1-2-mavzu: XVII – XX asrlarda Rus san’ati.
Peterburgga asos solinishi va qurilishi.
Me’morchilikda yangi shakl masalalari. D.Trezini ijodi. Petropovlosk sobori.
Portret janrining rivojlanishi. I.Nikitin va A.Matveev ijodi. XVIII asrning so’ngida rus san’ati. Peterburg badiiy akademiyasining taskil etilishi va uning rus san’atining rivojlanishiga qo’shgan hissasi. XVIII asr oxirida klassitizm. K. Rinaldi, V.Bajenov ijodi.
Peterbirgdagi ot mingan Petr I haykali. F.I.Shubin ijodining xalq san’ati bilan aloqasi.
Reja:
Peterburgga asos solinishi va qurilishi.
Me’morchilikda yangi shakl masalalari. D.Trezini ijodi. Petropovlosk sobori.
Portret janrining rivojlanishi. I.Nikitin va A.Matveev ijodi.
XVIII asr oxirida klassitizm. K. Rinaldi, V.Bajenov ijodi.
Peterbirgdagi ot mingan Petr I haykali.
F.I.Shubin ijodining xalq san’ati bilan aloqasi.
Rossiya san’ati o’zining rassom, me’mor va haykaltaroshlari bilan mashxur. Ular jahon san’atiga o’zlarining yuksak hissasini qo’shib, yaratgan san’at asarlari yuqori baholanib kelmoqda. XVII-XVIII asrlarda o’rta asr davri tugab yangi davr boshlandi. Qisqa davr ichida Rossiya san’atida barokko, rokoko va klassisizm uslublari hukm surib o’tdi. Bunga Pyotr I (1672-1725) ning san’at sohasidagi reformalari sabab bo’ldi. Shahar qurilishi, tasviriy san’atda Evropa ta’siri bo’lsada, boy rus san’ati an’analari bilan uyg’unlashib betakror san’at namunalarining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
O’rta asr san’atida diniy mavzu xukm surib, sanatning barcha sohasi cherkov buyurtmasiga asosan rivojlangan bolsa, endilikda san’atkorlar dunyoviy bilimlarga asoslangan kundalik hayotni ifodalay boshlsdilar. Bunda san’atning ta’siri yanada kuchayib, uning tur va janrlari ko’paydi. Rossiyaning poytaxti Peterburg va boshqa shaharlarning qurilisi va ularni serhasham qilib bezatilishi koplab san’at durdonalarini yuzaga kelishiga imkoniyat yaratdi. Shahar qurilishda xorijiy me’morlar jalb qilindi. Rus me’morlari Evropa mamlakatlarida me’morlik yutuqlarini o’rganib, tahsil olib qaytdilar.
Me’morchilik. XVII asr o’rtalaridan hozirgi kungacha Rossiya arxitekturasini noyob namoyondalarining yuzaga kelishida o’z hissasini qo’shgan mashur me’moriy obidalar va mo’emerlarni korib chiqamiz. Rossiyanimg poytaxti Piterburg orolda joylashgan bo’lib, uni bir nechta daryo va kanallar kesib o’tadi. Uning qurilishi xorijiy memorlar nomi bilan bog’liq: italiyalik B.F.Rastrelli, fransiyalik J.B.A.Leblon va shvesariyalik D.Trezinilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |