Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet17/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

Beton uchun qo’shimchalar



Beton va beton qorishmasi xossalarini yaxshilash va tsement sarfini tejash uchun beton qorishmasi tarkibiga turli hil qo’shimchalar qo’shiladi (GOST 24211-2003). Qo’shimchalar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga kimyoviy moddalar kiradi va ular uncha ko’p bo’lmagan miqdorda (tsement massasiga nisbatan 0,1-2 % miqdorda) qo’shiladi. Ikkinchi guruhga mayda tuyilgan mineral moddalar kiradi va ular tsement massasiga nisbatan o’rtacha 5-20 % miqdorda qo’shiladi.
Kimyoviy qo’shimchalar hozirgi paytda eng faol va ko’p qo’lla- niladigan moddalar bo’lib, ular beton xossalari va texnologiya- sini boshqarishda qulay va samarali hisoblanadi. Kimyoviy qo’shimchalar o’z ta’sirining samarasiga qarab quyidagicha tav- siflanadi:
beton qorishmasining plastikligi va yoyiluvchanligini oshiruvchi, qorishma qatlamlanishining oldini oluvchi, suvni saqlab turuvchi va suv ajralishini kamaytiruvchi qo’shimchalar;
beton qorishmasi qotishining boshlanishini tezlatuvchi yoki sekinlatuvchi, shuningdek betonning mustahkamligini oshiruv- chi, salbiy haroratda qotishni ta’minlovchi (sovuqqa qarshi va sh. k.) qo’shimchalar;
beton qorishmasi xamda betonning zichligi va g’ovakligini tartibga soluvchi, ya’ni havo yutuvchi, gaz va ko’pik hosil qiluvchi qo’shimchalar;
beton deformatsiyasini tartibga soluvchi, shuningdek beton hajmini kengaytiruvchi qo’shimchalar;
po’latga nisbatan betonning himoyalash xususiyatini oshiruv- chi, po’lat zanglashining ingibatorlari ;
betonga maxsus xossalar beruvchi, ya’ni suv yuqtirmaydigan qiluvchi, betonning namlanishini kamaytiruvchi, emirilishdan saqlovchi, rang beruvchi, salbiy muhit va mog’orlashga chidamlili- gini oshiruvchi, elektr tokidan himoyalovchi yoki elektr o’tkazuv- chanligini oshiruvchi va radiatsiya nurlariga chidamliligini ta’minlovchi qo’shimchalar.
Qorishma plastikligini oshiradigan qo’shimchalar ta’sir ko’rsatish samarasi bo’yicha quyidagi toifalarga bo’linadi (2.4- jadval).

Тоифа-

Гуруҳи ва ҳили

Таъсир кўрсатиш самараси

лари




конус чўкмасини

ҳаракатчан







ўзгартириши, см

қоришма-нинг сув










талабчанли- гини










камайтиради, %

I

Суперпластикловчи

2-3 дан 20 гача

20 гача

II

Кучли пластикловчи

2-3 дан 14-20 гача

10 гача

III

Ўртача пластикловчи

2-3 дан 8-14 гача

5 гача

IV

Кучсиз пластикловчи

2-3 дан 6-8 гача

5 дан кам



2.4-jadval Plastiklikni oshiruvchi qo’shimchalarning sinflanishi

Beton qorishma plastikligini oshiruvchi moddalar kimyoviy qo’shimchalar ichida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Plas- tiklikni oshiruvchi qo’shimchalar sifatida ikkilamchi mahsulot- lar va kimyo sanoati chiqindilaridan olinadigan sirt-faol moddalar (SFM) ishlatiladi. Ular ikki guruhga bo’linadi:

  1. guruh-gidrofil turidagi plastiklovchi qo’shimchalar (ular tsement hamirining kolloid tuzilishini dispergirlaydigan va shu bilan birga uning yoyiluvchanligini yaxshilaydigan xususiyat- ga ega);

  2. guruh-suv yuqtirmaydigan xususiyat beruvchi qo’shimchalar (ular beton qorishma orasiga mayda havo pufakchalarini jalb qiladigan xususiyatga ega).

Birinchi guruh qo’shimchalarga sulfat drojjali brojka (SDB) kiradi. Bu qo’shimcha asosan lignosulfon kislotasining kaltsiyli tuzidan iboratdir. Qo’shimcha suyuuq holatda bo’lib, tsellyulozani qayta ishlaganda hosil bo’ladigan sulfatli ishqordan olinadi.
Ikkinchi guruh qo’shimchalarga: natriy abieti (abietin kis- lotasining natriy tuzi)-kukun yoki kanifolni o’yuvchi natriy bilan parchalab va neytrallab olinadigan suyuqlik; milonaft- surtma ko’rinishidagi sarg’ish-jigarrang rangdagi modda (natriy tuzining organik kislotasi); asidol-neft kislotalari, neft- ni qayta ishlaganda olinadigan chiqindilar kiradi.
Sirt-faol moddalar beton qorishmasining yoyiluvchanligi- ni, uning bir xilligini, qatlamlarga ajralmasligini, so’ril- ganda oquvchanligini, vaqt o’tishi davomida qorishmaning qulay joylanuvchanligini ta’minlaydi. Plastiklikni oshiruvchi qo’shimchalar suv sarfini kamaytirishi hisobiga tsement sarfi 8- 12 % gacha tejaladi, yoki tsement sarfi o’zgarmagan holda SG’Ts nisbatini sezilarli kamaytiradi. Bunda betonning mustahkam- ligi, suv o’tkazmovchanligi va sovuqbardoshligi sezilarli dara- jada ortadi.
Oddiy betonlarda plastiklikni oshiruvchi qo’shimcha sifa- tida SDB dan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu qo’shimcha beton- ning boshlang’ich davrida qotishini sekinlatadi, shuning uchun yig’ma temirbeton ishlab chiqarishda SDB ni tsementning qoti- shini tezlatuvchi qo’shimchalar bilan birgalikda qo’llash tavsiya etiladi.
Plastiklikni oshiruvchi suv yuqtirmaydigan qo’shimchalarga kremniy-organik suyuqliklar, ya’ni natriy metilsilikonat (GKJ-11), natriy etilsilikonat (GJK-10) va etilgidrosilok- sanli suyuqlik (GKJ-94) kiradi. Ular qotgan beton va beton qorishmalarning salbiy muhitda uzoq muddatga chidamliligini oshirishi uchun, shuningdek serg’ovak betonlarning sirtini suv yuqtirmaydigan qiluvchi sifatida qo’llaniladi.
Havo so’ruvchi qo’shimchalardan asosan sovuqbardoshlik talab qilinadigan betonlarda xamda qurilish qorishmalarida foyda- laniladi. Beton qorishmasidan havoning so’rilishi uning mus- tahkamligini pasaytiradi. Tajribalardan ma’lumki, 1 % so’rilgan havo betonning siqilishdagi mustahkamligini 3 % gacha kamaytiradi. Havo so’ruvchi qo’shimchalar betondagi kapil- lyarlarni (naychalar) suv yuqtirmaydigan qiladi. Havo pufakcha- lari esa suv muzlaganda betonda ichki kuchlanishning kelib chiqi- shining oldini oluvchi zahira hajmdir. Natijada betonning suv o’tkazmaslik va sovuqbardoshlik xususiyati ancha oshadi.
Keyingi yillarda tez ta’sir etuvchi yangi turdagi kimyoviy qo’shimchalar ya’ni, superplastiklovchilar ishlab chiqarilmoqda va ular beton ishlariga samarali tadbiq etilmoqda. Bunday qo’shimchalar beton qorishmasining yoyiluvchanligi xamda oquv- chanligini keskin oshiradi shuningdek, betonning texnologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Ko’pincha, superplastiklovchi- sintetik polimer moddalar beton qorishmasiga tsement massa- sining 0,1-1,2 % miqdorida qo’shiladi. Superplastiklovchilar- ning ta’siri odatda, beton qorishmasiga qo’shilgandan keyin 2-3 soat mobaynida namoyon bo’ladi.
Superplastiklovchilarning ishlatilishi ayniqsa temirbe- ton ishlab chiqarishda samaralidir. Chunki, beton qotishi tezligining oshishi katta ahamiyatga ega va odiy plastiklikni oshiruvchi qo’shimchalardan foydalanish beton qotishini sekin- latadi (samarasi kam). Superplastiklovchilar oddiy suyultiruv- chilarga nisbatan beton qorishmasini yuqori darajada suyulti- radi. Bunda, qorishmaning yoyiluvchanligi konus cho’kmasi bo’yicha 2 sm dan 20 sm ga oshadi. Superplastiklovchilar samarali qo’lla- nilganda SG’Ts nisbatning kamayishi hisobiga mustahkamligi 60- 80 MPa bo’lgan yuqori mustahkam betonlar olish imkoniyatlari mavjud.
Superplastiklovchilarni o’zining tabiatiga ko’ra shartli ravishda to’rtta guruhga bo’lish mumkin:

  1. Sulfirlangan melaminformaldegidli smolalar va ular asosidagi kompleks qo’shimchalar;

  2. Naftalinsulfokislotalar hamda formaldegidni kon- densatsiyalash mahsuloti va ular asosida olinadigan kompleks qo’shimchalar;

  3. Modifikatsiyalangan lignosulfatlar va ular asosidagi kompleks qo’shimchalar;

  4. Polikarbokisilotalar asosidagi qo’shimchalar.

Superplastiklovchilar orasida naftalinsulfokislotalar asosidagi S-3 qo’shimcha keng tarqalgan. Shuningdek, melamin smolasi asosidagi 10-03 va KM-30 markali qo’shimchalar ham qo’llanilmoqda.
Kuchli plastiklovchilar qatoriga ikkilamchi sanoat xom ashyo- laridan tayyorlanadigan qo’shimchalar ham kiradi masalan, OP-7, 40-03 va sh. k.lar. Ularni o’zgaruvchan qo’shimchalar turiga kiritish mumkin, chunki ular beton qotshini bir muncha sekin- latadi. Bu esa qo’shimchalar miqdorini cheklashga imkon yaratadi va x.k.
Qotishni tezlatuvchi sifatida kaltsiy xlor (KX), natriy sulfat (NS), kaltsiy nitrit-nitrat-xlor (KNNX) va sh. k.lar qo’llaniladi. Bunda ushbu qo’shimchalarning ikkinchi ta’siri ham borligini hisobga olish kerak. Masalan, kaltsiy xlorid armatura zanglashini keltirib chiqaradi. Shuning uchun uni temirbetonda qo’llash me’yori chegaralangan (2 % dan kam) va salbiy sharoitlarda ishlatiladigan yupqa qobiqli hamda armaturasi oldindan taranglashtirilgan konstruktsiyalarda qo’llashga ruxsat etilmaydi. Chunki natriy sulfat konstruktsiya sirtida sho’rlash hosil qiladi.
Sovuqqa qarshi ta’sir etuvchi qo’shimchalar sifatida potash (P), natriy xlor (NX), kaltsiy xlor (KX) va boshqalar qo’llaniladi. Ushbu qo’shimchalar suvning muzlash nuqtasini pasaytiradi va betonning manfiy haroratda qotishiga yordam beradi. Qotish harorati qancha past bo’lsa, qo’shimcha miqdori shuncha ko’p (tsement massasiga nisbatan 10 % va undan ko’proq) olinadi.
Gaz hosil qiluvchi qo’shimcha sifatida alyumin kukunlari (AK) keng qo’lamda qo’llaniladi. Aksincha, beton tarkibini zichlash uchun kaltsiy nitrati (KN), temir xlori va sulfati (TX va TS), alyumin sulfati (AS), ikki etilenglikolli IEG-1 yoki uch etilenglikolli UEG-1 smolalar qo’shiladi.
Ko’pchilik qo’shimchalar suvda eriydi va ularni beton qorig’ichga oldindan tayyorlangan qorishma sifatida solinadi. Ba’zi bir qo’shimchalar emulsiya holatida (GKJ-94) yoki suvli eritma holida qo’shiladi. Odatda qo’shimchalar tsement massasiga nisbatan quyidagicha olinadi: plastikligini oshiruvchilar 0,1- 0,3%; superplastiklovchilar 0,5-1%; havo yutuvchilar 0,01-0,05%; qotishni tezlatuvchilar 1-2%. Ularning eng maqbul miqdori (sarfi) tajriba –sinov qorishma orqali aniqlanadi.
Beton xossalari va texnologiyasini boshqarishni amalga oshiradigan juda ko’p kompleks qo’shimchalar ishlab chiqilgan. Bunday kompleks qo’shimchalarni shartli ravishda beshta guruhga bo’lish mumkin:

    1. Sirt-faol moddalar aralashmasi;

    2. Sirt-faol moddalar va elektrolitlar aralashmasi;

    3. Elektrolitlar aralashmasi;

    4. Ko’p komponentli murakkab kompleks qo’shimchalar.

    5. Superplastiklovchilar asosidagi kompleks qo’shimchalar.

Kompleks qo’shimchalar tayyor mahsulot ko’rinishida ishlab chiqariladi yoki bevosita beton qorish tsexlarida alohida olingan komponentlardan tayyorlanadi.

Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish