Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish


-Mavzu: Injener-geologik qidiruv ishlari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/94
Sana11.07.2022
Hajmi4,05 Mb.
#775432
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
Bog'liq
injenerlik geologiyasi

 
18-Mavzu: Injener-geologik qidiruv ishlari
 
Reja: 
1. Injener-geologik qidiruv ishlari, maqsadi,vazifasi,turlari va xajmi. 
2. Tadqiqot ishlarining vazifasi, bosqichlari, turlari va xajmi. 
3. Injener-geologik hisobot va uning mazmuni
 
Mavzu bo‟yicha tayanch so‟z va iboralar 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari, Muhandislik - geologik qidiruv ishlari 
majmuasi, muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifasi, qurilish loyihasi, 
muhandislik - geologik qidiruv ishlari, dala ishlari, geofizikaviy tekshirish usullari, 
sanoat qurilishida muhandislik - geologik qidirish ishlari. laboratoriya va Kameral
ishlar, geologik xaritalar va qirqimlar, muhandislik - geologik rayonlashtirish, 
muhandislik geologik hisobot. 
 
18.1. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining maqsadi va vazifalari
Bino va inshootlarni loyihalashda har bir rayonning tabiiy xususiyatlarini hisobga 
olish lozimdir. Muhandislik - geologik qidiruv ishlari qurilish maydonini muhandislik - 
geologik nuqtai - nazardan asoslash uchun olib boriladi. Faqatgina muhandislik - 
geologik sharoitlarni puxta hisobga olishgina, loyihalanayotgan binoning joylanishi, 
uning o‘lchamlari, poydevor konstruktsiyalari va boshqa elementlarini, qurilayotgan 
inshootga turli geodinamik jarayonlarning salbiy ta‘sirini, qurilish muddati va 
xarajatlarni oshib ketishini baholash va isbotlashga imkon beradi. Qurilish 
uchastkalarida muhandislik - qidiruv ishlarini olib borish uchun dastavval loyiha tuzish 


96 
lozim. Loyiha dasturida muhandislik - geologik qidiruv ishlarida ko‘zda tutilayotgan 
asosiy maqsad geologik, geomorfologik, gidrogeologik sharoitlarni, tabiiy geologik, 
muhandislik-geologik jarayonlarni, tog‘ jinslarini xossalarini o‘rganishdan iborat. 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari natijasi tahlili asosida qurilish uchun 
muhandislik-geologik nuqtai - nazardan maydon, (trassa, uchastka) tanlanadi. 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari majmuasiga qurilish maydonining muhandislik - 
geologik sharoitiga ta‘sir etuvchi ko‘plab tabiiy omillar kiradi: fizikaviy-geografik 
xususiyati, relyef shakli, ularni hosil bo‘lish omillari, Yer yuzasining mutloq balandligi, 
yuzali suv havzalari ( ko‘l, suv ombori). 
Geologik tuzilishlar - hosil bo‘lish sharoiti, tarkibi, tog‘ jinslari (gruntlar) yotish 
sharoiti, ularni darzbardoshligi, tektonika xususiyatlari, geodinamik hodisalar, ularni 
hosil bo‘lish sabablari, omillarni inshoot turg‘unligiga ta‘siri. 
Gidrogeologik sharoitlar-grunt suvlarini joylashish chuqurligi, ularni rejimi, 
minerallashganlik darajasi. 
Gruntlarni fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlari. 
Gruntni qurilish materiali sifatida bahosi. 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifasi va umumiy ko‘zlangan maqsadi 
turli muhandislik inshootlari uchun umumiydir. Ammo inshootning turiga qarab, 
muhandislik - geologik qidiruv ishlari yo‘nalishi va ko‘rinishlari ma‘lum xususiy 
xarakterga ega bo‘lishi mumkin. 
Har qanday qurilish loyihasi bir necha bosqichlarda olib boriladi: 
Texnikaviy – iqtisodiy doklad. 
Loyihaviy topshiriqlarni tuzish. 
Texnikaviy loyihani ishlab chiqish 
Oxirgi ikki bosqich odatda - texnikaviy - ishchi loyihalashga mujassamlanadi. TIL - 
bosqichida - arxiv, fond va adabiyot materiallarini tabiiy sharoit haqidagi ma‘lumot 
asosida qurilishni texnikaviy imkoniyati, iqtisodiy va ekologik jihatlari ko‘rib chikiladi. 
Bu bosqichda maxsus muhandislik - geologik qidiruv ishlari kamdan - kam olib 
boriladi. Odatda maxsus muhandislik - geologik qidiruv ishlari yirik inshootlar qurishda 
yoki murakkab tabiiy sharoitlarda olib boriladi. 
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining loyihaviy topshiriq qismi, TIL 
bosqichida ko‘zda tutilgan «tanlovli» uchastkalarda bajariladi. Ishdan maqsad eng 
maqbul muhandislik - geologik sharoitli maydonni tanlab olishdir. Muhandislik - 
geologik qidiruv ishlari ma‘lumotlari asosida, loyihalashning bu bosqichida inshootning 
asosiy yordamchi elementlarni joylashtirishni, poydevorning turi va konstruktsiyasini 
tanlab olishlari, Yer ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasini eng ratsional usullarini 
tanlab olishlari mumkin. Bu bosqichda dala muhandis-geologik qidiruv ishlari 
o‘tkazilib, asosiysi, muhandis - geologik s‘yomkadir. Texnikaviy va texnikaviy - ish 
loyihaviy bosqichda muhandislik - geologik qidiruv ishlari tugallangan tanlangan 
uchaskada olib borilib, faqat inshoot chegarasi hududlarida olib boriladi. Asosiy e‘tibor 
gruntlarning fizikaviy - mexanik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bundan 
ko‘zlangan maqsad inshootning, qiya joylarni turg‘unligini hisoblashdir. Ulardan 
tashqari, ishchi chizmasi bosqichida, bu davrda boshlanayotgan qurilish jarayonida 
kelib chiqadigan muhandislik-geologik masalalariga aniqliklar kiritiladi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish