Mavzu: O'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish Reja



Download 62,64 Kb.
bet1/8
Sana21.06.2022
Hajmi62,64 Kb.
#690047
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish


Mavzu: O'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1) Iqtisodiy resurslar mazmuni va turlari.
2) Iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida ishlab chiqarish. Iqtisodiy tanlov.
3) O`zbekistonning iqtisodiy resurslari va bu iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.


Kirish
Iqtisodiyot hech narsa mavjud bo`lmagan joyda bo`lishi mumkin emas. Ya`ni uning borligi insoniyat borligi bilan bog`liq. Fizika, matematika, kimyo kabi aniq fanlar o`zga sayyoralarda ham modda, hodisa va jarayonlar ko`rinishida mavjud bo`lishi mumkin. Ammo o`sha o`zga sayyoralarda mavjud bo`lgan ma`lum bir moddalar iqtisodiyotni harakatga keltira olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyot insoniyat yaralganda harakatga kelgan va borliqning intixosiga qadar mavjud bo`ladi. Shu nuqatayi nazardan biz uni o`rganishimiz va yangi ma`lumotlar bilan boyitib borishimiz kerak.
Iqtisodiyot deganda kishilarning o`z hayotiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Bu siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma`naviy faoliyatga qaraganda o`zining asosiy bo`lishi, boshqa faoliyat uchun moddiy shart sharoit yaratib berishi bilan ajralib turadi. Iqtisodiyot kishilarning hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan noz- ne`matlarni yaratadi, ularni kishilar iste`moliga yetkazib beradi va hayot kechirishni kafolatlaydi. Bu noz-ne`matlar tovar yoki xizmat deb ataladi. Bu tovar va xizmatlarni yaratish uchun iqtisodiy resurslar kerak bo`ladi. Resurslar esa ehtiyojlarga nisbatan cheklangandir. Cheklangan iqtisodiy resurslar bilan insonlarning cheklanmagan ehtiyojlarini qondirish masalasini iqtisodiyotnazariyasi fani hal etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to`laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bundan kelib chiqadiki, “Iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida ishlab chiqarish” mavzusi iqtisodiyot nazariyasining o`zagidir. Mavzuning dolzarbligi mana shunda. Iqtisodiyot nazariyasi fani har doim mana shu masala ustida bosh qotiradi. Bu masalani to`liq yechishning imkoni yo`q. Chunki ehtiyojlar cheksiz va hammaning ehtiyojlarini bir vaqtning o`zida to`la qondirishning iloji yo`q. Iqtisodchilar tomonidan esa turli hil nazariyalar ishlab chiqiladi va bular ehtiyojlarimizni qanchadir miqdorda to`laroq qondirishimizga xizmat qiladi.
Xo`sh nima uchun biz iqtisodiy resurslarni o`rganishimiz kerak. Undan shundayligicha foydalanaversak bo`lmaydimi? Javob: yo`q. Biz iqtisodiy resurslarni har taraflama o`rganishga, uning ishlatilish darajasi, miqdori, ishlatish natijasida olingan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmat miqdorlarini o`rganib, doimiy tahlil qilib borishga majburmiz. Chunki iqtisodiyot nazariyasidan ma`lumki resurslar cheklangan. Ehtiyojlarimiz esa kundan kunga o`sib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan bu mavzu bugungi kunning dolzarb mavzusidir. Bu masala nafaqat yurtimizda balki butun dunyoda dolzarbdir. Sababi yer yuzi axolisi yildan yilga o`sib bormoqda va bu hamma sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali birlamchi ehtiyoj tovar va xizmatlari tannarxini tushirish, resurslarni qayta tiklanadigan muqobili bilan almashtirish, bu jarayonlarda atrof-muhitga minimal darajada zarar yetkazishni taqozo etadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki umumiy qilib aytganda resurslar masalasi eng dolzarb masala. Davlatlar bu borada har qanday siyosiy ziddiyatlarni bir chetga surib bir-birlari bilan hamkorlik qilishi shart.
Resurslarning ishlatilish darajasini doimiy o`rganib borish bizga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? Javob shuki: resurslar, ularning zaxirasi, ishlatish samaradorligi haqida ko`proq ma`lumot to`plash va uni chuqur tahlilqilish natijasida biz kelajakdagi ko`pgina jarayonlarni prognoz qilishimiz mumkin. Aytaylik biror tabiiy resursning mavjud zaxiralari 50 yildan so`ng tugashi taxmin qilinsa, davlat darxol mana shu resursga muqobil boshqa resurslarni aniqlash uchun mablag` ajratishi va bu sohada qilinayotgan ishlarni qo`llab quvvatlashi kerak bo`ladi. Qisqacha qilib aytadigan bo`lsak, resurslarning har doim kuzatuv ostida bo`lishi kelajakda sodir bo`lshi mumkin bo`lgan inqiroz, taqchillik, tabiiy ofat va boshqa insoniyatga zarar keltirishi mumkin bo`lgan hodisa va jarayonlarni oldini olish yoki keltiriladigan iqtisodiy zararni biroz ozaytirish imkonini beradi. Aynan mana shu yerda geografiya bilan iqtisodiyot birlashadi. Iqtisodiyot bu resurslarning miqdori, undan olinishi mumkin bo`lgan foyda haqida bosh qotirsa, geografiya esa bu resurslarning tarkibi, hosil bo`lish jarayonlarini o`rganadi.
Kurs ishimizda o`z oldimizga qo`ygan maqsad bu mavzuni to`laroq yoritib berish, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda ishlab chiqarishning optimal yechimini aniqlash, O`zbekistonning iqtisodiy resurslari va ularning zaxiralari, undan foydalanish darajasi va foydalanish samaradorli, kelajakda bu resurslarni muqobili bilan almashtirish yo`llari va imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumot berishdir. Kurs ishini iloji boricha barcha uchun tushunarli, aniq faktlarga boy, lo`nda qilib yozishga harakat qildik.

Download 62,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish