Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 
 
RANGLI METALLAR VA ULAR ASOSIDAGI QOTISHMALAR 
1. 
Rangli metallar
2. 
Metallarni korroziya va olovdan himoyalash.
Rangli metallar 
Qurilish tizimida eng ko‘p ishlatiladigan rangli metall alyuminiy hisoblanadi. U yuqori 
mustahkamlikka, plastiklikka ega bo‘lib, korroziya muhitiga chidamlidir. Alyuminiyning yengilligi 
va boshqa rangli metallar bilan qotishmalar hosil qilishi uning muxim xossalaridir.
Mis, magniy, titan, nikel, rux, qalay va boshqa rangli metallar ko‘p hollarda qotishmalar 
komponentlari va legirlovchi qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi. Nodir rangli metallardan olingan 
qotishmalar maxsus qurilish ob’ektlarida, arxitektura Yodgorliklarini ta’mirlashda ishlatilishi 
mumkin. Rangli metallar sof holda kam ishlatiladi, chunki mustahkamligi va qattiqligi talabga javob 
bermaydi.
Alyuminiy va uning qotishmalari. Alyuminiy kumushsimon-oq rangli metall bo‘lib, zichligi 
2,7 g/sm3, erish harorati 6580S, mustahkamligi 10 MPa bo‘ladi. Ochiq havoda alyuminiy yuzasi 
xiralashadi, hosil bo‘lgan yupqa mustahkam oksidi alyuminiyni agressiv muhitlardan himoyalaydi.
Alyuminiy tarkibiga legirlovchi qo‘shimchalar sifatida mis, rux, marganets, magniy, temir, xrom, 
berilliy kiritilib, mexanik xossalarini yaxshilash mumkin.
Alyuminiy mustahkamligini plastik deformatsiyalash, toblash va eskirtirish usullari bilan 
oshirish mumkin. Alyuminiy qotishmalari deformatsiyalanadigan va quyma turlarga bo‘linadi. 
Deformatsiyalanadigan qotishmalar esa termik mustahkamlangan va mustahkamlanmagan xillarga 
bo‘linadi. Termik mustahkamlangan qotishmalarga alyuminiy-magniykremniy, alyuminiy-mis-
Арм
атура 
кла
сс
и 


- 105 - 
magniy va alyuminiy-rux-magniy; termik mustahkamlanmagan qotishmalarga texnik alyuminiy va 
ikki komponentli qotishmalar-alyuminiy-marganets va alyuminiy-magniy kiradi. Bunday hosil 
qilingan duralyuminiy qotishmalarida mis alyuminiy mustahkamligini oshiradi, ammo plastikligini 
va korroziyaga chidamliligini kamaytiradi.
Alyuminiy qotishmalarining xossalarini yaxshilash uchun xrom, vanadiy, titan, sirkoniy kabi 
legirlovchi elementlar qo‘shiladi. Texnik alyuminiy AD, AD I kabi markalanadi. Bu erda A-
alyuminiy, Dduralyuminiy tipidagi qotishma, I-qotishmadagi alyuminiy miqdorini ko‘rsatadi (AD 
da 98,8% va AD I da 99,3% alyuminiy bor). YUqori mustahkamlikdagi alyuminiy V 95, V96; 
quymasi-AK6, AK8 holda markalanadi. Bu erda raqamlar legirlovchi elementlar miqdorini (%) 
bildiradi. Termik mustahkamlanmagan alyuminiy qotishmalari ADIM; AmsM; AMg2M; AMg2H2 
holda markalanadi. Bu erda M-myagkiy, Msmarganets, Mg2-tarkibida 2% magniy bo‘lgan 
qotishma.
Alyuminiy qotishmalari markalari raqamlarda ifodalanishi mumkin: 1915, 1915T, 1925, 1935T. Bu 
erda birinchi raqam qotishma asosi bo‘lgan alyuminiyni, ikkinchi raqam komponentlar 
kompozitsiyasini, oxirgi ikki raqam qotishmaning o‘z guruhidagi tartib nomerini bildiradi.
Alyuminiy qotishmalaridan prokatlash usulida shveller, qo‘shtavr, burchaklik, yassi va 
to‘lqinsimon listlar, quvurlar va boshqa buyum va konstruksiyalar tayyorlanadi. Ular asosida bino 
va inshootlar uchun yengil konstruksiyalar, vitrina va deraza panjaralari, uch-qatlamli issiqlik 
izolyasiyasi panellari, osma shiplar va sh.k. tayyorlash mumkin.
Mis va
uning qotishmalari. Mis toza holda cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 
past (200-250 MPa), zichligi 8,9 g/sm3, suyuqlanish harorati 10830S bo‘lgan qizg‘ish rangli metall 
bo‘lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Qurilish materiallari sifatida mis sof holda deyarli 
ishlatilmaydi, ammo mis asosidagi qotishmalardan keng foydalaniladi.
Latun (jez) mis va rux (40%gacha) qotishmasi bo‘lib, tarkibiga legirlovchi qo‘shimchalar 
sifatida alyuminiy, qo‘rg‘oshin, nikel, qalay va marganets qo‘shiladi. Latun kimyoviy tarkibiga 
qarab tompak L96 va L90 (8897% mis), yarim tompak L80 va L85 (79-86% mis), latun L 62, L68, 
L70 (62, 68, 70% mis mutanosiblikda), alyuminiyli latun LA 77-2, marganetsli latun LMs 58-2, 
temir-marganetsli latun LJMs 59-1-1 va nikelli latun LN65-5 turlarga bo‘linadi.
Bronza. Bronza mis va qalay, marganets, alyuminiy, nikel, kremniy, berilliy va boshqa elementlar 
qotishmasidir. Bronzaning cho‘zilishdagi mustahkamligi kimyoviy tarkibiga qarab 150-800 MPa 
oralig‘ida bo‘ladi. Qalayli bronza atmosfera, tuz eritmalari va kislotalarga chidamli, alyuminiyli 
bronza mustahkam va kimyoviy muhitlarga chidamli, kremniyli bronza edirilishga va yuqori 
haroratga bardoshli bo‘ladi.
Qurilishda bronza sanitariya-texnika buyumlarining metall qismlari, furnituralar va 
materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Rux-ko‘kimtir-oq rangli metall bo‘lib, korroziya muhitiga chidamli bo‘ladi. SHuning uchun po‘lat 
buyumlarni ruxlash uchun ishlatiladi.
Titan-kulrang-oq rangli metall bo‘lib, 16650S suyuqlanadi, zichligi 4,32-4,50 g/sm3. Titan 
yuzasida hosil bo‘lgan oksid parda korroziya muhitiga, edirilishga chidamli bo‘ladi. Titanning 
mexanik va texnologik xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga legirlovchi alyuminiy
molibden, vanadiy, marganets, xrom, kremniy, temir va boshqa metallar qo‘shilishi mumkin. Titan 
VT5, VT5-1, VT6, VT8, VT14, OT4 kabi markalarda bo‘ladi. Titan qotishmalarining cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 700-1400 MPa. Titan qotishmalari sovuq va issiq holda yaxshi deformatsiyalanadi, 
payvandlanadi va korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin-kulrang-ko‘k rangli og‘ir metall bo‘lib, qoliplarga yaxshi quyiladi, prokatlash mumkin. 
Qo‘rg‘oshin kislotalarga bardoshli, rentgen nurlaridan himoyalash xususiyatiga ega. SHuning uchun 
u maxsus qurilishda ishlatiladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish