Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/94
Sana11.07.2022
Hajmi4,05 Mb.
#775432
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
Bog'liq
injenerlik geologiyasi

 
14.3.Plivun 


87 
Tarkibida chang zarrasi ko‘p bo‘lgan suvga to‘yingan mayda gilli jinslarga plivunlar 
deyiladi. Ular to‘rtlamchi va shu davrgacha bo‘lgan jinslar ichida va ayniqsa lyosslar va 
lyossimon tuproqlarda ko‘p tarqalgandir. Bu hodisaga quruvchilar kotlovan qazishda
kanallar qazishda, temir yo‘l to‘shamasini qurishda, metro liniyalarini qazishda duch 
kelishadi. Odatda plivunlarning ko‘pchiligi daryo o‘zanlarida va birinchi qayir ustki 
terrasalarida turli qalinlikda uchraydi. Plivunlarda tiksotropiya xususiyati mavjudligi 
tufayli, tashqi mexanik kuch ta‘sirida birdan suyuq atalaga aylanib, shaxta devorlaridan, 
metro devorlaridan, imorat kotlovani qirg‘oqlaridan, tog‘ yon bag‘irliklaridan oqib 
chiqa boshlaydi. Plivun hodisasi sababli inshootlarning mustahkamligi pasayadi, tog‘ 
yon bag‘irliklarida cho‘kishlar, surilishlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha plivunlar tufayli 
qumlar zichligi ortadi, natijada hajmi kichrayib, Yer usti cho‘kadi. Bu esa shu joydagi 
qurilishga katta zarar yetkazadi.
Plivun hodisasi ikki turga: soxta plivun va haqiqiy plivun hodisasiga bo‘linadi. 
Soxta plivunlar - strukturaviy bog‘lanmagan, qumli va shag‘alli yotqiziqlarda 
kuzatiladi. Soxta plivun hodisasi sababi - qumli qatlamlardagi gidrodinamik bosimni 
vujudga kelishidir. Gidrodinamik bosim oshgan sari qum zarralarini o‘rab olgan suv 
qatlami oshib borib, buning ta‘sirida qumlar orasidagi ishqalanish yo‘qoladi, 
pirovardida, harakatga kela boshlaydi. Ozgina tashqaridan dinamik kuch ta‘sir etishi 
bilan bu qum massasi siljiy boshlaydi.
Haqiqiy plivun hodisasi qumlok va qumoq jinslarda uchraydi. Haqiqiy plivun jins 
suyulgandan so‘ng ham ancha vaqtgacha shu holatda turadi, jinslardagi namlik to‘la 
namlik sig‘imi miqdoridan kam bo‘lganda, suyuqlanadi. Jinsni suyulib, oqishiga sabab - 
bu uning tarkibidagi fizikaviy bog‘langan suv bo‘lib, uni ajratish ancha qiyin. Plivunlar 
turli tebranishlar, dinamik zarbalarga sezgir bo‘ladi. SHu sababli kuzatish markazidan 
uzoq bo‘lgan joylarda ham inshootlarga xavf tug‘dirishi mumkin. Qurilishda 
plivunlarga qarshi kurash choralari 5 guruhga bo‘linadi.
1.
Qurilish maydonidagi plivunlarni sun‘iy ravishda qotirish. Bu usul o‘z navbatida 3 
ga bo‘linadi:
a) kotlovandagi suvni maxsus nasoslar bilan chiqarib olinadi. 
b) suyuqlanuvchi qatlamlar ustidan filg‘trlar qoqiladi. Qoqilgan filg‘trni bir qismi 
plivun orasida bo‘lsa, boshqa qismi uning ostidagi qatlamda bo‘ladi. Bunda plivun suv 
filg‘trlar orqali ostki qatlamlarga o‘tib ketadi. Bu usul plivunning filg‘trlanish 
koeffitsientining qiymati birdan kichik bo‘lganda qo‘llaniladi. 
v) nina filg‘trlar orqali plivunga tok yuborib, konsistentsiyasi o‘zgartiriladi. Buning 
uchun bir - biridan ma‘lum masofada joylashadigan qilib, elektrodlar qoqilib, ularga 
o‘zgarmas tok yuboriladi. Bu usul filg‘trlanish koeffitsientining qiymati 0,2 dan kichik 
bo‘lmagan gil va lyossimon jinslar uchun qo‘llaniladi. 
2.
Plivunlarning shpunt yordamida to‘sib ko‘yish. 
Buning uchun bino yoki inshoot poydevori o‘rni ochilib, kotlovan qazishdan avval 
atrofi bo‘ylab 4 - 5 metrgacha chuqurlikgacha yog‘och, temir-beton, metall ustunlarni 
qoqib kiritilib devor hosil kilinadi (6.10- rasm) 


88 
3.Plivunlarni muzlatib quyish 
usuli 
qo‘llanganda, 
qumning 
mustaxkamligi vaqtincha ortadi. 
Buning uchun kotlovan atrofiga 
maxsus moslama bilan sovutilgan 
CaCl
2
-Eritmasi bosim ostida 
yuborib 
turiladi. 
Eritmaning 
kotlovan atrofida aylanishidan 
jinslar - 20
0
S dan - 40
0
S gacha 
muzlaydi. Bu kotlovan atrofida 
suv 
o‘tkazmaydigan muzlagan 
qatlam 
hosil 
bo‘lishini 
tag‘minlaydi.
Plivun tarkibidagi suvni havo bilan siqib chiqarish. Buning uchun plivun ustiga 
kesson o‘rnatilib, uning ichiga 0,25 Mpa havo bosimi beriladi. Bosim ta‘siridan 
plivunlar tarkibidagi suv, havo bilan har tomonga tarqalib, u suvsizlanish natijasida 
suyuqlanishdan to‘xtaydi. SHundan so‘ng qotgan plivunni bemalol qazib olish mumkin 
bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi, uni katta maydonlarga tarqalgan plivunlarda ishlatib 
bo‘lmasligidadir. 
Plivunlarning ichiga suyultirilgan shisha moddasini yuborish usuli – silikatlash deb 
ataladi. Buning uchun burg‘ quduqlari qazilib, qum qatlamlar ichiga trubalar orqali 
suyuq shisha va suyuq kalg‘tsiy xlorid yuboriladi. Eritmalar qum qatlamiga shimilib
uni qattik tog‘ jinsiga aylantiradi. Ushbu usul ancha qimmatliligiga qaramasdan, juda 
samarali natijalarni beradi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish