Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish


Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar



Download 20,24 Mb.
bet54/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar

  1. Beton uchun sementning qanday markalari ishlatiladi

  2. Beton mustahkamligiga qanday talab qo‘yiladi

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)

  2. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.

  3. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.

  4. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.

6-modul: Texnologik jarayonni tashkil qilish asoslari.Kasseta usulini tashkil qilish asoslari. Konveyer usulini tashkil qilish


Reja:

  1. Konveyer usuli

  2. Kasseta usulini tashkil qilish asoslari

Konveyer usuli — takomillashgan potok-agregat usuli bilan temir-beton mahsulotlarini qoliplashdir.


Texnologik konveyer tizimlar — konveyerlar, halqa yo‘l bilan suriladigan qolip-vagonchalar, texnologik operatsiyalarni ketma-ketlik bilan bajarilishi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda ushbu texnologik jarayon qator sikllarga bo‘linadi, qolipni berilgan tezlik bilan harakatlanish chog‘ida ketma-ket har bir konveyer postida sikl bajariladi va umumiy zanjir hosil qiladi.
Konveyer majburiy ritm harakatida postga etib kelish vaqtini aniqlaydigan, ko‘p mehnat talab qiladigan siklning bajarilishi uchun zarur, hamma sikllar uchun bir xil muddat bilan ishlaydi. Konveyer texnologiyasi asbob-uskunalarni qulay o‘rnatish va ishlab chiqarish maydonidan unumli foydalanish imkonini beradi. Bunda deyarli hamma jarayonlar mexanizatsiyalanadi, ishni yaxshi tashkil qilish ta’minlanadi, alohida ish ritmiga rioya qilinadi.
Issiqlik agregatlari, qoida bo‘yicha konveyer xalqasining qismi hisoblanadi va majburiy ritmda ishlaydi. Bu, texnologik postlar orasida bir xil oraliqni (konveyer qadami) bir xil o‘lchovli qolip, issiqlik agregatining yoyilgan uzunligini ta’minlaydi.
Konveyer tizimlar ish turiga qarab davriy va to‘xtovsiz harakatdagi tizimga, transportdan foydalanishiga qarab-relsda xarakatlanadigan yoki rolikli konveyer qoliplar qatoriga, uzluksiz po‘lat tizim hosil qiluvchi qoliplar yoki bir qator elementlar va bort uskunalaridan tuzilgan; issiqlik agregatlari joylashishi konveyerga nisbatan parallel yuzaga qarab, gorizontal yoki vertikal, shuningdek konveyerning qoliplash qismi o‘zagida tashkil topgan. Konveyer texnologiyasi bir turdagi maxsus tizimda ishlatilishi (yopma va orayopma, ichki va tashqi devor panellari) asosan yuqori quvvatli zavodlar uchun samaralidir. Oddiy hamda, zo‘riqtirilgan armaturali kolonna va rigellar, sanitar-texnik kabinalar uchun ham konveyerni qo‘llash mumkin.
Mahsulot harakatlanadigan uzluksiz konveyer tizimni hosil qiladigan ko‘chma poddonlarda ishlab chiqariladi. Konvey ‘yyerdagi postlar soni ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ularni pardozlash darajasiga (qoida bo‘yicha ular 6-15 ta bo‘ladi) bog‘liq. Postlar texnologik jarayondagi operatsiyalarni bajaradigan mashinalar bilan jixozlangan. Konveyerning ish ritmi asosan 10-22 min, surilish tezligi esa 0,9-1,3 m/s tashkil etadi.
Konveyer tizimi postlarida quyidagi operatsiyalar ketma-ket bajariladi: qolipni tayyorlash, unga armatura va beton qorishmasini yotqizish, ularni taqsimlash va zichlash, qolipni mahsulot bilan uzluksiz issiqlik bilan ishlov berish kamerasiga uzatish, qolipni mahsulot bilan birga kameradan chiqarish, qolipdan mahsulotni ko‘chirish va tayyor mahsulotni tekshiruvdan o‘tkazish. Konveyer usuli bilan temir-beton ishlab chiqarish texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalash, avtomotizatsiyalash imkonini beradi, ishlab chiqarishni mahsuldorligini sezilarli oshiradi va texnologik asbob-uskunalardan samarali foydalanish bilan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot soni ortadi.
Bu usulning qo‘llanilishi chegaralangan nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarishda oqilona yo‘ldir.
Stend texnologiyasini tashkil qilish asoslari
Stend texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, mahsulotni qoliplash va ularni qotirish qo‘zg‘atilmagan xolatda maxsus o‘rnatilgan stendda bajariladi. Quyuvchi va boshqa texnologik asboblar, shuningdek uni ishchi qismlari bir qolipdan ikkinchi qolipga stendda suriladi.
Bu usul katta maydonni talab qilishi bilan birga, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni murakkablashishi bilan katta mehnat talab qiladi.
Stend texnologiyasi katta hajmdagi katta o‘lchovli-ferma, ikki tomonlama nishabli balka va katta oraliqli konstruksiyalarni, uzunligi 12m dan ortiq bo‘lgan kolonnalarni tayyorlashda juda qulaydir. Stendlarda zo‘riqtiriladigan mahsulotlar tayyorlanadi. Ayniqsa bu usul, oldindan zo‘riqtiriladigan buyumlar uchun samaralidir, qaysiki potok- agregat yoki konveyer tizimida tayyorlanishi maqsadga muvofiq emas. Stend usuli asbob-uskunalarga murakkab bo‘lmagan oddiy o‘zgartirishlar kiritilishi bilan keng nomenklaturali mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. 3.5-rasmda stend texnologiyasining sxemasi keltirilgan.
Mahsulot ishlab chiqarishda stendlarning ikki turi qo‘llaniladi: uzun va kalta. Uzun stendlar (paketli va tortuvchi) bir necha mahsulot stend uzunligi bo‘yicha bir vaqtda ishlab chiqilganda qo‘llaniladi. Armatura paketining turli usullar bilan tayyorlanishi paketli stendlar asbob-uskunasi xususiyatlari, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash darajasini aniqlaydi. Paketli stendda shpallar, svaylar tayanchlar, tirgovichlar, balkalar va boshqa kichkina ko‘ndalang kesimli va armaturalar qulay joylashgan mahsulotlarini ishlab chiqarish samaralidir. Qisuvchi va ushlab qolish moslamalari ixcham o‘lchovli va nisbatan yyengil, undan foydalanish qulay.
Ko‘ndalang kesimi katta bo‘lgan eni yoki balandligi mahsulotlar (balka, to‘sin (hari), plitalar) katta sterjenli armaturani yakka yoki guruhli zo‘riqishga talab bo‘lsa, tortuvchi stendda bajarish samaralidir.
Kalta stendlarda uzunligi bo‘yicha bitta, kengligi bo‘yicha bitta yoki ikkita mahsulot ko‘pincha gorizontal holatda (ferma, ikki nishabli to‘sin) tayyorlanadi. Kalta stendlarda armatura elektr bilan qizdirish yoki gidro domkrat bilan cho‘ziladi. Uzun stendlar 70 dan 120m gacha uzunlikda bo‘lib, ularda umumiy oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda yuklash darajasi chegaralangan va turg‘un nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladi.

rasm. Tashqi to‘siq panellarini old ko‘rinishini pardozlashning bir qancha turini stend usulida ishlab chiqarish
1-fakturli qorishmani tayyorlash joyi; 2-to‘siqni qoliplaydigan qism; 3-bug‘ yuborish kolonkalari; 4-mahsulotni tindiradigan va sayqallaydigan post; 5-o‘chiruvchi;. 6-bo‘yash va gruntlash posti; 7-qolipni o‘zgartirish posti; 8-armatura karkasi omborxonasi; 9-vkladishlar omborxonasi; .10-tayyor mahsulot

Bir yoki ikki element uzunligiga to‘g‘ri keladigan stendlar kalta, 4-15 bir xil elementlar uzunligiga to‘g‘ri keladigan stendlar uzun stend deb nomlanadi. Kalta stendlarda istalgan zo‘riqtirilgan armaturali, uzun stendlarda esa asosan tolali ingichka armaturali mahsulot ishlab chiqariladi.


Stendda armaturani mexanik yoki elektr toki ta’siri bilan cho‘ziladi. Texnologik tizim tarkibiga beton tarqatuvchi va unga beton qorishma uzatib beradigan moslama, tebratgich, vibroshtamplar yoki beton quyuvchining qorishmani zichlovchi vibratori va asbob-uskunalari, mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish uchun asbob va uskunalar kiradi.
Kasseta usuli bilan temir-beton konstruksiyalarini turli maqsadda tayyorlanishi keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu usulning asl mohiyati, mahsulotni qoliplash vertikal holatda statsionar guruhli bo‘laklarga ajratiladigan metall qolip-kassetalarda, qaysiki mahsulot zarur pishiqlikka ega bo‘lgunga qadar ro‘y beradi. Mahsulot ishlab chiqaradigan ishchilar bir kasseta moslamasida mahsulotni qoliplagandan so‘ng boshqasiga adilar, qoliplar soni mosligi uzluksiz ishlab chiqarish potokini yuzaga keltiradi.



Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish