Foydalanilgan adabiyotlar
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
8-modul: Qoliplash usullarini klassifikatsiyasi, qolip turlari. Qoliplarni tayyorlash.
Reja:
Qoliplarning turlari
Eng keng tarqalganlari metall qolipllar
Mahsulotlarning qoliplash jarayoni – ularni yig‘ma temir-beton zavodlarda tayyorlashning eng muhim bosqichi bo‘lib, u asosan mahsulotlarni tayyorlash usulini belgilab beradi. Mahsulotlarning qoliplash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: qolipni yig‘ish, qolip va bort uskunalarini tozalash va moylash, armatura karkasini qolipga joylashtirish va belgilash, oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda qoliptayanchlarga armaturani tortish, beton qorishmasini joylashtirish, taqsimlash va zichlash, shuningdek mahsulotning yuza qismiga ishlov berish va nihoyat, issiqlik ishlovidan keyin tayyor mahsulotni qolipdan chiqarish.
Qoliplangandan keyin tayyor bo‘lgan mahsulot bir jinsli tuzilishdagi beton bo‘lib, belgilangan geometrik shakl va o‘lchamlarga ega bo‘lishi armaturalar va o‘rnatish detallarini, loyihada ko‘rsatilgandek joylashishiga, shuningdek yaxshi sifatli yuz qismiga ega bo‘lishi kerak.
Qoliplash sifati, demakki – tayyor mahsulot sifati: qoliplar o‘lchamining aniqligi, ularning ishchi yuza qismlari va moylash vositasining sifati, shuningdek beton qorishmasining reologik xususiyatlarini qabul qilingan qoliplash jihozlari va uning ishlash rejimiga to‘liq mosligi bilan belgilanadi
Qoliplarning asosiy vazifasi– belgilangan shakl va o‘lchamdagi, to‘g‘ri qirrali va silliq ishchi yuz qismiga ega bo‘lgan mahsulot olishni ta’minlash. Qolip konstruksiyasi zaruriy bikirlikka ega bo‘lishi kerak. Qoliplar sodda hamda yig‘ilganda va ochilganda qulay bo‘lishi, ularning elementlari esa – bir-biriga zich yopishib turishi kerak. Qoliplarni o‘lchamlardan chetlanish UzRST tomonidan belgilanadi, bunda ular faqat minusli qilib belgilanadi, chunki ekspluatatsiya jarayonida qoliplarning qisgichlari susayadi, yig‘ilgan qolipning zichligi buziladi va mahsulotlarning o‘lchami ancha ortadi. CHiziqli o‘lchamlardan (uzunlik, kenglik, chuqurlik) chetlanishdan tashqari umumiy va mahalliy egrilikka, yig‘ishda qolip elementlari yopishishining zichligi, qirralar o‘rtasidagi burchaklarga, shuningdek ishchi yuz qismiga nisbatan chetlanishlar belgilanadi. Qoliplarning quyidagi belgilariga qarab bir nechta turga ajratish mumkin.
Ish sharoitidan kelib chiqib qoliplar mahsulotlarni tayyorlash jarayonida ko‘chma (kran yoki vagonetkalar yordamida) va qoliplash stendlarida yig‘iladigan statsionar turlarga, shuningdek zo‘riqtirilgan qolip turi, bunda armatura tortishdagi zo‘riqishni qolip tayanchlari qabul qilinadigan (kuchlangan qoliplar) va zo‘riqtirilmagan turilariga ajratiladi. Qoliplar shuningdek individual - bir mahsulot, va guruhli – bir nechta mashulotlar uchun mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Ayniqsa stend qoliplari ko‘p hollarda mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berish uchun ham qo‘llaniladi. Ayrim xollarda qolipni almashtiriladigan va ko‘chadigan detali uning tag qismi xisoblanadi, bortli elementlari esa qoliplash mashinasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Mahsulotlarni tayyorlash vaqtidagi holatiga qarab gorizontal va vertikal qoliplarga ajratiladi. Qoliplar tekis va profilli (matritsa shaklida) taglikda, material turi bo‘yicha esa – metall, temir-beton, yog‘och va kombinatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Konstruktiv imkoniyatlari bo‘yicha qoliplar ochiluvchan, ochilmaydigan ya’ni sharnirli ochiladigan bortli yoki devorli, shuningdek qisman ochiladigan bo‘lishi mumkin.
Texnologik qoliplash uskunalariga avtomatlashtirilgan qoliplash postlarini zudlik bilan ochiladigan mexanizatsiyalashtirilgan bort uskunalari tegishli hisoblanadi; qolipni shakllantiruvchi jihozlar va vositalar (siqiluvchan panjaralar, bo‘shlik yaratuvchi vkladishlar, profillashtiruvchi moslamalar, ajratuvchi devorlar, o‘rnatish detelarini belgilovchi moslamalar) mansub hisoblanadi.
Eng keng tarqalganlari metall qolipllar; yog‘och va temir-betonli qoliplar kam qo‘llaniladi. Qoliplar konstruksiyalari va materiallarini to‘g‘ri tanlash temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Qoliplarni ekspluatatsiya qilishning davomiyligi mahsulotlarni qoliplashtirish davomidagi chidam oborotlari miqdori bilan belgilanadi. Metall qoliplar oborotlarining eng ko‘p miqdori-issiqlik bilan ishlov berishni hisobga olinganda 1000taga qadar.
Qoliplar xizmat qilishini loyihaviy ta’minlashga ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish bilan erishish mumkin – o‘z vaqtida va puxta tozalash, moylash, bo‘yash, shuningdek mahsulotlarni qulaylik bilan qolipdan chiqarish orqali.
Buning uchun qolipning yon yuziga ochiladigan tomonga nisbatan 1:10 va 1:20 qiyalik (uklon) beriladi, boshqa hollarda ochiladigan bortlar va devorlar qo‘llaniladi.
Yig‘ma temir-beton zavodlarida qoliplarning metalliyligi juda yuqori. Ular odadta metalliylikning va butun texnologik jihozlarning kamida 50%ni tashkil etadi. SHu munosabat bilan ishlab chiqarishning samaradorligida qolipliylikka katta e’tibor qaratiladi. Zavodlarning solishtirma qolipliyligi (qoliplarga talab) 1m kub loyihaviy quvvatga 14kg ni tashkil etadi.
Qolipliylik keng turdagi mahsulotlarni tayyorlash uchun moslashtirilgan qoliplarni qo‘llashda kamayadi. Qolipning inventar poddoni mahsulotlarning eng katta gabaritlari bo‘yicha qo‘llaniladi; mahsulotning turi o‘zgarganda butun qolip emas, balki uning bort ta’minoti o‘zgaradi, uning metalliyligi 0,8 t/m kubni tashkil etadi. Demak, tayyorlanadigan mahsulotning turli xilligi qolip o‘lchamlarining maksimal o‘lchovlarda o‘zgarishi bilan kuzatilishi mumkin.
Qoliplarning universalligiga intilish ularni oqim sur’atinibuzmasdan sistematik qayta sozlashga olib keladi. Bu holda ishda qoliplarning zaruriy minimal miqdori bo‘ladi, boshqa qoliplar esa qayta jihozlanadi va ehtiyojga qarab ishlab chiqarishga kiritiladi.
Qoliplarning ishlab chiqarishdagi bandligi amaliy qo‘llanishning makimal imkoniya nisbatiga teng bo‘lgan qolipni qo‘llash koeffitsienti bilan aniqlanadi.
Dasturda belgilangan mahsulotlar komplektini chiqarish uchun qoliplarning kerakli miqdori quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin
Nфкомплх Q/Qmax = Q/TCQ cм
bu ‘yyerda Q–dasturda belgilangan mahsulotlar komplektini chiqarish uchun qoliplarning oborotlari miqdori; Qmax-mahsulotlar komplektini chiqarish davomida qoliplarning mumkin bo‘lgan maksimal oborotlar miqdori; T-mahsulotlar komplektini chiqarishning davomiyligi, sutkada; S-smenalarning sutkadagi soni; Qsm -qolipni smenada oborotlar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |