Geologiya fakulteti geomadellashtirish



Download 0,81 Mb.
bet1/6
Sana30.07.2021
Hajmi0,81 Mb.
#133177
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toʻrtlamchi davr cho’kindilarining geofizik tadqiqot usullari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSTITETI

GEOLOGIYA FAKULTETI

GEOMADELLASHTIRISH

KURS ISHI

Mavzu: Toʻrtlamchi davr chokindilarining geofizik tadqiqot usullari.



Bajardi: Suyunov K.

Qabul qildi:_________________

Toshkent-2021

Mavzu: Toʻrtlamchi davr chokindilarining geofizik tadqiqot usullari.

Reja:

  1. Toʻrtlamchi sistemasini o’ganishda geofizik tadqiqot usullari.

  2. Toʻrtlamchi sistema geologiyasida geofizik tadqiqot usullari.

  3. Toʻrtlamchi davr cho’kindilarining geofizik tadqiqot usullari.


Toʻrtlamchi sistema (DAVR), antropogen — Yer geologik tarixining soʻnggi davri; kaynozoyning neogen ustidagi soʻnggi (tugallanmagan) sistemasi. Quyi chegarasi munozarali. Yoshi 1,6 mln. yil (1993 y. geoxronologiya shkalasi boʻyicha). "Toʻrtlamchi sistema" terminini 1825 y. fransuz olimi J. Denuaye taklif etgan. Bu davrni oʻrganish va boʻlimlarga ajratishda, asosan, biostratigrafik maʼlumotlar, paleontologik, litologik, geomorfologik va boshqa metodlarga asoslanilgan. 1932 y. Yevropa Toʻrtlamchi sistemani oʻrganish assotsiatsiyasi bu davrni 4 boʻlimga ajratishni taklif etgan: qad. (eopleystotsen), oʻrta (mezopleystotsen), yangi (neopleystotsen) va hozirgi (golotsen). Toʻrtlamchi sistema iqlimi umuman sovuq boʻlgan. Bu davrda hozirgi moʻʼtadil iqlimli mintaqalardagi materiklarning koʻp kismi muzlik bn qoplangan (shunga koʻra, Toʻrtlamchi sistema muzlik davri deb ham ataladi). Asosan, Yevrosiyo va Shim. Amerikani muz bosgan. Muzliklar qurukliklar yuzasining 30% ga yaqin qismini yoki 45 mln. km² maydonni egallagan. Ayrim joylardagi muz qatlamining kalinligi 2 km ga yetgan. Keskin sovuqiqlim bir necha marta issiq iqlim bn almashinib turgan. Muzliklar erigan davrlarda quruqliklarning ayrim qismlarini suv bosgan. Dunyo okeani suv hajmining oʻzgarib turishi dengiz transgressiyasi va regressiyasiga sabab boʻlgan. Yirik regressiyalar vaqtida dengizlar qurukliklarga aylangan. Toʻrtlamchi sistemada turli tektonik harakatlar boʻlib turgan. Muzlik bn qoplanmagan oblastlarning iklimi qurukdasha borgan. Iqlimnint oʻzgarib turishi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga taʼsir koʻrsatgan. Iqlim moʻʼtadillashgan davrlarda Yevropada dub va dubgrab daraxtlari oʻsgan. Toʻrtlamchi sistemada muzliklar bn krplangan oblastlarda muz yotqiziqlari keng tarqalgan. Muzlamagan oblastlar (Sharqiy Yevropa, Oʻrta Osiyo, Xitoy, AQSH va boshqa hududlar)da dengiz va koʻl yotqiziqlari bn birga, lyoss va lyossimon qumoq tuproq qatlamlari uchraydi. Toʻrtlamchi sistema faunasining hozirgi davrdan asosiy farqi turli hayvonlarning oʻzgacha geografik tarqalganligida. Bundan tashqari, oʻsha davr hayvonlarining kupi qirilib bitgan. Toʻrtlamchi sistemada sut emizuvchilar oʻzgargan; mamont, uzun junli kardikon va boshqa qutb hayvonlari paydo boʻdgan. Sibir uzun junli karkidoni, bizon, bahaybat bugʻu, yirik gʻor ayiqlari yashagan. Dengiz faunasi va oʻsimliklari kam oʻzgargan. Toʻrtlamchi sistemadagi eng muhim voqealardan biri ibtidoiy odamning paydo boʻlishidir (A. P. Pavlovning taklifiga koʻra, Toʻrtlamchi sistema antropogen sistemasi deb qam yuritiladi). 1932 yilda Toʻrtlamchi sistemani oʻrganish yuzasidan Xalqaro assotsiatsiya tashkil kilindi. Oʻzbekistonda Fargʻona togʻlararo va Toshkent togʻ oldi botiqliklarida kuyi pleystotsenda soʻx, oʻrta pleystotsenda — toshkent, yuqori pleystotsenda — mirzachoʻl, golotsenda — sirdaryo; Qashqadaryo togʻ oldi botigʻida oʻsha davrlarga moye holda — azkamar, qarnob, sukayti, amudaryo; Surxondaryo va Afgoniston — Tojikiston toglararo botiqlarida — koʻlob, ilyak, dushanba va amudaryo majmua yotqiziqlari ajratiladi. Toʻrtlamchi sistema yotqiziqlari turli inshootlar qurish uchun zamin va muhit xisoblanadi. Ular tabiiy qurilish materiallari (valunlar, shagʻal, qum, gil, lyoss va boshqalar) sifatida ishlatiladi. Bu davr yotqiziklaridan torf bn sapropel yoqilgʻi va oʻgʻit hisoblanadi. Toʻrtlamchi sistema yotqiziqlaridan sof tugʻma metallar (oltin, platina), turli ruda minerallari (kassiterit, volframit, sheyelit, monatsit va boshqalar), qimmatbaho toshlar (olmos, sapfir, yoqut, zumrad) topilgan. Yotqiziqlarda koʻl temir rudalari toʻplami, tuz qatlami koʻp. Toʻrtlamchi sistema yotqiziklarini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasi — geologiyaning Yer tarixidagi toʻrtlamchi sistemasi va unga moye keladigan davrini oʻrganadigan boʻlimi. 1920—30 yillarda mustaqil fan sifatida shakllandi.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasig .ning mustaqil fanga ajratilishi uning fanerozoy sistemasi boshqa davrlaridan ancha farq qilishi bn bogʻliq. Toʻrtlamchi davr tarixini qayta tiklashda undan qadimroq boʻlgan sistemalarga nisbatan stratigrafik yotqiziqlarni mukammalroq oʻrganish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, Toʻrtlamchi sistema geologiyasig . uchun geomorfologik va palinologik tadqiqotlar oʻtkazish muhim ahamiyatga egadir. Shu bois Toʻrtlamchi sistema geologiyasig . Yerning hozirgi vaqtdagi koʻrinishini oʻrganuvchi geomorfologik, iklimshunoslik, tuproqshunoslik, zool., botanika, arxeologiya, muhandislik geol.si kabi fanlar bn bogʻliq.

Geol.ga maʼlum boʻlgan izlanish metodlari bn bir qatorda Toʻrtlamchi sistema geologiyasig .da radiouglerod, termolyuminessent, kriolitologik, paleomagnit, paleoantropologik va arxeologik maxsus metodlardan foydalaniladi.

Toʻrtlamchi davr — odamzod va insoniyatning shakllanish va rivojlanish davridir. Buning eng dastlabki bosqichlari toʻgʻrisida inson moddiy madaniyati qoldiqlari dalil boʻla oladi. Undan toʻrtlamchi davr yotqiziklari stratigrafiyasidan xulosa chiqarish mumkin.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasig . vujudga kelishi va rivojlanishiga rus olimlari, P. A. Kropotkin, A. P. Pavlov, S. N. Nikitin, V. A. Obruchev, I. P. Gerasimov, shuningdek, avstriyalik geolog olimlar A. Penk, E. Brikner, nemis olimi P. Voldshtedt, amerikalik olimlar R. Flint, F. Seyner va boshqa katta hissa qoʻshdilar.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasig . masalalari Toʻrtlamchi davrni oʻrganish boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (JNQVA, INKVA, International Union for Qvaternaru research 1932 yilda tashkil qilingan) konfesslari, xalqaro geol. va geogr. kongresslar va boshqa da muhokama qilinadi. Toʻrtlamchi sistema geologiyasig . muammolari maxsus davriy adabiyotlarda yoritiladi.

T o'rtlamchi davr geologiyasi nihoyatda keng tabiatshunoslik ro'yxati bilan bog'liq bo'lganligi sababli, u tomonidan qo'llaniladigan usullarning arsenali juda xilma-xildir.

Ishonchli natijalarga erishish uchun to'rtlamchi davr geologiyasi muammolarini hal qilishda mumkin bo'lgan maksimal turli xil usullar to'plamidan foydalanish kerak, ba'zida esa kompleks usullar, ba'zi an'anaviy usullar hanuzgacha muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda, bundan tashqari faqat to'rtlamchi davr konlari uchun xarakterli bo'lgan yangi usullar ishlab chiqilgan.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish