Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 


- 13 - 
2- MA’RUZA 
TABIIY TOSH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI 
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar.
3.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish.
4.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari. 
1. Umumiy ma’lumotlar 
 Tog‘ jinslari
deb, bir Yoki bir necha mineraldan tashkil topgan jinslarga aytiladi.
Mineral 
deb, kimyoviy tarkibi bir xil, fizik xossalari bir xil bo‘lgan tabiiy jinsdir.
Bitta mineraldan tashkil topgan tog‘ jinsiga 
monomineral
, bir necha mineraldan tashkil 
topganiga 
polimineral 
deyiladi.
Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida yer 
qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar (ma’danlar) fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, yer 
qatlamida yuz bergan fizik kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan.
Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq bo‘lsada, tog‘ jinslari 50 yaqin minerallardan tashkil topgan.
Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida 
ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan 
tosh millionlab kub metr ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak 
material sifatida qo‘llaniladi.Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muxitni 
asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo‘ladigan 
texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Insoniyat tarixi toshdan yasalgan qurollar va asbob uskunalar orqali belgilangan tosh davridan 
boshlangan deb aytiladi. Bundan muqaddam, insoniyat bilan hayvonlar o’rtasidagi tafovut jismoniy 
tomondan bo’lgan. Ammo insonlar toshdan foydalanishni boshlagan paytlardan boshlab 
ikkalasining ham dunyosi butunlay o’zgarib ketgan.
Tosh - qoyalarda mavjud bo’lgan yer ashyolari,materiali va minerallardan shakllanadigan 
tabiiy va qattiq modda deb aniqlab kelinadi.. Qoyani esa xech qanday aniq shakl va strukturaga 
ega bo’lmagan yerning ustki qatlamining qismi deb atash mumkin. Deyarli barcha qoyalar ma’lum 
kimyoviy tarkibga ega va organik moddalardan paydo bo’ladi. Qoya toshni shaklga keltiradigan 
minerallar esa : chaqmoqtosh,felspar, mika, dolimit va hokazolar. Qoyalardan qurilishga 
foydalaniladigan granit, basalt, trap, marmar, shifer, qumlitosh va ohaktoshlar olinadi. Xatto 
ularning narxi ishlatilishidagi ayrim cheklovlarga qaramasdan,bino qurilishida toshlardan 
foydalanish qayerda ishlab chiqarilishiga qarab an ‘anaviy bo’ladi. Qurilish maqsadlari uchun 
ishlatiladigan toshlarning tanlovini idora qilib turadigan holatlar: narx, usul, bezakning qiymati va 
chidamliligidir. Tarixdan ilgari davrdan beri toshlar ko’plab strukturalarning qurilishida 
foydalanilgan.
Dunyo bo’ylab ko’plab qal’alar, Toj Mahal, Misrning mashxur piramidalari va Buyuk 
Xitoy devori, bularga ba’zi misollar bo’la oladi xolos. Shuningdek, toshlardan bino qurilishining 
barcha elementlarida qismlarni ko’tarib turagan yuk sifatida,shuningdek, binoning ko’rkamligi va 
go’zalligini yuksaltirishda keng foydalanilgan. Qurilish materiali sifatida toshlar sement va 
temirning rivojlanishi natijasida sekin asta o’z o’rnini yo’qotib borgan. Ikkinchidan, toshlardan 
qurilgan strukturaviy elementlarning kuchini muvofiq tarzda tahlil qilish mumkin emas.Bulardan 
foydalanishda to’siq bo’ladiga bshqa katta omillar: ularni yetkazib borish, hamda qurilishning sust
sur’atidagi ko’p vaqtni oladigan bog’log’ich muammo qilib ko’rsatiladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish