning esa 500 mingdan ortiq turlari tarqalgan. Shulardan 200 minggi tuban o`simliklar, 300 minggi yuksak o`simliklardir. Demak, yuksak o`simliklar turlar sonining ko`pligi bilan birga, ularni turli xil geografik va ekologik muhitlarda eng issiq, sernam tropik hududlardan boshlab iqlimi sovuq bo`lgan joylarda ham uchratish mumkin. Bulardan tashqari tekislikdan tortib to tog` va yaylov mintaqalarigacha tarqalgan. Yuksak o`simliklar asosan quruqlikda yashashga moslashgan. Ularning ayrim turlari suv muhitida ham yashaydi. Yuksak o`simliklar quruqlikka moslashar ekan, tuban o`simliklardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1. Tanasining poya, barg va ildizga ajralganligidir. Ammo, bular ichida eng sodda vakillarida (yo`sinsimonlarda) ildiz o`rnida-rizoidlar, tanasi poya, bargga ajralmagan «tallom» tuzilishidagi vakillari xam uchraydi.
2. Yuksak o`simliklarda suv va havo almashinishini (transpiratsiya va fotosintez) boshkaruvchi barg og`izchalarining bo`lishi, o`tkazuvchi to`qimalar, traxeidlar, traxeya, ksilema, floema va yo`ldosh xujayralarning bo`lishi. Keyinchalik mexanik to`qimalarning rivojlanishidir. Morfologik tuzilishi jihatidan esa turli xil moslamalar vujudga kelgan.
3. Bularda jinsiy ko`payish a`zolarning ko`p xujayrali tuzilganligidir.
4. Jinsiy ko`payish azolari: erkakligi-anteridiy, urg`ochiligi- arxegoniydan iborat.
5. Yuksak o`simliklar hayotiy jarayonida doimo nasllar gallanishi-jinsiy nasl gametofitni, jinssiz nasl–sporofit bilan almashinishi kuzatiladi. Yuksak o`simliklardan faqat yo`sintoifalarida gametofit nasl ustunlik qilsa, qolganlarida esa sporofit nasl ustunlik qiladi. Gametofit-jinsiy nasl bo`lib, unda anteridiy va arxegoniy etiladi. Ularni gametalarini qo`shilishi natijasida jinsiy ko`payish amalga oshadi. Gametofit bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli, bir jinsli bo`lishi mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Flora deb, ma’lum bir territoriyada (rayon, oblast, o’lka) uchraydigan o’simlik turlariga aytiladi. O’simliklar qoplami deb, ma’lum bir territoriyada (rayon, oblast, o’lka) uchraydigan o’simlik gruppalarining yig’indisiga aytiladi. Flora elementlari deb, geografik areali bir-biriga o’xshash bo’lgan o’simlik turlariga aytiladi. Yer yuzida bir xil maydon va shaklga ega o’xshash ikkita areal uchramaydi. Ammo shunga qaramay, ular o’rtasida umumiy o’xshashlik ham bor. Yer yuzida flora elementlari har bir mamlakat territoriyasida bir necha yoki juda ko’p bo’lishi ham mumkin. F. muayyan geografik joyga taalluqli boʻlib, uning hozirgi tabiiy sharoiti, oʻtmishi bilan bogʻliq va u yer yuzidagi boshqa flora bilan ozmi -koʻpmi munosabatda boʻladi. Bu jihatdan flora muayyan hududdagi oʻsimliklar jamoasidan (oʻsimliklar qoplamidan) farq qiladi. "F." tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklar taksonlarini oʻz ichiga oladi. Tuban va boshqa yuksak oʻsimlik turlari majmui, odatda, maʼlum sistematik birliklar bilan belgilanadi (mas, "sporali oʻsimliklar florasi", "suvoʻtlar florasi" va boshqalar). Florasi oʻrganilayotgan material qajmi maʼlum darajada ixtiyoriy boʻlib, tanlangan joyga bogʻliq (mas, Oʻzbekiston florasi, Kavkaz flora si, Zarafshon florasi va h.k.). Har bir florani bilish uning tur, turkum oila va boshqalarni aniklashga, yaʼni F. inventarizatsiyasiga asoslangan. Inventarizatsiyaning barcha turlari maʼlum belgilariga koʻra flora elementlariga ajratiladi. Jumladan, geografik elementlar oʻzining geografik tarqalishiga koʻra oʻxshash, genetik elementlar esa geofafik kelib chikishi va joylashish tarixiga koʻra yaqin turlarni birlashtiradi. flora yoshini tahlil kilish uning progressiv (kelib chiqish, joylashish vaqtiga binoan yoshi), konservativ va relikt elementlarni aniklashga imkon beradi. Har qaysi F.ning muhim belgisi uning sistematik strukturasi, yaʼni flora tarkibida turli sistematik guruharning birlashishidan iborat.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan. Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi. Yopiq urug‘lilar guruhiga 500 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanli-gini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, palmadoshlar, palmalar (Palmae yoki Arecaceae) — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. P.ning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Amerikada, P.ning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari butasimon, lianasimon (300 m gacha). Barglari patsimon, daraxtsimonlarida tana uchida tuda boʻlib, butasimonlarida esa yer bagirlab osilib yotadi. Barglarining uz. hatto 15 m cha. P. bir va ikki uyli oʻsimlik. Ayrim turlari har yili, baʼzilari faqat bir marta gullab mevalaydi. Toʻpguli yirik, oq, sargʻish yoki koʻkish, ayrim jinsli, baʼzan qoʻsh jinsli mayda gullardan iborat. Mevalari — quruq yoki etli danak: kamroq rezavor-mevasimon, baʼzilari mayda, boshqalari esa kichik xandalakdek keladi. P. 5—12 yoshida gullaydi, 30—50 yil yashaydi. Palmadoshlar 2 oilachaga boʻlinadi. Koʻpgina Palmaning mevasi yeyiladi. Xom mevasidan kokos suti olinadi. Po`sti archilgan mevalaridan yogʻ va margarin olishda foydalaniladi (moyli palma). Poya tolalaridan juda pishiq arqon, barg tolalaridan savat, shlyapalar toʻqiladi. Poyasining kraxmalli oʻzagidan sago (sago palmasi, mavrikiya palmasi) olinadi. Finikiya palmasippnt mevasi isteʼmol qilinadi. Palmasimonlar sinfchasi. Bu sinfcha 4 ta qabila, 7 ta oila, 344 ta turkum va 6500 to`rni birlashtiradi.
Bir urug`pallalilar ichida faqat palmalar daraxt shakliga ega. Palmalarning barglari juda yirik, patsimon. Tupgullari ancha katta, meva va urug`lari ham yirikligi bilan ajralib turadi. Bu oilaga 210 turkumga va Ular 3000 tur kiradi. Ular tropik va subtropik xududlarda o`sadi. Ba`zilarining bo`yi 60 metrga yetadi. Gullari bir jinsli . Palmaning urug`idan yolinadi `Yog`ochi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Finik mevasi tarkibida 70 % ga yaqin kand bor . Shuning uchun tuyimli ozik-ovqat sifatida ishlatiladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, o`simliklar haqidagi dastlabki fikrlar eramizdan avvalgi III–IV asrlardagi grek klassik faylasufi Aristotel va uning shogirdi, botanika fanining asoschisi Teofrast asarlarida kuzatish mumkin. XV-XVIII asrlar botanikaning rivojlanishida o’simliklarni dastlabki ro’yxatga olish davri hisoblanadi. Bu davrda o’simliklar morfologiyasining asosiy tushunchalari, ilmiy atamalar vujudga keldi. O’simliklarning klassifikatsiya qilishning uslublari va qonun-qoidalari ishlab chiqildi. O’simliklar dunyosining dastlabki sistemalari yaratildi. XVII–XVIII asrlarda organizmlarning tuzilishi va vazifalari, ba’zi bir umumiy qonuniyatlar haqida juda ko’p asheviy materiallar to’plandi. Ayniqsa, o’simliklarning tashqi muhit bilan o’zaro aloqada bo’lishi, ularning yashash sharoitiga moslanishi haqida ma’lumotlar ko’paydi. Organizmlarning evolyusiyasi haqidagi ilmiy asoslangan fikrlar XIX asr boshlarida Fransiyada J. Lamark organik olam evolyusiyasini birinchi bo’lib ilmiy asoslashga harakat qiladi. Bu borada O`rta Osiyo olimlarining hissasi katta. Bu o‘rinda: Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (780-880), Abu Kasr Al-Farobiy (873-950), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1050), Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali Xusayn ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) va boshqalarni aytib o‘tish joizdir. O‘rta asrlarda Sharqda ilm-fanda erishilgan yutuqlarning ayrimlarini ko‘rib chiqaylik. Katta savdo-sotiq matematika masalalari uchun boy material bersa, uzoq yurtlarga sayohatlar esa astronomik bilimlarining rivojlanishini rag‘batlantiradi, kasb-hunarning rivojlanishi esa amaliy san’antning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishga qulay bo‘lgan yangi matematika Sharqda paydo bo‘ldi. Xalif al Mamun podsholigi davrida ijod etgan xorazmlik al-Xorazmiy “Arifmetika“” va “Algebra bo‘yicha traktat” asarning muallifi edi. Yevropaliklar “Arifmetika” asari orqali arab sonlari, butun sonlar va kasrlar bilan o‘tkaziladigan arifmetik amallar bilan tanishdilar. Al-Xorazmiyning arifmetik traktati matematikaning yangi yo‘nalishi – algebra (“Al Jabr”) nomini berdi. Al-Xorazmiyning ishlarida birinchi marta chiziqli va kvadrat tenglamalar yechilgan.
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish