Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Po‘lat buyumlar
Po‘lat buyumlar tayyorlash texnologiyasi
 
Prokatlash.
Prokatlash usulida profillangan po‘lat buyumlar tayyorlanadi. Bu usulda po‘lat 
quyma prokat stanining aylanadigan jo‘valari orasidan o‘tkazilishi natijasida muayyan profil 
shaklga kiradi. Po‘lat sovuq va issiq holatlarda prokatlanadi. Prokatlash jarayonida po‘lat zagatovka 
cho‘ziladi, siqiladi va ingichkalashadi. Issiq holatda po‘latni prokatlab yumaloq, kvadrat, 
burchaklik, quvur, shveller, qo‘shtavr, profilli takrorlanadigan armaturalar va boshqalar 
tayyorlanadi. Prokatlashning sovuq holda cho‘zish usulida po‘lat zagatovka kichik teshiklardan 
(filerlar) o‘tkazib ingichkalanadi. CHo‘zish usulida sim, kichik diametrli quvurlar va sh.k. 
tayyorlanadi.
Bolg‘alash. 
Bu usulda cho‘g‘langan po‘lat zagatovkaga bolg‘a zarblari bilan ishlov berilib 
kerakli shaklga keltiriladi. Bolg‘alash usulida bolt,anker, skoba va sh.k. po‘lat buyumlar 
tayyorlanadi. Bu usulning kamchiligi o‘ta aniq o‘lchamdagi buyumlarni olish qiyinligidir.
SHtamplash.
SHtamplash juda aniq o‘lchamdagi po‘lat buyumlar tayyorlash usuli bo‘lib, 
bolg‘alash usulining bir turi hisoblanadi. Bu usulda po‘lat zagatovka bolg‘a zarblari ostida cho‘zilib, 
shtamp shakliga kiradi. SHtamplash usulida ko‘proq po‘lat listlarga ishlov berilib, turli shakldagi 
buyumlar va qismlar tayyorlanadi.
Presslash.
Presslash usulida po‘lat matritsadagi maxsus teshik orqali siqib chiqarilib shakl 
beriladi. Bu usulda quyma va prokatlangan zagatovkalar dastlabki material vazifasini o‘taydi. 
Presslash usulida turli kesimli profillar, fason profillar tayyorlanadi.
Sovuq holda profillash.
Bu usulda list Yoki yumaloq holdagi po‘latni prokat stanlarida shakli 
o‘zgartiriladi. Po‘lat listlardan ko‘ndalangiga turli shakldagi egilgan profillar yasaladi. Maxsus 
yassilovchi stanoklar Yordamida yumaloq sterjenlar sovuq holda profillab mustahkam po‘lat 
armaturalar tayyorlanadi.
6.2 Po‘lat buyumlar turlari
 
Po‘latdan teng Yonli va teng Yonli bo‘lmagan burchaklar tokchalarining kengligi 20-250 mm 
o‘lchamlarda, shveller balandligi 50-400 mm va tokchalarining kengligi 32-115 mm o‘lchamlarda 
ishlab chiqariladi. Oddiy qo‘shtavrlar balandligi 100-700 mm, keng tokchaligi 1000 mm 
o‘lchamlarda tayyorlanadi. (15.4-rasm). YUmaloq po‘lat temirbeton konstruksiyalar uchun 
armatura sifatida, kvadrat kesimli prokatlangan po‘lat va polosa po‘latlardan qurilishda turli buyum, 
qism va konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Profillangan po‘lat bino va inshoot karkaslari, fermalari, tombop to‘sinlar, ko‘prik qurilmalari
simYog‘ochlar va boshqa buyum va konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Prokatlash usulida po‘lat listlar quyidagi o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: eni 600-3800 va qalinligi 
4-160 mm qalin po‘lat list; eni 6001400 va qalinligi 0,5-4 mm yupqa po‘lat list; eni 510-1500 va 
qalinligi 0,5-2 mm list tunika va boshqalar. List tunika asosida gofrirovka qilingan va to‘lqinsimon 
buyumlar va Yog‘ingarchiliklarga chidamli ruxlangan tunika listlar tayyorlanadi.
Maxsus po‘lat listlarni payvandlab diametri 50-1620 mm bo‘lgan quvurlar tayyorlanadi. Bu 
quvurlar magistral gaz va neft, suv va issiq suv ta’minoti tizimlarida ishlatiladi. Po‘latdan yasalgan 
mix, bolt, gayka, shayba, parchin mix, shurup, vint, skobalar, eshik va deraza bloklari
oshiqmoshiqlar, dastalar, sanitariya-texnika kabinalari qismlari va boshqalar tayyorlanadi. Qurilish 
tizimida po‘latning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armatura 
sifatida qo‘llanilishidir.


- 103 - 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish