O‘quv materiallari (mavzu bo‘yicha reja, tayanch so‘z iboralar, asosiy matn, illyustrativ materiallar, amaliy mashg‘ulotlar, matn, topshiriqlar, variantlar, laboratoriya ishlari mavzulari va matni, kurs loyixasi)
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
|
|
3
|
Glossariy
|
|
4
|
Ilovalar
|
|
| |
|
| |
|
| |
|
| |
|
| |
|
| |
|
| |
|
O‘QUV MATERIALLARI
KIRISh
Ma’lumki, mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash jarayonlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim” to’g’risidagi qonunlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ta’lim, xususan oliy ta’lim tizimida sifat jixatidan chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu qonunlarda belgilangan qarorlarni bajarish uchun “Oliy o’quv yurtlari” zimmasiga zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdek ulkan vazifalar qo’yilgan. Bu esa o’z navbatida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy poydevori hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da keyingi besh yilda barcha sohalarda olib boriladigan islohot- larning aniq yo’nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish tuman va shaharlarni kompleks va mutonasib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, aholini arzon uy-joy, elektr energiya, gaz, yo’l-transport, muxandislik-kommunika- tsiyalar bilan ta’minlashni yaxshilash shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’ri- sida”gi PQ-2909 son qarorida “Oliy o’quv yurtlari” ta’lim sifatini yanada oshirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarishing tez sur’atlar bilan rivojlanishi mala- kali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish- ni, xozirgi kundagi fan texnika taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ta’limni bevosita ishlab chiqarish bilan birgalikda olib borishni taqozo etadi.
Bugun shahar va qishloqlarimizning turmush darajasini tubdan yuksaltirish maqsadida, mintaqamizning iqlim va demografik holatini hisobga olgan xolda, turar-joy binolari- ning namunaviy loyihalari tayyorlanib, shu loyihalar asosida zamonaviy uylar, maishiy xizmat ko’rsatish majmualari va x. k. barpo etilmoqda. Tabiyki, bunday ulkan bunyodkorlik ishlari uchun zamonaviy beton va temirbeton buyumlari zarur bo’ladi. Ayni paytda joylarda ana shunday maqsadlar uchun xizmat qiluvchi ko’plab korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu esa qurilish materiallari va konstruktsiyalariga bo’lgan ehtiyojni ta’minlash uchun sharoit yaratmoqda.
Beton va temirbeton texnologiyasining rivojlanishi, ular- ni ishlab chiqarish va qo’llanilishining oshishi, shu sohadagi ilm-fan va texnikada erishilgan yutuqlar, qurilishning quvvatli industrial bazasini barpo etish bilan uzviy bog’liq. Keyingi yillarda beton va temirbeton ishlarini bajarishning hamma bosqichlari ya’ni, beton qorishmasining tarkibini tan- lashdan tortib, yig’ma temirbeton konstruktsiyalar sifatini nazorat qilishgacha bo’lgan jarayonlar mukammallashtirilgan.
Xozirgi paytda qurilish materiallari va buyumlari umumiy hajmining qariyib 70-80 % ni beton va temirbetonlar asosida tayyorlangan buyum hamda konstruktsiyalar tashkil etadi. Beton o’zining fizik-mexanik xossalari, mustahkamligi, ularni ishlab chiqarishdagi texnik-iqtisodiy samaradorligi va xom ashyo zaxiralarining etarli darajada ekanligi bilan bugungi kunda va kelajakda kapital qurilishda eng yuqori potentsialga ega bo’lgan material bo’lib qolaveradi.
Shu nuqtai-nazardan beton texnologiyasini takomillashtirish, uning xosalarini yaxshilash, yuqori samarador beton va temirbeton olish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularni betonshunoslik, beton va
temirbeton buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari bilan chuqur tanishtirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, yig’ma temirbetonni qo’llash natijasida an’ana- viy materiallar ya’ni, metall, yog’och va boshqa materiallar sarfi keskin kamayadi, bino va inshootlarni barpo etish vaqti va mehnat xarajatlari qisqaradi va x.k. Shu sababli keyingi yillarda mamlakatimizning kapital qurilish sohasiga alohida e’tibor berish bilan birgalikda, uni rivojlantirish uchun har yili katta mablag’lar ajratilmoqda. Bunda asosiy e’tibor beton va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarishda turg’un va ekologik toza xom ashyolardan keng foydalanishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish xamda ularning sifatini yaxshilash va chidamliligini ta’minlashga qaratilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019 yil 23 maydagi PQ-4335 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizda raqobat- bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo’yicha barqaror o’sish suratlarini ta’minlash, shuningdek, korxona- larni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o’zgar- tirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O’UM terminlarning ishlatilishiga alohida e’tibor berildi. Bunda o’zbek tilida avval nashr etilgan turdosh adabiyotlarda, jumladan, qurilish konstruktsiyalari, temirbeton va tosh g’isht konstruktsiyalari, beton va temirbeton texnologiyasi va qurilish materiallari bo’yicha A.B.Ashrabov, B.A. Asqarov, X.A.Akramov, E.U.Qosimov, N.A.Samig’ov, A. A.To’laganov, U.A.Gaziev, X.X.Komilov, Z.M.Sattorov, A.I.Xamidov, M.T.Turopov, V. F.Usmonov, A.A.Sultonov, X.N.Nuriddinov va boshqalar tomonidan ishlatilgan terminlardan unumli foydalanildi.
III. Asosiy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
(6-semestr)
1-modul. Beton va temir-beton buyumlarining
rivojlanish tendentsiyalari
1-mavzu.“Beton va temir-beton texnologiyasi” fani mazmuni
Reja:
Fanining mazmuni.
Beton va temir-beton buyumlarining rivojlanish tendensiyalari.
Fanning predmeti va ob’ekti.
Fanning metodi va uning elementlari. Fanning maqsad va vazifalari
Kursning maqsadi – ta’lim oluvchilarning qurilish materiallari-ni ishlab chiqarishga doir biznes sohasida takliflarni tayyorlash, loyihaviy ishlarni o‘tqazish, asosiy qurilish materiallari texnolo-giyasi sohasidagi bilimlarini tizimlashtirish (jamlash), mustahkam-lash va kengaytirish shuningdek, ularni qurilish materiallari va konstruksiyalarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishga tadbiq etish bo‘yicha iqtisodiy va muxandislik vaziflarini mustaqil ravishda xal etishga o‘rgatishdan iborat.
Beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlan-tirish uchun qurilish ishlarini samaradorligi va sifati bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Bularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun, asosan material va konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlan-tirish, sermetall, qurilish qiymati va sermehnatliligini, bino va inshootlarni og‘irligini pasaytirishni ta’minlovchi hamda ularni qurilish va ekspluatatsiya qilishdagi jami energetik mablag‘lar sarfi-ni kamaytirishga erishish kerak.
Bunday vazifalarni hal etishda asosiy qurilish materiali hisoblangan beton va temir-betonga katta ahamiyat beriladi.
Beton texnologiyasi va temir-betonni rivojlanishi, uni ishlab chiqarish va ishlatilishini o‘sishi, bu sohadagi ilm-fan va texnikada erishilgan yutuklar va qurilishni quvvatli industrial bazasini barpo etilishi bilan uzluksiz bog‘liq.
Kapital kurilishda material resurslarining umumiy narxini 25% ga yaqini beton va temir-beton konstruksiyalariga to‘g‘ri kela-di. Bu boshqa qurilish konstruksiyalarining narxi va hajmidan ancha yuqoridir. Beton va temir-beton o‘zining fizik-mexanik xususiyatlari, chidamliligi va ishlab chiqarishda texnik-iqtisodiy samaradorligi hamda xom ashyo resurslarining etarli darajada ekan-ligi, beton hozir va kelajakda kapital qurilishda eng yuqori po-tensialga ega bo‘lgan qurilish materiali bo‘lib qoladi.
"Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi" kursining asosiy maqsadi va vazifalari konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonni tashkil qilish, qoliplash usullari-ni takomillashtirish, beton qorishmasini to‘g‘ri aralashtirish usul-larini, beton qorishmasini quyishni, zichlash, beton qotishini tezlashtirishni, turli ko‘rinishdagi beton tarkibini loyixalash-ni, ashyolar xossa va xususiyatlarini, betonning sifatini nazorat qilishni tashkil etishni, nazorat usullarini, matematik usullarni ishlatabilishni, beton sifatini va texnologiyasini oshirish usullarini o‘rganish, foydalanish, kelajakda beton ish-lari texnologiyasini rivojlantirishni o‘rgatishdir.
Yig‘ma temir-beton sanoati eski korxonalarni qayta ta’mirlash va yangi zamonoviy samarador korxonalarni loyihalash, korxona-larda yuqori sifatli ko‘p miqdorda mahsulotlarni ritmik tayyor-lashni tashkil qilish bo‘yicha korxona bo‘limlarida muvaffaqiyatli rahbarlikni amalga oshiradigan mutaxassis kadrlarga muhtoj.
Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixihaqida qisqacha ma’lumot. Beton — eng qadimiy qurilish material-laridan biri hisoblanadi. Eramizdan 3600 yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Ulug‘ Xitoy devorining bir qismi (eramiz-dan 3 asr ilgari), Hindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish va inshootlarda beton ishlatilgan. Ammo beton va temir-beton konstruksiyalar qurilishda keng ishlatilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu esa beton va temir-beton uchun asosiy ashyo bo‘lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni yulga qo‘yilaboshlagan davrga to‘g‘ri keladi. 30 yillarda betonni titratish orqali zichlashtirish usuli yaratilgan-dan so‘ng betonlarni mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, chidamliligini oshirish va bikir hamda kam hara-katlanuvchi beton qorishmalarini zich joylashishini ta’minlash amalga oshdi.
XIX asrning 80 yillarida prof. A.R. SHulyachenko gidravlik bog‘lovchi moddalar va sementni olish va ularni qotish nazariya-sini ishlab chiqdi va shuning asosida chidamli beton konstruk-siyalar olishni isbot qildi. Prof. N.A. Belelyubskiy 1891 yili temir-beton konstruksiyalar bilan keng miqyosda tajribalar o‘tkazib, shu konstruksiyalarni qurilishga tatbiq etgan. Prof. I.G.Malyuga 1895 yili yozgan ilmiy asarida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan beton tarkibini tanlash va olishni hamda beton mustahkamligini asosiy qonuniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi. 1912 yili N.A. Jitkevich-ning "Beton va beton ishlari" nomli kapital asari chop etildi.
XX asr boshlarida turli ellarda ham beton texnologiyasiga tegishli ko‘p ishlar yaratildi, ulardan muhimlari quyidagilardir: R.Fere (Fransiya), O.Graf (Germaniya), I. Bolomey (SHveysariya), D. Abrams (AQSH).
Yig‘ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, ma-shinasozlik sanoatlarini rivojlanishi sabab bo‘ldi, hamda uning texnologiyasini rivojlanishi sement va betonlar haqidagi fanga mustahkam ilmiy asoslangan.
Beton texnologiyasi va yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo‘llanmalar quyida-gilar bo‘lishi kerak: yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sar-fini va metall sarfini kamaytirish; bog‘lovchi moddalarning samarali turlari, armatura po‘latlari, yuqori sifatli to‘ldiruv-chilar va kompleks ximik qo‘shimchalarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlabchiqarish, konstruksiyalarni og‘irligini kamaytirish va o‘lchamlarini kattalashtirish; beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshi -lash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng qo‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni, robotlarni, manipulyatorlarni ishlatish; betonlarning xossalarini aniqlashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.
Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning ma’lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi.
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi moddalardan tayyorlangan betondan keng ko‘lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv bilan qorishtiriladi. Betonning faol tashkil etuvchilari sement va suvdir, ularning reaksiyaga kirishishi natijasida to‘ldiruvchi zarralarini biriktiradigan yaxlit quyma sement toshi hosil bo‘ladi. Sement va suv betonning faol tarkibiy moddalari hisoblanadi: ular orasidagi reaksiyalar natijasida to‘ldiruvchi zarralarini yaxlit monolitga bog‘lovchi sement toshi paydo bo‘ladi.
Sement va to‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). SHuning uchun to‘ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo etiladi.
To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to‘ldiruvchi va suv betonning 85-90% ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yyengil beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga kimyoviy qo‘shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa chidamliligini ko‘tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo‘nalishda o‘zgartiriladi.
Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan mustahkamlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalarni berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |