3) O`zbekistonning asosiy iqtisodiy resurslari va bu resurslardan foydalanish samaradorligi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek resurslar 3 turga bo`linadi.
1. Moddiy resurslar.
-tabiiy boyliklar.
-inson qo`li bilan yaratilgan moddiy resurslar.
2. Mehnat resurslari.
3. Informatsion-axborot resurslar.
O`zbekistonning iqtisodiy resurslari haqida ma`lumot berishdan avval shuni ta`kidlab o`tmoqchiman. Biz moddiy resurslar va mehnat resurslari haqida ma`lumot olib, uni qayta ishlab taqdim eta olamiz. Ammo informatsion-axborot resurslar haqida to`liq ma`lumot olishning imkoni yo`q.
O`zbekistonning tabiiy boyliklari. Neft.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqdangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxon-daryo, Hisor jan.-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan.
Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toifasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Mamlakatimizning neft zahirasi 2020-yil 31-yanvar holatiga ko`ra mamlakatimizning neft zahirasi 185 mln tonnani tashkil etmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. Oʻzbekistonda neft qazib olish uzok, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. t neft chetdan olib kelinar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda va suyuq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj toʻla qoplanmoqda.
O`zbekistonning oltin zahiralari.
Jahon oltin kengashining 2020 yil 1 iyundagi hisobotiga ko‘ra, 335,9 tonna oltin zaxirasiga ega O‘zbekiston dunyoda 17-o‘rinda turibdi. Bu mamlakat valyuta zaxirasining 59,1 foizini tashkil etadi, deyiladi hisobotda. Undan keyingi o‘rinda Saudiya Arabistoni (323,1 tonna, 3,4 foiz). Hisobotda birinchi o‘rinni AQSh egallab turibdi - 8 133,5 tonna, ikkinchi o‘rinda - Germaniya (3 363,6 tonna), uchinchida esa - Xalqaro valyuta jamg‘armasi (2 814,0 tonna). Mazkur zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” vazifasini o‘taydi. Ular noqulay tashqi sharoit va vaziyat vaqtida himoya buferi sifatida xizmat qiladi. Ushbu zaxiralar deyarli 16 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘ladi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlar uchun tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan yuqoriroqdir. Xalqaro valyuta jamg‘armasi bunday davlatlarga zaxiraning 13 oyga yetarli bo‘lishini tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |