Sul’fatga chidamli shlakoportlandtsement (SSHPTS) – klinker tarkibidagi C3A<8% miqdori chegaralab olinadi va 300, 400 markalar bilan ishlab chiqariladi. Sul’fatga chidamli sementlar suv satxi o‘zgaruvchan sharoitda ishlatiladigan beton va temir-beton konstruktsiyalar, shuningdek, ko‘pincha bir vaqtda ko‘p marta muzlash va erish yoki ko‘p marta namlanishi va qurishi mumkin bo‘lgan sul’fatli suvlar agressiv ta’siriga uchraydigan inshootlar uchun mo‘ljallangan.
Putstsolan portlandtsement (PPTS) ham sul’fatga chidamli sement guruhiga kiradi. Bu sementni C3A<8%, miqdordagi portlandtsement klinkerini aktiv mineral qo‘shimcha bilan birga yanchish usuli bilan olinadi. Aktiv mineral qo‘shimchaoddiy qo‘shimchali portlantsementga nisbatan ko‘p miqdorda qo‘shiladi. Qo‘shimcha miqdori uning turiga bog‘liq va trepel, opok, diatomit uchun 20-30% tashkil etadi, qolgan boshqa aktiv minerallar, ayniqsa kremnezem qo‘shimchalar (masalan, tuf, trass, pemza va boshqa) uchun- 25-40% dan iborat. Trepel, opok, diatomitlar boshqa qo‘shimchalarga nisbatan sementga oz miqdorda qo‘shiladi, chunki ular yuqori gidravlik aktivlikka ega bo‘lishi bilan birga bir vaqtning o‘zida suvga talabi yuqoridir. SHuning uchun sementga ortiqcha bunday qo‘shimchalarning aralashtirilishi uning normal quyuqligini keskin darajada oshiradi, bu esa maqsadga muvofiq emas.
Putstsolan portlantsement oddiy sementga nisbatan ochroq rangda. Haqiqiy zichligi (2, 8-2, 9 ga yaqin) va zichligi ham oddiy sementdan kamroq. Oddiy sementga qaraganda bir xil miqdorda olingan putstsolan portlandtsementda qorishmani chiqishi hamda qorishma va beton zichligi yuqori bo‘ladi, shuning uchun qorishma va betonlar anchagina suv o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Normal quyuqlikdagi hamirni olish uchun putstsolan portlandtsementga ko‘proq suv qo‘shish kerak (30-40% gacha), bunda anchagina yopishqoq qorishma hosil bo‘ladi. Buning natijasida beton qorishmasining harakatchanligi pasayadi. Bu holatni oldini olish uchun betondagi sement sarfini (5-10% ga) oshirishga to‘g‘ri keladi yoki plastiklashtiruvchi qo‘shilma kiritiladi.
Putstsolan portlandtsement gidravlik qo‘shimcha aralashtirilmagan sementga nisbatan suv bilan aralashtirilgandan so‘ng birinchi kunda va haftada sekinroq qotadi. Suvda 6 oy qotgandan keyin bu sement (shu klinkerning o‘zidan), qo‘shimchasiz sementning pishiqligiga ega bo‘ladi. Putsolan sement oddiy sementga nisbatan qotish jarayonida kam issiqlik chiqaradi. Bu esa yaxlit inshootlarni betonlashda qulaylik beradi, lekin qishki mavsumdagi beton ishlari og‘irlashadi, chunki sun’iy usul bilan beton isitilishi talab qilinadi. Putstsolan portlandtsementni qotishida erkin kal’tsiy gidrookisidi aktiv kremnezem qo‘shimcha bilan qo‘shiladi va suvda deyarli erimaydigan kal’tsiy gidrosilikatni hosil qiladi, dengiz va boshqa mineral suvlarda parchalanmaydi. YUqori darajada fizik-kimyoviy ta’sirga chidamli va nam sharoitda qotadigan betonda, masalan gidrotexnik inshootlarning ichki, er osti, suvosti qismlarini qurishda, dengiz va chuchuk suvda (tulqinqaytarich, qirg‘oq, dok, to‘g‘on, shlyuzlar va boshqalar), kanalizatsiya va vodoprovod inshootlarida, tunnel va boshqa erosti qurilish inshootlarida, shaxta yo‘laklarida putsolan portlandtsementni qo‘llash samaralidir.
Bunday sementni erusti temir-beton inshootlarida qo‘llash noqulayliklar keltirib chiqadi, ya’ni tez qurishi sementning qotishini to‘xtatib qo‘yadi va kuchli kirishishni keltiradi. Bu sementni o‘zgaruvchan, ya’ni nam tortishi va qurishi, muzlashi va erishi mumkin bo‘lgan keskin sharoitda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tayyorlovchi zavod mahsulotni olingan vaqtdan boshlab sementni standart talablariga mosligiga va ortilgandan keyin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafolat beradi. Mahsulot pasportida sement turi, markasi va tayyorlovchi zavod nomidan tashqari, sement hamirining normal quyuqligi va 2+3+6+4 s rejimda bug‘latilganda sementning o‘rtacha aktivligi 85+5 C0haroratda izotermik qizitish va tayyorlagandan bir kecha-kunduzdan keyin sinalganligi ko‘rsatiladi. UzRST talablariga javob beradigan sementlarni mustahkamlik xossalari yuqori turg‘unlikka ega bo‘lishi, aktivlikni variatsiya koeffitsientini miqdori sement markasiga qarab 3-5% dan oshmasligi kerak. Bu sementlarda “YOlg‘on tishlashish”ga yo‘l qo‘yilmaydi, ortilayotgan vaqtda sement darajasi 95oSdan oshmasligi kerak. SPTS va KSPTS larda ishqorlar miqdori 1% dan bo‘lishi kerak.
S
Do'stlaringiz bilan baham: |