Qurilish materiallari va buyumlari


 Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

3. Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi 
Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan 
buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi.
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining-
mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni 
belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin holda bo‘lmasdan o‘zaro 
minerallarga birikkan bo‘ladi.
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini 
bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik 
materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini 
belgilaydi.
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo‘lib, ularni muayyan 
shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil 
bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. 
Masalan, material g‘ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi 
mumkin; Yopiq g‘ovaklardagi havo materialga issiq sovuqdan, tovushdan izolyatsiyalovchi 
xususiyat beradi.
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, mikrostruktura va 
makrostruktura.


- 9 - 
Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. 
kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish differensial-
termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari 
bilan amalga oshiriladi.
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta kichikligini (1-2
.
10
-7
sm 
gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil 
bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi 
bog‘lovchi (portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) 
mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish 
buyum va konstruksiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish 
sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mikrostruktura xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, 
mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi.
Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga ko‘rinadigan 
xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, mayda yirik to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi 
yoki 
armaturalovchi 
komponentlar 
majmuasidan 
iboratdir. 
Makrostruktura 
kompozit 
(konglomerat), uyachali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin.
Kompozitlarga
betonlar,
qurilish
qorishmalari, keramika, 
silikalsitlar, 
polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi. 
Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, 
plastmassalarning ba’zi turlari kiradi.
Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik plastmassalar, maxsus 
qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar kiradi.
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi plastmassalar 
(tekstolit, shishaplast, qog‘ozplast) kiradi.
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va yirik to‘ldiruvchilar 
(qum, chaqiq tosh) kiradi.
Tolali struktura yog‘och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun xosdir. Materiallar 
xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishlarda 
turlicha bo‘ladi.
Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. Kristall tuzilishli 
materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga chidamlilikka ega. Odatda ko‘pchilik 
materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham kristall (kvars), ham amorf 
tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilishi holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy 
birikishlarida ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi 
materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall panjarani neytral 
atomlar, ionlar, molekulalar hosil qilishi mumkin.
Murakkab kristallar (kalsiy, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari 
sababli ularning hossalari turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi 
minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy panjara 
tuzilishiga ega. Shu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish