Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi moddalar
Betonning faol tashkil etuvchilari
beton qorishmasining qotishi
mustahkamlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik
Foydalanilgan adabiyotlar
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
2-modul: Beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatining moxiyati. O‘zbekiston Respublikasida beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish o‘rni. Fanningmaqsad va vazifalari.
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida beton va temir-beton buyumlariniishlab chiqarish o‘rni.
2.Fanningmaqsad va vazifalari.
Mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidagi O‘zbekiston xalq xo‘jaligining ahvoli ham salbiy, ham ijobiy sabab va omillar bilan belgilanadi.
Salbiy sabab va omillar qatoriga qarorlarni qabul qilishda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilgan, sifat va samaradorlik evaziga xarajatlar yondoshuvi bo‘lgan, erkin narxlar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bilan bevosita aloqalar mavjud bo‘lmagan, o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan jiddiy tuzilmaviy tarqoqliklarni keltirish mumkin. Sobiq SSSRda O‘zbekistonga xomashyo manbai roli ajratilib, bir tomondan, u jahon bozorlariga arzon va raqobatbardosh mineral va qishloq xo‘jaligi xomashyosini etkazib bersa, ikkinchi tomondan, O‘zbekiston boshqa respublikalarda, asosan, Rossiya, Ukraina va Belorussiyada ishlab chiqariladigan, jahon bozorida nisbatan qimmat va noraqaobatbardosh bo‘lgan tayyor mahsulotlar va murakkab texnologik jihozlar uchun yirik bozor bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston, boshqa respublikalardek, qiyinchiliklarni boshidan kechirar edi. Bular:
Ishlab chiqarishning samarasizligi;
Markazlashtirilgan rejalashtirish, respublikalararo savdo va to‘lov mexanizmlarining izdan chiqishi;
YUqori darajada bozorning monopoliyalashtirilishi;
Ishlab chiqarishning kamayishi;
Sun’iy tarzda ushlab turilgan inflyasiya;
Ittifoq hukumati tomonidan ma’lum miqdordagi byudjet ajratmalarining to‘xtatilishi.
Bundan tashqari, respublika oldida o‘ziga xos ikkita muammo ko‘ndalang bo‘lib turardi. Birinchidan, etishtiriladigan asosiy ikkita mahsulot turi-paxta va oltinga nisbatan jahon narxlarining tushib ketishi, ikkinchidan, asosan Rossiyada belgilab olingan shartlarda iqtisodiyotni boshqarish majburiyati edi. SHunday murakkab vaziyatda O‘zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga qaror qilindi.
1992-1993 yillarda hukumat qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi, xususan, narxlarni qisman erkinlashtirish tadbiq etildi, valyuta bozori shakllantirildi, yangi soliqlar kiritilib, 1994 yil yanvarigacha aksariyat import tariflari bekor qilindi. SHuningdek, non va undan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini belgilash bekor qilinib, sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilg‘i mahsulotlariga narxlar ancha oshirildi. Kichik do‘konlar va uy-joy fondi xususiylashtirildi, bank, mulkchilik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha yangi qonun hujjatlari qabul qilindi.
1992 y.da iqtisodiy ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarish va investitsiyalar miqdori nuqtai nazaridan) boshqa sobiq Ittifoq respublikalariga nisbatan ma’lum darajada yaxshiroq bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiy faollikning anchagina kamayishidan dalolat berardi. 1992 y.da real YAIM 1991 y.dagi 0,5%ga nisbatan qariyb 10%ga pasayib ketdi. Iste’mol va kapital qo‘yilamalar darajasiga ham putur etkazildi. Real kapital qo‘yilmalari 1992 y.da taxm. 12%ga kamayib ketdi. To‘lov balansining holati 10%ga yomonlashdi. Ishlab chiqarishning pasayishga qaramasdan, ish bilan bandlik ish haqini kamaytirish evaziga oldingi darajada ushlab turildi. O‘rtacha real ish haqi, oddiy usuldagi o‘lchov bilan 54%ga pasaydi. Biroq, bu ko‘rsatkich real pasayishga nisbatan baland qilib ko‘rsatilgan, chunki u 1992 y. yanvarida narxlarning erkinlashtirilishigacha mavjud bo‘lgan “majburiy tejashlar”ni hisobga olmaydi (bu esa ortiqcha pullar miqdorini yuzaga keltiradi).
1992 y. O‘zbekistonning byudjet defitsiti YAIMning 11%ni, joriy balans defitsiti esa YAIMning 17%ni tashkil etdi, bu esa qator sobiq SSSR respublikalari bilan hisob-kitobdagi qarzdorliklar hisobiga, tashqi va ichki zaymlar va valyuta zahiralarining muayyan bir qismidan foydalanish orqali moliyalashtirildi. 1992 y.ning dastlabki uch mavsumida hukumat xuddi Rossiya va rubl zonasining boshqa hududlaridagidagi miqdordagidek narxlar va subsidiyalarni belgilash hisobiga narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi, biroq to‘rtinchi mavsumda yoqilg‘i mahsulotlariga nisbatan ichki narxlarning keskin oshishi narxlar umumiy indeksining anchagina oshishiga olib keldi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti MDH mamlakatlarining iqtisodiy va pul ittifoqining inqirozi kechayotgan mana shunday murakkab vaziyatda amal qilardi. Tovar almashinuvlari yo‘lidagi son-sanoqsiz to‘siqlar ta’sirida xorijiy va iste’mol mollariga bo‘lgan defitsit davom etayotgandi. Rossiya Markaziy Bankining siyosati va aksariyat MDH davlatlarida milliy valyutaning kiritilishi natijasida, O‘zbekiston rubl zonasini tark etishga majbur bo‘ldi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasida O‘zbekistonda tarmoqlararo va tarmoq kooperatsiyasi (hamkorligi)ning Respublika ichidagi tizimi shakllanmagan bo‘lib, ko‘plab ishlab chiqarish - kimyo va metallurgiya, mashinasozlik, agrosanoat kompleksi, yyengil va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari sohalari o‘rtasida mehnat taqsimoti mavjud emasdi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning salmog‘i juda past edi, jahon bozorida raqobatbardosh hisoblangan mahsulotlarning yuqori texnologik ishlab chiqarishi qariyb yo‘q edi.
YUzaga kelgan texnologik va tarmoq tarqoqliklari o‘z-o‘zidan ko‘plab qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalarining surunkali zarar bilan ishlashi, respublika byudjeti defitsiti va ittifoq byudjeti tomonidan tizimli dotatsiyalanishi, respublikalararo tovar aylanmasida salbiy saldoning kelib chiqishida namoyon bo‘la boshladi. SHuning uchun ham mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin O‘zbekistonda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish muayyan sanoat siyosatini yuritish orqali iqtisodiyotni tuzilmaviy jihatdan keskin qayta qurish zarurati bilan bog‘liq bo‘lib qoldi.
Baxtimizga, iqtisodiyotni tuzilmaviy jihatdan qayta qurish uchun respublikada ijobiy omillar mavjud: 4,5 mln.ga maydondagi sug‘oriladigan erlarda ko‘plab turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishga imkon beruvchi anchagina miqdorda er-suv va agroklimatik resurslari, shuningdek issiqlik va issiqlik quvvatini tejash va rekreatsiya (qayta yaratish) ob’ektlarini rivojlantirish; ko‘plab mineral va yoqilg‘i-energetika resusrlarining sanoat zahiralari (respublika salohiyati 3,3 trln.AQSH doll. miqdorida, shundan aniqlangan zahiralar-1 trln.doll.dan ortiq miqdorda baholangan); boy tarixiy-madaniy meros, turizm taraqqiyoti uchun manba bo‘lib xizmat qiladigan jahon uzra mashhur musulmon tarixi va arxitekturasi; nisbatan arzon va yuqori malakali ishchi kuchi (taxm.9 mln. kishi); ma’lum darajadagi ilmiy salohiyat; nisbatan rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |