Kreml – noto’g’ri uchburchak qal’a shaklidagi inshootlar majmuasi bo’lib, uzun minoralar va mustaxkam devor bilan o’ralgan. Moskva Kremli maydonida XIV-XX asrga mansub me’moriy obidalar mujassam. Unda cherkov, Ivanovsk, Senat, Saroy va Troisk maydonlari, hamda Spasskiy, Boroviskiy va Dvorsoviy ko’chalari joylashgan. Kreml markazida cherkov maydoni, Granovitaya palatasi, tilla Sarisina palatasi, Teremniy saroyi, Rizpolojeniya cherkovi, Patriarshie palatasi, O’nikki apostol cherkovlari butun ansamblni tashkil etadi.
Rasm. Moskva kremlining Spasskaya minorasi, Kuranti va Vasiliy Blajenniy cherkovi.
Takrorlash uchun savollar:
Peterburgga asos solinishi haqida so’zlab bering.
Me’morchilikda yangi shakl masalalari qanday echim topgan ?
Portret janrining rivojlanishi haqida gapirib bering
XVIII asr oxirida klassitizmni qanday aks etgan?
Peterbirgdagi ot mingan Petr I haykalini izohlab bering.
F.I.Shubin ijodining xalq san’ati bilan aloqasi haqida so’zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |