Alisher Uzoqov (25-avgust 1984-yilda tugʻilgan) — oʻzbek film aktyori, rejissori, qoʻshiqchisi va professional futbolchisi.[1] Uzoqov 2009-yil olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Undan keyingi yillarda aktyor bir necha kinokomediyada rol ijro etdi. Uzoqov bir necha qoʻshiq ham ijro etgan.

Uzoqov oʻzini rejissor sifatida ham sinab koʻrdi. U hozirgacha bir qancha filmga, yaʼni „Mening akam boʻydoq“ , „Endi dadam boʻydoq“ , „Kuzda gullagan daraxt“„Muzlagan“ filmlariga rejissorlik qildi. 2013-yil aktyor filmlarda boshqa rol ijro etmasligini eʼlon qildi, lekin undan keyingi yillarda bir necha filmda rol oʻynadi.
Alisher Uzoqov 2012-yildan Futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi ligasida bellashuvchi Istiqlol futbol klubida oʻynab keladi va 2016-yil u Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Alisher Uzoqov Toshkentda tugʻilgan.U taniqli mumtoz qoʻshiqchi Maʼmurjon Uzoqovning nevarasidir. Otasi Muhammadjon Uzoqov aktyor va qoʻshiqchidir.Onasi Shohida Uzoqova ham aktrisa