99
Uchastkalarda tarqalgan tog‘ jinslarining tarkibi, fizikaviy va mexanikaviy
xossalari, ularning o‘zgarish
qonuniyatlarini, burg‘ quduqlar va shurflardan olingan
namunalarni o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi. Qurilish uchastkalarida olib boriladigan
ishlarning hajmi geologik sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
Qurilish uchastkalari geologik tuzilishlarining qanchalik murakkabligiga qarab, 3
guruhga bo‘linadi; har bir guruh uchun kovlanadigan burg‘ quduqlar va ular orasidagi
masofa quyidagicha qabul kilinadi (9.1 jadval).
SHurf – to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qaziladigan quduq bo‘lib, unda monolit (tog‘
jinslari tabiiy tuzilishining buzilmagan o‘lchamlari 20
20
20 sm) va namunalar (tabiiy
strukturasi buzilgan) shurf devorlaridan olinadi.
9.1-jadval
Tartib raqami
Geologik sharoitning murakkablik
darajasi
Burg‘ quduqlari va shurf
orasidagi eng katta masofa
1
Murakkab
25metr va undan kam
2
Murakkabligi o‘rtacha
50 m
3
Oddiy
100 m
Burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi har - xil sharoitlarga bog‘liq bo‘lib,
mo‘ljallangan poydevor enidan 1, 2 . . . 2 marta chuqur yoki 6 . . . 8 m bo‘lishi kerak.
Agar 10-15 m chuqurlikda qoya, mustahkam tog‘ jinslari yotgan bo‘lsa, u holda burg‘
quduqlar va shurflar shu tog‘ jinslarigacha yetkaziladi.
Agar umumgeologik
mag‘lumotlarda qurilish uchastkasida tarqalgan tog‘ jinslarining mustahkamligi past
deb topilsa, u holda burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi 15 - 20 m gacha
yetkazilishi mumkin.
Qurilish uchastkasidagi tog‘ jinslarining siqiluvchi qatlami qalinligi aniq bo‘lmagan,
lekin poydevorning turi va 1m ga tushadigan yuklamasi mag‘lum bo‘lsa, burg‘
quduqlar va shurflarning chuqurligi 9.2 - jadvaldan olinadi.
9.2-jadval
Lentasimon poydevor
To‘rtburchak poydevor
Bosim, t
CHuqurlik,
Og‘irlik, t
CHuqurlik, m
10gacha
20
50
100
500
6
10
15
18
20
50 gacha
100
400
1000
5000
10000m va undan
katta
6
7
13
15
23
30
Burg‘ quduqlarning o‘rtacha chuqurligini AmYerika olimi D.SauYersa 100 ga
yaqin rayonlarni analiz kilib, ularning chuqurligi inshootning
eniga va qavatlar soniga
bog‘liq deb topdi va quyidagi 9.3 - jadvalni tuzdi.
9.3-jadval
Inshootning
kengligi
Qavatlar soniga qarab burg‘ quduqlar chuqurligi, m
1
2
4
8
12
100
30
60
120
3,3
3,6
3,6
6
6,6
6,9
9,9
12,3
13,5
15,9
20,4
24,3
24
32,4
40,8
Mustahkamligi yuqori bo‘lishi lozim inshoot va binolarning asosini o‘rganishda ish
chizmasi loyihasiga qo‘shimcha ishlar kiritilishi mumkin, bu ishlar poydevorni qancha
chuqurlikka joylashtirish lozimligi, uning o‘lchamlariga oid bo‘lib, o‘tkazilgan
ishlarning natijasiga uncha katta tag‘sir etmaydi.
Qurilish kotlovanlari qazishda har qanday qonuniyatga bYsunmaydigan, fizika –
mexanikaviy xossalari o‘zgaruvchan tog‘ jinslariga katta eg‘tibor berish shart.
Ish loyihasida o‘tkazilgan muhandislik - geologik
tekshirish ishlari tamomila
to‘la, inshootning konstruktiv tomonlarini hisobga olgan holda, muhandislik - geologik
sharoitni baholash bilan birga, qurilish olib borish uslublarini, poydevor turlarini va
ularning tejamlilik tomonlarini asoslab berilishi kerak.
Laboratoriya va Kameral ishlar
Laboratoriya ishlari muhandislik - geologik qidiruv tadqiqotlar davrida olingan suv,
yaxlit jinslarni tajriba yo‘li bilan aniqlashdan iborat. Bunday ishlar maxsus muhandislik
– geologik laboratoriya, markaziy laboratoriyalarda, ba‘zan dalalarda olib boriladi.
Laboratoriyada – gruntlarning granulometrik tarkibi, fizik xossalaridan: hajmiy
massasi, zichlik,
tabiiy namligi, gilli gruntlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan: ivishi,
bo‘kishi, plastikligi, ichki ishqalanish burchagi, yonuvchanligi,
siljishga qarshiligi,
siqiluvchanligi va Yer osti suvlarining ximiyaviy tekshirishlari kiradi.
Tajribaviy ishlar gruntlarni tarkibi va fizik – mexanik xususiyatlari bo‘yicha
klassifikatsiyasini aniqlashtiradi, turli hisob ishlarida kerak bo‘ladi.
Kameral ishlar dalada va laboratoriyada aniqlangan natijalarni jamlab ularni tahlil
qilishdan iboratdir. Jumladan: muhandis - geologik xaritalar, qirqimlar,
kolonkalar,
jadvallarni tuzish.
Gruntlarning fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlarining sonli ko‘rsatgichlarini, rejim
kuzatishlarini, jinslarning darzbardoshligini va boshqa ko‘rsatgichlarni matematik
ishlash shu jumladan EHM larda hisoblash.
Turli hisobiy ishlar-masalan gruntlarning hisobiy mexanikaviy ko‘rsatgichlarni
hisoblash.
Muhandislik-geologik tadqiqotlar tugatilgandan so‘ng geologik hisobot tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: