Qutlimuratov nurbek matkarimovichning mahalliy xomashyolar va chiqindilar asosida yangi ionitlar sintezi



Download 11,02 Mb.
bet4/55
Sana08.06.2022
Hajmi11,02 Mb.
#644786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
14.05.2022


§4.1.

Foydalanilgan reaktiv va materiallar.............................................




§4.2.

Polivinilxlorid asosida tarkibida azot saqlagan ionitlarning olinishi usullari............................................................................




§4.3.

Tadqiq qilishning fizik-kimyoviy usullari.……………..............




XULOSALAR............................................................................................

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...................................................

QISQARTMALAR....................................................................................

ILOVALAR.................................................................................................

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunga kelib, dunyo miqyosida ion-almashinuvchi materiallarga bo’lgan talab kundan kunga oshib bormoqda, bu esa ion-almashinuvchi materiallar olish va ishlatilish sohalarinin keng ko’lamda o’rganish, ilmiy va amaliy masalalarni hal qilishda ion-almashinuvchi texnologiyalarning ro’lini belgilash, ayniqsa tarkibida turli kerakli xossaga ega bo‘lgan guruhlarni tutuvchi ionitlar olinishining fizik-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish hamda ushbu ionitlarning sorbsion xossalarini tekshirish dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa ion-almashinuvchi materiallarni gidrometalrugiya, oqava va chiqindi suvlarni tozalashda keng joriy qilish juda muhimdir. Chunki suv yer yuzidagi hayot uchun eng muhim birikma bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik bilan bir vaqtda jadal rivojlanayotgan sanoat korxonalari uchun asosiy ehhtiyojidir. Hozirga vaqtda suv resurslari va tuproq sistemasining sho‘rlanish darajasi oshib borishi, sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlari tarkibida turli ionlarni ko‘p miqdorda saqlaganligi sababli turli xil kasalliklar kelib chiqarishi bilan bir qatorda ekologiyaning yamonlashishiga ham olib kelmoqda. Bunday zararli ion saqlagan chiqindi oqava suvlar tabiatga tarqalishi oqibatida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib siyanoz, yurak-qon tomir kasalliklari, kvadriplegiya, nerv sistemasi kasalliklari, hazm qilish sistemasi va to‘qima nekrozlarini kabilarni keltirib chiqaradi va bu muammolarni bartaraf qilish bugungi kunda dolzarb sanaladi[1]. So‘ngi yillarda suvni tozalashning turli xil texnologik usullar qo‘llanib kelinmoqda, jumladan kimyoviy ishlov berish, fizik, biologik va boshqa usullardan ionitlar ishtirokida adsorbsiyalash usuli keng qo‘llaniladi. Bu usulning ishlash jarayoni oddiyligi, ekologik va iqtisodiy samarali, qayta ishlash imkonini berishi bilan boshqa usullardan ustun turadi. Respublikamiz sanoat korxonalaridan chiqadigan texnogen va oqava suvlarni tozalab qayta ishlatish uchun ishlatiladigan ionitlar chet eldan import qilinadi. Mamlakatimizda ion-almashinuvchi texnologiyalarga talab yuqoriligini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo asosida ionitlar olishning fizik-kimyoviy jihatlarini tadqiq qilinishi va ular asosida ion almashinuvchi materiallarning yaratilishini maqbul sharoitlari aniqlanib ularning sanoat miqyosida joriy etilishi hukumatimiz tomonidan yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish, shu asosida respublikaning kimyo sanoati korxonalarini yanada barqaror rivojlantirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borishni kengaytirmoqda1. Shuning uchun mahalliy xomashyolar asosida:

  • ionitlar olish

  • olingan ionitning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali oqova suvlarni tozalashga qo‘llash dolzarb va katta amaliy ahamiyatga ega.

Bugungi kunga kelib ionalmashinuvchi materiallarni mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarish, hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun olib borilayotgan harakatlar o‘tgan o‘n yilga nisbatan bir necha barobar ortgan, shuning qo’llanilish sohalari o’z navbatida ortib bormoqda. Bu ion almashinuvchi materiallar yordamida ifloslangan oqova suvlar tozalanadi, suvning qattiqligi yumshatiladi, toksik ionlardan tozalanadi, sanoat korxonalari uchun ishlatiladigan tabiiy oqova suvlar hamda ushbu korxonalardan chiqayotgan chiqindi oqova suvlar tuzsizlantiriladi. Ionitlar ishtirokida qo‘llaniladigan texnologiyalar faqat oqova va chiqindi suvni tozalashdagina emas balki, neft va gazni qayta ishlash jarayonida turli kislotali gazlardan tozalashda, gidrometallurgiyada qimmatbaho va boshqa rangli metallarni ajratishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Jahonda sintetik polimerlar asosida ionitlar sintez qilish bo’yicha ko’plab izlanishlar olib borilishiga qaramasdan, mahalliy va chiqindilardan foydalanib yangi ionitlar olishning innavatsion usullarini aniqlash, ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish, xususiy tavsiflari, texnik shartlari va talablarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish soha mutaxasislarining asosiy vazifasidir. Bu borada, jumladan, neft-gaz, tabiiy uglevodorodlar va ikkilamchi sanoat mahsulotlaridan foydalanib ionalmashinuvchi materiallar olish, ularning fizik-kimyoviy parametrlari, tozaligi, tarkibi va tuzilishini zamonaviy usullarda aniqlash, fizik, mexanik, energetik va kvant-kimyoviy xossalarini tahlil qilish va sanoatda keng masshtabda ishlab chiqarish usullarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda tarmoqlarini rivojlantirish uchun zamon talablariga mos, ekologik toza, iqtisodiy samarali, raqobatbardosh, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar chiqaradigan korxonalar yaratilmoqda. Bunday korxonalardan «Sho‘rtan-Gaz-Kimyo», «Ustyurt-Gaz-Kimyo» majmualaridan bir necha turdagi polimerlar katta miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizda mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqariladigan polimer materiallarining ishlatilish sohalarini kengaytirish, ion almashinuvchi materiallar olinishining maqbul sharoitlarini aniqlash va ularning joriy etish bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «mahalliy xomashyolarni chuqur qayta ishlashni va ular asosida yangi import o‘rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi sanoatni yangi sifat jihatdan yuqoriga ko‘tarish» ga yo‘naltirilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada mahalliy xomashyolar asosida istiqbolli sorbentlarni yaratishning innovatsion va iqtisodiy jihatidan samarador yo‘llaridan biri bu sanoatda ishlab chiqariladigan ko‘p tonnajli polimerlarni kimyoviy o‘zgartirish jarayonini aniqlash, ionitlar olishning maqbul sharoitlarini topish, olingan ionitlarning ayrim metall ionlariga nisbatan selektivligini aniqlash va fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish muhim axamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi hamda 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishni Harakatlar strategiyasi» to‘g‘risidagi Farmonlari va 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-son «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 13.02.2021 yildagi PQ-4992-son «Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 11,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish