Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Suv o‘tkazuvchanlik
-materiallarning bosim ostida o‘zidan suvni o‘tkazish xususiyati 
bo‘lib, filtratsiya koeffitsenti bilan ifodalanadi
(m/soat):
5. K
f
=V
c
.
a/[S
.
(p
1
-p
2
)
.
t] ,
bu erda: filtratsiya koeffitsenti (K
f
) 1m
2
yuzali devordan (a) 1 soat (t) davomida o‘zgarmas bosimda 
(r
1
-r
2
1m.suv ust.) oqib o‘tgan suv miqdori (V
c
) bilan o‘lchanadi.
Materiallarning suv o‘tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, zichligiga bog‘liq. 
Materiallarning bu xossasi tom izolyatsiyasi, suv inshootlari va xavzalari qurishda katta 
ahamiyatga ega. Juda zich materiallargina, masalan, bitum, shisha, po‘lat, maxsus tarkibli 
plastmassalar va betonlar amalda suv o‘tkazmaydi. Suv bosim ostida ta’sir ko‘rsatadigan joylarda 
beton va shu kabi materiallardan suvning o‘tishi suv o‘tkazmaslik markasi (MPa) bilan belgilanadi. 
Bunday talab toza va zovur suvlarini uzatuvchi quvurlarda, suv xavzalarda, yerto‘la devorlarida, 
gidrotexnik inshooatlarda ishlatiladigan beton, polimerbeton, keramika va sh.k. materiallarga 
qo‘yiladi.
Sovuqqa chidamlilik
-materialni suvga to‘yingan xolatda –15-170S muzlatib, qayta 
eritilganda (1 sikl) siqilishdagi mustahkamligi 25%, massasi 5% dan ortiq kamaymasa, bu material 
sovuqqa chidamli deb hisoblanadi. Material g‘ovaklaridagi suvning muzlash harorati kapillyar 


- 12 - 
g‘ovaklarning diametriga bog‘liq bo‘lib, suv muzlaganda katta ichki zo‘riqish hosil qiladi. Harorat 
- 20
0
S gacha pasayganda material g‘ovaklaridagi muz 210 MPa zo‘riqish hosil qiladi. Zo‘riqish 
yo‘nalishi to‘rt tomonga bo‘lgani uchun ular bir-birini neytrallaydi. Shu sababli sovuq ta’sirida 
materiallar qirra burchaklaridan buzila boshlaydi. Materiallarga sovuqqa chidamlilik ularning 
ishlatilish soxasiga nisbatan belgilanadi.
Atmosfera muhitida ishlatiladigan oddiy og‘ir beton sovuqqa chidamliligi 50; 100; 200, 
gidrotexnik inshootlarda 500 siklgacha, tashqi devorbop g‘ishtlar, bloklar, yyengil betonlar 15; 25; 
35 siklga teng bo‘ladi. Materiallarning sovuqqa chidamliligi sovutish kameralarida sinaladi. 
Buning uchun sinalayotgan materialdan tayyorlangan namuna quritilib, massasi o‘lchanadi, so‘ngra 
to‘la suv shimdirilib, sovutish kamerasiga qo‘yiladi. 
Muzlatilgan namunani eritish normal haroratda (20-250S) suvda amalga oshiriladi. 
Namunaning turiga qarab, muzlatish va eritish uchun 4-6 soat vaqt ketadi. Material sovuqqa 
chidamliligi impulsli ultratovush usulida tez va oson (namunalarni buzmasdan) aniqlash mumkin. 
Bu usulda 3-6 namunaning 5,10 va h.k. sikllardan keyingi mustahkamligi va elastiklik moduli 
o‘zgarishini aniqlash mumkin. Ayrim xollarda materialning sovuqqa chidamliligini tezkor 
(kimyoviy) usul bilan ham aniqlanadi. Bunda to‘yingan natriy sulfat tuzi eritmasini 
(Na
2
SO
4
.
1OH
2
O) namunaga to‘la shimdirilib, so‘ng quritish shkafida 110 5 
0
S haroratda 
quritiladi. Bu ish 3-15 marta takrorlanadi. Bunda namunaning ochiq va tutash g‘ovaklari tuz 
eritmasi bilan to‘ladi, quritilganda tuz kristallanib (suv muzlagandagidek) hajmi kengayadi, 
natijada namunada katta ichki zo‘riqish hosil bo‘lib, materiallarning buzilishiga olib keladi.
Atmosfera ta’siriga chidamlilik materialni 25 va undan ko‘p marta namlanib quritilganda 
uning shakli va mustahkamlik ko‘rsatkichining o‘zgarishiga aytiladi. Tashqi muhitda 
Yog‘ingarchilik, quYosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar va x.k. omillarning ta’sirida materiallar 
astasekinlik bilan buzila boshlaydi. Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar tarkibidagi 
namni bug‘lantirib, material kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish