Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet20/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

Gidrofob portlandtsement– portlandtsementklinkerbni sirt-aktiv gidrofoblovchi (suv yuqtirmaydigan) qo‘shimcha bilan mayin yanchilgan mahsulotdir. Qo‘shimcha sifatida milonaft yoki asidol, ya’ni neft’ mahsulotlari sement massasiga nisbatan 0, 1-0, 15% miqdorda olinadi. Gidrofob sementi, boshqa oddiy sementdan farqli, quyidagi xususiyatlarga ega: nam tortishi past, uzoq muddatga saqlanganda va xatto nam havoda ortilganda ham aktivligini yo‘qotmay sochiluvchan holatda qoladi; yuqori plastiklikka (plastiklashtirilgan sementdan kam bo‘lsada) ega; suv shimish va suv o‘tkazish darajasi past va betonda sovuqqa chidamligigi yuqori. Gidrofob sementi ham oddiy portlandtsement markalari kabi markalarga ega.
Sirt-aktiv qo‘shimchali sementlar boshlang‘ich davrda bir qancha sekinroq qotish tezligiga ega bo‘lib, shunga ko‘ra kamroq issiqlik ajratib chiqaradi. Bu sementlar alohida maxsus sharoitlarda, ya’ni gidrotexnik inshootlarini qurishda va monolit temir-beton konstruktsiyalarini ko‘tarishda ishlatiladi, bunda betonning suv o‘tkazmasligi va issiqlik ajratib chiqarishi muhim ahamiyatga ega.
Sul’fatga chidamli sementlar – alohida guruhga ajratilgan va ularga UzRST talablari kuyilgan (2. 1 jadvalga qar. ). Sul’fatga chidamli portlandtsement (SPTS) 400 marka bilan ishlab chiqariladi. Sementning sul’fatga chidamliligi mineralogik tarkibini me’yorida bo‘lishi bilan ta’minlanadi, qaysiki sul’fat agressiyasiga chidamsiz minerallarning miqdori tarkibda kamaytiriladi. Bu sement tarkibida: C3S>50%,C3A<5%, C3A+C4AF<22%. Qo‘shimchali sul’fatga chidamli portlandtsement (KSPTS) maxsus tarkibdagi portlandtsement klinkerini (C3A<5%, C3A+C3AF<22%) va mayin yanchilgan aktiv mineral qo‘shimcha bilan birga tuyib olinadi. Qo‘shimcha sifatida trepel, opok, diatomit (5-10%) yoki granullangan domna shlaki (10-20) ishlatiladi. Qo‘shilma C3S gidrotatsiyasida ajraladigan kal’tsiy gidrooksidini bog‘laydi, bu esa sementning sul’fatga chidamliligini oshiradi. Bunday holatda tarkibida juda ko‘pC3S bo‘lgan klinkerni qo‘llash mumkin bo‘ladi, qo‘shimchali sul’fatga chidamli sementlar esa 500 va 400 markaga egadir.

Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish