1 - tajriba ishi
IZOLYATSION MODDALARNING NAMLIGI, NAMBARDOSHLIGI VA SUV YUTISH XOSSALARINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: 1) izolyatsion moddalarning turlari va sinflari bilan tanishish; 2) izolyatsion moddalarning fizikaviy va mexanik xossalari bilan tanishish; 3) ba'zi bir izolyatsion moddalarning fizikaviy xossalarini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: VSH-0.035 A markali quritish shkafi, qisqich, sulfat kislotasi, bir qancha izolyatsion moddalar nusxasi, termometr, qopqoqli metall yoki shisha idishlar, elektron taroz.
Nazariy qism.
Ma'lumki, sovitish inshooti kameralarini izolyatsiyalash sovitish korxonasi umumiy kapital mablag'ining 25-40% ni tashkil etadi. Shu sabab izolyatsion moddalarni to'g'ri tanlash va kamera to'siqlarini talab doirasida loyihalash katta ahamiyatga ega. To'siqda izolyatsion qatlam bo'lmasa yoki izolyatsion qatlam xossasining yomonlashuvi kamera havosining harorat na namlik turg'unligining buzilishiga, bu esa o'z navbatida saqlanayotgan mahsulot sifatining buzilishiga, sovitish qurilmasining elektr energiya iste'molini oshib ketishiga sabab bo'ladi. Sovitish inshootida yuzaga kelgan bunday holatlar izolyatsion qatlam moddalarining to'g'ri tanlanishi va hisoblanishini taqozo etadi.
Izolyatsion moddalar, ularning issiqlik samaradorligi asosida, ya'ni issiqlik o'tkazuvchanligi va solishtirma og'irligiga qarab 4 ta sinfga bo'linadi:
1. Yuqori samarali izolyatsion materiallar (λ<0.04 kkal/m·soat, γ =15 … 100 kg/m3).
2. Samarali izolyatsion materiallar (λ=0.04 … 0.07 kkal/m·soat, γ =100 … 350 kg/m3).
3. O'rta samarali izolyatsion materiallar (λ=0.07 … 0.15 kkal/m·soat, γ =350 …600 kg/m3).
4. Past samarali izolyatsion materiallar (λ=0.15 … 0.30 kkal/m·soat, γ =600 …1000 kg/m3).
Izolyatsion materiallar, ularning ishlatish joyini haroratiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Past haroratlar uchun mo'ljallangan izolyatsion materiallar (ishlatilishi: 00C dan +70…800С gacha). Nisbatan past haroratlarda ba'zi izolyatsion moddalarning mo'rt bo'lib qolishi kuzatiladi. Harorat +80 0 C dan oshganda izolyatsion modda tarkibi va mexanik xususiyati o'zgaradi va natijada bog'lovchi moddalarning yumshashi (bitum, smola), organik moddalarning kuyib ketishi kabi hodisalar kuzatiladi.
2. Yuqori haroratlar uchun mo’ljallangan izolyatsion materiallar (ishlatilishi: +80…+5000 C oralig'ida). Bunday izolyatsion materiallar sanoat issiqlik qurilmalarida, issiqlik nasoslarida keng qo'llaniladi. Bu turdagi izolyatsion materiallar asosan noorganik moddalardan tashkil topgan.
Issiqlik izolyatsion materiallari tashqi ko'rinishi va ishlatilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1. Donador qattiq izolyatsion materiallar. Ular aniq bir ko’rinish va o'lchamlarga ega bo'ladi. Tekis yuzalarni izolyatsiyalashda yassi plita va g'ishtsimon ko'rinishdagi turlari ishlatiladi. Egri yuzali tekisliklarni izolyatsiyalashda (quvurlar, issiqlik almashtirgichlar va silindr ko'rinishidagi jihozlar va h.k.) segment, trapetsiyasimon, yarim silindr va bir qancha murakkab ko'rinishdagi turlari ishlatiladi.
2. Donador egiluvchan izolyatsion mateiallar. Ular ma'lum o'lchamlarga ega, lekin o'z shaklini istalgan ko'rinishda o'zgartirishi mumkin. Bunday materiallar yordamida tekis yoki egri yuzali tekisliklarni izolyatsiyalash mumkin.
3. To'kiluvchan yoki sochiluvchan izolyatsion materiallar. Ular istagan egri yuza shaklini qabul qiladi.
4. Izolyatsion moddalarning fizik va mexanik xossalari.
Solishtirma og'irlik - materialning g'ovak, bo'shliqliklari bilan erkin holatidagi og'irligi:
[g/sm3],
bu yerda: G - materialning og'irligi, g; - materialning absolyut zich holatidagi hajmi, sm3.
Hajmiy og'irlik - materialning g'ovak, bo'shliqliklari bilan erkin holatidagi og'irligi:
[g/sm3],
bu yerda: G - materialning og'irligi, g; - materialning erkin holatidagi hajmi, sm3.
Materialning issiqlik o'tkazuvchanligi va mustahkamligi uning hajmiy og'irligiga bog'liq bo'ladi.
Zichlik - moddaning material hajmini to'ldirish darajasi:
[kg/m].
G'ovaklilik G’ material hajmini to'ldirgan bo'shliqliklar ko'rsatkichi:
.
Materialning suv yutish xossasi G’ materialning o'ziga suvni yutish yoki singdirish qobiliyati. Uning qiymati materialdagi g'ovakliklarni suvga to'lishiтш belgilaydi:
,
bu yerda: G, G1 - materialning suvni yutishidan oldingi va keyingi og'irliklari.
Izolyatsion materialning hajmiy og'irligini, uning hajmiy va massaviy og'irliklari nisbatidan ham aniqlash mumkin:
[kg/m].
bu yerdan, hajmiy og'irlik qiymati quyidagicha topiladi:
.
Materialning suv singdirish xossasi - materialning bosim ta'sirida o'ziga suvni singdirish qobiliyati. Uning qiymati 1 sm2 yuzali materialdan 1 soat davomida, berilgan bosim ostida o'tuvchi suv miqdorini belgilaydi.
Nambardoshlik - materialni namlikni o'zida saqlab qolish qobiliyati. Uning qiymati atrof - muhitning harorati va namligiga bog'liq bo'ladi.
Sovuqbardoshlik - materialning to'yingan suvda ko'p martalab turli haroratlarda muzlatib, so'ng eritilganda o'z mustahkamligi va tashqi ko'rinishini saqlab qolish qobiliyati.
Mexanik mustaxkamlik - materialning tashqi kuchlar ta'siriga chidamlilik qobiliyati.
Qattiqlik - materialning boshqa material bilan o'zaro birikishga qarshilik ko'rsatish qobiliyati.
Taranglik - materialning turli kuchlar ta'sirida egilish va bukilishdan so'ng, o'zining avvalgi holatiga qaytish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |