97
18.2. Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining turlari va usullari.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari: 1. Tayyorgarlik, 2. Dala, 3.Laboratoriya, 4.
Kameral bosqichlarga bo‘linadi.
Tayyorgarlik ishlari TIL bosqichi davrida bajariladi. Ular vazifasiga qurilish
loyihalanayotgan rayonning tabiiy sharoiti to‘g‘risida material yig‘ish, bu ma‘lumotlar
asosida TIL bosqichi uchun axborotli hisobot tuzish va loyihalashni keyingi bosqichini
asoslash uchun muhandislik - geologik qidiruv ishlarini dasturini tuzishdan iborat.
Rayonning tabiiy sharoiti to‘g‘risidagi ma‘lumotning birinchi manbalari, chop etilgan
maqola va monografiyalar, turli ishlab chiqarish tashkilotlari va ilmiy - tekshirish
institutlarining arxivlaridagi va fondlaridagi hisobotlari hisoblanadi. Bu materiallarni
o‘rganish chog‘ida tanlangan maydonning muhandislik - geologik xususiyatini
xarakterlovchi materiallar to‘planadi (yozuv ishlar, xarita, grafiklar, qirqimlar).
Ushbu rayonda qurilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan inshootlarni to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. To‘plangan materiallar
asosida TIL uchun hisobot tuziladi va muhandislik - geologik qidiruv ishlari dasturi
ishlab chiqiladi.
18.3.Muhandislik - geologik qidiruv ishlaridagi dala ishlari va Kameral ishlar
Dala ishlari.
Dala ishlari deb rayonda yoki loyiha qilinayotgan qurilish maydonida bevosita olib
borilayotgan hamma ish turlari kiradi. Ular kompleks muhandislik - geologik s‘yomka
qidiruv (razvedka), geofizikaviy va statsionar ishlardan iborat. Kompleks
muhandislik – geologik s‘yomka, geologik tuzilishni, fizikaviy - geografik va
gidrogeologik sharoitlarni, geodinamik jarayonlarni va jinslarning fizikaviy-
mexanikaviy xususiyatlarini kompleks tadqiqot qilishni qamrab oladi.
Dala materiallarini, laboratoriya tekshirishlar natijalarini umumlashtirish Kameral
davri jarayonida o‘tkaziladi va muhandislik-geologik hisobot xaritalari, geologik
qirqimlar tuziladi. Muhandislik-geologik s‘yomkaga shu joyning geologik xaritasi asos
kilib olinadi. Muhandislik - geologik s‘yomkaning masshtabi maydonning katta-
kichikligiga, inshootning konstruktsiyasi va joylarning muhandislik-geologik sharoitiga
bog‘liq. SHu sababli s‘yomkaning masshtabi, asosan 3 xil bo‘ladi: 1. Mayda masshtabli
s‘yomka (1:500000-1:1000000), 2.O‘rta masshtabli s‘yomka (1:200000-1:50000), 3.
Yirik masshtabli s‘yomka ( 1:50000-1:5000).
Muhandislik-geologik
s‘yomka
ishlarining natijalari muhandislik-geologik
xaritalarda o‘z ifodasini topadi. Muhandislik - geologik tadqiqotlar oxirida muhandislik
- geologik xaritalari tuziladi. Qurilish rayonlarining muhandislik - geologik sharoiti
quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: geologik tuzilish, geomorfologik tuzilish, gidrogeologik
sharoit va fizikaviy - geologik jarayonlar, qurilish materiallari, seysmik sharoit.
Muhandislik-geologik xaritalar o‘z joyiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
Umumiy masshtabdagi (1:500000 va undan mayda )
Obzoriy masshtabdagi (1:500000 - 1:200000)
Cxematik masshtabdagi (1:10000 - 1:25000)
Mukammal masshtabdagi (1:2000 - 1:5000) muhandislik - geologik xaritalar. Bu
masshtabdagi muhandislik - geologik xaritalardan loyihalash ishlarida, har xil
maqsadlarda foydalaniladi.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |