Gips va uning asosidagi bog‘lovchilar. Qurilish gipsi havoda qotadigan bog‘lovchi modda. Qurilish gipsini tabiiy ikki suvli gipsni 1500-1700S haroratda yarim suvli gipsga aylanguncha qizdirib olinadi. Gipsni suv bilan aralashtirib hamirga o‘xshash massa olinadi, qaysiki tez tishlashadi, suyuq holatdan qattiq holatga o‘tadi, keyin havoda qotadi, asta-sekin mustahkamlanib boradi. Gips – tez tishlashadigan bog‘lovchi. Gipsning tishlashish davri gipsni suv bilan qo‘shilgandan keyin 4 minutdan oldinroq boshlanmasligi, tugashi 6 minutdan oldinroq va 30 minutdan kech bo‘lmasligi kerak. Gipsning tishlashishini sekinlatish uchun sul’fit-drojjali brajka yoki suv massasiga nisbatan 0, 1-0, 2% miqdorda va bo‘yoqchilik kleyi boshqa organik kleylar qo‘shiladi. Qurilish gipsi sifatiga qarab 2 navga bo‘linadi. Normal quyuqlikdagi gips hamiridan tayyorlangan nazorat namunasi uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tayyorlangandan 1, 5 soatdan keyin, I-nav uchun 4,5 MPa dan kam bo‘lmasligi, II-nav uchun 3,5 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Gips mustahkamligi quritish davrida sezilarli oshadi, xatto 7,5-12,5 MPa ga etishi mumkin.
Ikki suvli gipsga maxsus ishlov berilib, o‘ta mustahkam gips olinadi, mustahkamligi 15-30 MPa ni tashkil qiladi, tishlashish muddati 15-20 minutdan iborat. O‘ta mustahkam gipsdan plastik hamir olish uchun kam suv talab qilinadi (40-45% gips massasiga nisbatan, oddiy gips uchun 60% talab qilinadi), bu esa anchagina zich qo‘yma va betonlardan foydalanish imkonini beradi.
Gispning qimmatli xususiyatidan biri tez tishlashishi, mahsulot yuzasining tekis va to‘g‘ri shaklda bo‘lishini ta’minlashi, chunki qotish davrida gips ozgina kengayadi va qolipni zich to‘ldiradi. Gipsning kamchiligi-suvga chidamsizligi. Nam tortganda gipsning mustahkamligi keskin pasayadi, hatto kichkina yuk ta’sirida sezilarli deformatsiyaga uchraydi va mahsulot sifatsiz bo‘lib qoladi. Gipsning suvga chidamliligini tarkibiga yanchilgan domna shlakini qo‘shib, birmuncha oshirish mumkin. Gipsotsement-putstsolanli bog‘lovchi (GPTSB) gipsga nisbatan anchagina suvga chidamli. (GPTSB) A. V. Voljenskiy va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan. U 50-80% yarim suvli gips va 20-50% putstsolan portlandtsement yoki portlandtsementdan aktiv mineral qo‘shimchadan tashkil topgan. Mineral qo‘shimcha miqdori quyidagicha tanlanadi: etti kecha-kunduzli bog‘lovchida SaO kontsentratsiyasi 0, 85g/l dan kam bo‘lishi kerak (qotish davrida ajratiladigan uch kal’tsiyli silikatni qo‘shimcha gidrat kal’tsiy oksidi bilan bog‘laydi). Bunday sharoitda gidrosul’foalyuminatni monosul’fatli turi olinadi va ichki xavfli kuchlanish kelib chiqmaydi, balki mayin dispersionli kam emiriladigan gidrosilikatlar bog‘lovchining suvga chidamliligini oshiradi.
GPTSB 100, 150, 200 markalarda ishlab chiqariladi. GPTSB asosida tez qotadigan beton markalari-M150-M250ni olish mumkin, bu holda tayyorlangandan 2-3 soatdan keyin 30-40% marka mustahkamligini oladi. Mahsulotning qotishini tezlatish uchun 70-800S haroratda 5-8 soat davomida bug‘latish taklif etiladi. GPTSB ning kamchiligi, po‘lat armaturali mahsulotni korroziyadan saqlash zarurati bo‘lib, mos holatdagi qoplamadan foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |