Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet57/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

Qoliplarning oborotlanishi. Qoliplar ekspluatatsiyasining davomiyligi oborotlar soni bilan aniqlanadi. Metall qoliplarning mahsulotlarga issiqlik ishlovini bergandagi normal oborotlanishi 1000 oborotni tashkil etadi. Qoliplar oborotlanishining davomiyligi mahsulotlarni tayyorlash siklining uzunligiga mos keladi, umumiy ko‘rinishda u quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqilishi mumkin:

Tq. ob=T q. op.+Tk+Σtk.t.


bu ‘yyerda Tq.op.-qoliplash operatsiyalarining o‘rtacha davomiyligi; Tk - kamerada ishlov berishning davomiyligi; t k.t. - qolipni betonlashga tayyorlash vaqti.


Texnologik jarayon uchun qoliplar soni ishlab chiqarish turi va issiqlik agregatining turiga bog‘liq (siklli, to‘xtovsiz). Qoliplar temir-beton mahsulotlardagi umumiy tannarxining solishtirma qiymati 7-15%ni tashkil etadi.
1.19. Qoliplarning konstruksiyalari
Poddon va bortli metall qoliplar zavodlarda eng keng tarqalgan: ularda plitalar, balkalar, ustunlar va asosan agregat ishlab chiqarishdagi boshqa mahsulotlar tayyorlanib, bu qoliplarni ko‘chirish bilan bog‘liq, shuning uchun qoliplar bikir, nisbatan yyengil, ko‘chirilganida deformatsiyalanmaydigan bo‘lishi kerak. SHarnirli ochiladigan bortli qoliplar ko‘pkovakli nastillarni, tashqi devorlarning panellari va boshqa mahsulotlarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ochiladigan bortli soddalashtirilgan qoliplar (1.41-rasm), shuningdek eshik va deraza o‘rinlari uchun bo‘shliq yaratuvchi vositalar qo‘llaniladi.
Metall qoliplarning poddonlari (tagliklari) №14-18 shveller va 8-10mm qalinlikdagi list po‘latdan tayyorlanadi. Poddonlardagi kesishuvchan panjaralar konstruksiyalarning bikirligini sezilarli darajada oshiradi. Bort elementlari shvellerlardan, ugoloklardan yoki listli po‘lat va ugoloklar tarkiblaridantayyorlanadi. Poddonga bort odatda trubasimon yoki plastinkali sharnirlar yordamida biriktiriladi. Qolipni uzun va ko‘ndalang bortlario‘zaro turli sistemadagi quliflar bilan biriktiriladi.Tortiladigan qulflar bortlarning puxta mahkamlashuvini ta’minlaydi va ular vibratsiya ta’sirida ochilib ketmaydi. Klin(pona) tipli qulflar sodda va ekspluatatsiya qilganda ishonchli, ammo ishlash davomida ko‘p mehnat talab etadi va qoliplarni diformatsiyalanishiga olib keladi. Eng sodda turi bo‘lib kiyiladigan qulflar hisoblanadi.

rasm. Devorlari tashqariga ochiladigan qolip
1 – devorning tag asos bilan sharnirli bog‘lanishi; 2- tag asos(poddon); 3 – burchak qulfi

rasm. Uzunligi 12 metrli oldindan zo‘riqtirilgan kranosti balkasini (a) va rigel(b)ni tayyorlash uchun mo‘ljallangan kuchlangan qoliplar
1-mahsulot; 2-qolipning zo‘riqtiruvchi qismi; 3-echiladigan devor; 4-ochiladigan devor
Qoliplarning ko‘chirilishida ularni ko‘tarish uchun poddonlarga yopishtirilgan ko‘taruvchi ilgaklar uning oxiridan beshdan bir masofada joylashadi; qisqichlar tomonlardan chiqib ketishi va qolipning gabaritlarini kattalashtirmasligi kerak.
rasmda zo‘riqtirilgan balkalarni tayyorlash uchun qoliplarni kuchlangan turlari ko‘rsatilgan. Qoliplarning konstruksiyasi armatura kuchlanishini qabul qilish va uning qolipda mustahkamlanishiga mo‘ljallanadi.
Yig‘ma-ochiladigan qoliplar asosan balandligi kenglidan kattaroq bo‘lgan yupqa tavr kesimli kran osti balkalari, ikki skatli yopish balkalari va x.k. konstruksiyalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Echiladigan tavr kesimli metall qolip poddon, ikki yon va ikki chetki yopg‘ich (shit)lardan iborat bo‘ladi. Tagi shvellar bilan yopishtirilgan, yon yopg‘ichlar esa bikir qovurg‘alar bilan kuchaytirilgan bo‘ladi. SHveller va yon yopg‘ichlarda dumaloq teshiklar yasalgan, ular orasidan boltlar o‘tkazilib, po‘lat simlar bilan buraladi; shu orqali butun qolipning bikirligi ta’minlanadi.
Bikir beton qorishmalarning ishlatilishi qoliplangandan keyin zudlik bilan bort ta’minotini olish imkonini berishini inobatga olib, ochiladigan va suriladigan ta’minotlar ancha ratsional bo‘lib, ular amaliy cheklanmagan oborotlanishga ega bo‘ladi. Ochilmaydigan qoliplarning konstruksiyasi poddon bilan yaxlitlikni tashkil etadi (1.44-rasmda keltirilgan).
Borti ochilmaydigan qoliplar, qoliplardan chiqarish imkoniyatini beruvchi (tavrli balkalar, progonlar, shpallar va x.k.), yon yuzalari qiya bo‘lgan mahsulotlarni stendlarda ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bortli yig‘ma-ochiladigan qoliplar stendlarda murakkab konfiguratsiyadagi mahsulotlarni, shuningdek tekis va qovurg‘ali panellarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. YArim bortli va ochiladigan ramali qoliplar (1.45-rasm) PKJ plitalarini, ko‘pkovakli panellar va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda ishlatiladi.

rasm. Ikkinishabli balka uchun qolipning umumiy ko‘rinishi

Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish