Mavzu: O'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish Reja


) Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turlari



Download 62,64 Kb.
bet2/8
Sana21.06.2022
Hajmi62,64 Kb.
#690047
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish

1) Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turlari.
Mahsulot va xizmatlarni yaratib, ularni ishlab chiqarishdan iste`mol jarayonigacha yetkazib berish uchun zarur bo`lgan barcha moddiy, nomoddiy vositalar, ashyolar va ish kuchi iqtisodiy resurslarni tashkil etadi. Iqtisodiy resurslar asosan 2 bo`lib o`rganiladi. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan. Qayta tiklanadigan resurslarga elektr energiyasi, ishchi kuchi,o`rmonlar, o`simliklar dunyosi va shu kabilarni misol qilishimiz mumkin. Qayta tiklanmaydigan resurslarga neft, gaz, ko`mir, oltin kabi resurslarni misol qilishimiz mumkin.
Tarkiban esa iqtisodiy resurslar 3 qismdan iborat:

  1. Moddiy resurslar.

  2. Mehnat resurslari (ishchi kuchi).

  3. Informatsion-axborot resurslar.

Moddiy resurslar – bu aniq moddiy shakldagi barcha vositalardir. Moddiy resurslar o`z navbatida 2 ga bo`linadi. Birinchisi, bu tabiiy resurslar. Bu resurslarni yaratishda inson qatnashmagan. Inson uni faqat tabiat tomonidan qabul qilib oladi va qayta ishlab iste`molga jo`natadi. Bularga yer, suv, tuproq, gaz, ko`mir, neft, oltin, mis, alyuminiy, qimmatbaho toshlar kabi yer osti va yer usti boyliklari kiradi. Ikkinchisi inson qo`li bilan yaratilgan bino-inshootlar, mashina va mehanizmlar, qo`l mehnati qurollari kiradi. Moddiy resurslar orasida eng qadrlisi yer hisoblanadi. Chunki yer ustida qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiriladi, bino-inshootlar qad ko`taradi, ostidan esa tabiiy boyliklar qazib olinadi.
Mehnat resurslari deganda - mehnatga layoqatli kishilar ya`ni 16-55 yoshdagi ayollar, 16-60 yoshdagi erkaklar tushuniladi. Ularning band, ish qidirgan qismi aholining iqtisodiy faol qismi hisoblanadi. Chunki ular o`z mehnati bilan mahsulot va xizmatlarni yaratishga qodir bo`ladi. Mehnat resurslari kishilarning mehnat qilib, ishlab chiqara olish qobilyatidan, ishbilarmon bo`lish qobilyatidan iborat bo`ladi.
Informatsion-axborot resurslari-bu turdagi resurslar asosan axborot ko`rinishida bo`ladi va biror bir predmet haqida ma`lumot beradi. Bu turdagi resurslar ishlab chiqarishda bevosita qatnashmasa ham, ishlab chiqarish haqida operativ ma`lumotlar beradi.
Yer kurrasi va qa`ridagi boyliklar – ekiladigan yerlar, o`rmonlar, qazilma boyliklar, suv zaxirasi umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangandir. Masalan Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zaxirasi bilan cheklangan. Ishga yaroqli aholi soni ham cheklangan. Ayniqsa, aholining o`sish sur`atlari pasaygan sharoitda aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi. Masalan Yaponiyada yaqin orada qariyalar aholining 25-30% ini tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Mehnat qurollarini miqdoran ko`paytirish ham chegaralangan. Agar jamiyat ularni keragidan ko`p miqdorda ishlab chiqarishga urg`u bersa, asosiy iste`mol tovarlari yetishmay qoladi. Bu yerda iqtisodiy tanlov qilishga to`g`ri keladi bu haqida keyigi rejada batafsil yoritamiz.
Har qanday iqtisodiyotga mos bo`lgan umumiy va azaliy ziddiyat mavjud. Bu resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi o`rtasidagi ziddiyatdir. Mana shu ziddiyatni iloji biricha insonlarning foydasiga xal etish iqtisodiyotning bosh masalasidir.
Resurslar kamyobligi mutlaq emas, balki nisbiydir, ya`ni ularning cheklanganligi degani ehtiyojlarga nisbatandir. Aholi o`sishi bilan mehnat resurslari ko`payadi, ishlab chiqarish rivojlanishi bilan mehnat yaratadigan moddiy resurslar ham ko`payadi. Yangi yerlar, suv manbalari ochilishi bilan ekin maydoni kengayadi, yangi konlar topilishi bilan qazilma resurslar ham miqdoran ortadi, yangi ekilgan o`rmonlar maydoni kengayadi. Lekin bularga nisbatan ehtiyojlar jadalroq o`sib boradi. Tabiiy resurslarning bir qismi qaytadan tikanib, yangidan hosil bo`ladi. Ammo tiklanmaydigan resurslar ham bor. Bular jumlasiga asosan yer osti boyliklari – ruda, ko`mir, neft, gaz kabilar kiradi. Ularning o`rnini to`ldirib bo`lmaydi, ammo, o`rinbosar1 tovarlar topilib turadi.
Masalan issiqlik energiyasi o`rniga gidroenergiya yoki shamol energiyasi muqobil bo`lishi mumkin. Resurslar qanchalik tiklanmasin va to`ldirib borilmasin, baribir ular ehtiyojlarga nisbatan kamyoblik qiladi. Buni quyidagi rasmda ham ko`rishimiz mumkin. (1-rasm).

Yuqoridagi grafikdan ko`rishimiz mumkin-ki, 1-holatda resurslar 10 birlik bo`lsa, ehtiyojlar 12- birlikni tashkil etmoqda. 2-holatda esa resurslarning miqdori ortib, 11 birlikka yetkazildi, ammo ehtiyojlar undan tezroq o`sib, 13 birlikka yetib bordi. 3-holatda esa resurslar 12 birlikni, ehtiyojlar esa 15birlikka yetib bordi. Yuqorida aytib o`tganimizdek, ehtiyojlarni to`la qondira olmaymiz. Sababi, inson ehtiyojlarining o`sishi cheksizlikka qadar davom etaveradi.
Resurslar tejamsiz ishlatilganda avval ular yetarli bo`lib, so`ngra ularning kamyobligi kuchayib boradi. Ular orasidagi uzilish masofasi uzoqlashadi. Buni quyidagi rasmdan ham bilib olishimiz mumkin. (2-rasm).

2-rasmdan ma`lumki, resurslar va ehtiyojlar dastlabki davrda bir xil oshib borgan. So`ngra, ehtiyojlarning o`sish sur`ati jadallashgan va resurslarning o`sishidan ancha ilgarilab ketgan. Buning asosiy sababi, resurslar tejamsiz ishlatilgan. Vaqt o`tgan sari, bir xil birlikdagi ehtiyojga, bir xil birlikdagi resurs to`g`ri kelmay qolgan. Endi bu ehtiyojlarni qondirish uchun ko`proq birlikdagi resurs talab qilinadi.
Har doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bo`lib kelgan. Ammo resurslardan samarali foydalanish darajasi ularning kamyoblik darajasiga teskari mutanosib bo`ladi. Resurslar qisqarib, kamyoblashgan sari ulardan yanada samaraliroq foydalanish zarurati kelib chiqadi. Bu resurs birligidan ko`proq va xilma-xil mahsulotlar olishni talab etadi. Bunga yangi texnologiyalarni qo`llash orqali erishiladi.

Masalan keyingi 50 yilda tejamkor texnologiyalarni to`xtovsiz joriy etish natijasida o`rtacha bitta ommabop yengil avtomobilga sarflanganmetall hajmi deyarli 2 marta qisqardi, ayni paytda avtomobil modellarining turi 5 barobarga ko`paydi, avtomobil 100 km ga sarflaydigan yoqilg`I miqdori ham jiddiy qisqardi.


Quyidagi jadvalda vaqt o`tishi bilan resurslarning qaysi biri ko`payishi va qaysi birlari ozayishi haqida qisqacha ammo juda tushunarli ma`lumot berilgan.
1-jadval.

T/R




Resurs nomi



Miqdoran o`zgarishi



1


Moddiy resurslar (tabiiy resurslar).



Kamayib boradi.



2


Moddiy resurslar (inson qo`li bilan yaratilgan).



Ortib boradi.



3


Mehnat resurslari



Demografiyaga bog`liq.



4


Informatsion-axborot resurslari.



Ortib boradi.



Yuqoridagi jadvalga biroz izoh berib o`tsak. Moddiy resurslar (tabiiy resurslar) kata ehtimol bilan kamayadi. To`gri, ularning miqdori yangi konlar topilishi hisobiga ortishi mumkin. Lekin buning ehtimoli juda past. Chunki ilm-fan tomonidan ma`lumki bu boyliklar ming yillar davomida yer qa`rida sodir bo`ladigan turli xil jarayonlardan so`ng hosil bo`lgan.


Moddiy resurslarning inson qo`li bilan yaratilgan qismi yillar o`tgan sari ko`payadi. Masalan bino va inshootlarni olaylik. Uning qurilishi uchun asosan sement, temir, yog`och kabi materiallar ketadi. Bu resurslar moddiy resurslarning 1-guruhiga kiradi. Bundan shunday xulosa chiqadiki moddiy resurslarning 2-guruhi 1-guruhning ozayishi hisobiga ortadi.
Mehnat resurslari yuqorida aytib o`tkanimizdek demografik o`sishga bog`liq. Demografik o`sish yuqori bo`lsa mehnat resurslari ham ortishi turgan gap. Ammo demografik o`sish 0 yoki shuni atrofida bo`lsa ham, ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarning jalb etilishi natijasida mehnat resurslari ortishi mumkin.
Informatsion-axborot resurslari kishilarning malakasi, tajribasi ko`rinishida doimo ortib boradi.

Download 62,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish