Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar Gidrodinamik o‘zgartiruvchi nimadan iborat
Moy qanday talablarga javob berishi kerak
Temir-beton mahsulotlarining ust qismi sifatini yaxshilash uchun nimalar qilish zarur
Foydalanilgan adabiyotlar Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
9-modul: Beton qorishmalarini qoliplash va zichlashtirishning fizik-mexanik asoslari. Beton qorishmasini joylash va taqsimlash.
Reja: Qoliplashning texnologik vazifalari
Markazdan qochirma qoliplash jarayoni
Bo‘ylama-gorizontal chayqalishlar
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini qoliplash umumiy mehnat harajatlarining 40%ni tashkil etadi. Qoliplash siklining unumdorligi texnologik liniyaning unumdorligini belgilab beradi, qoliplashning qabul qilingan usuli esa ko‘pincha korhona ishining umumiy samaradorligini belgilaydi.
Qoliplashning texnologik vazifalari mahsulotlarni belgilangan o‘lcham va shaklga, betonning maksimal zichligi va tekis tuzilmasiga ega bo‘lishni ta’minlashi zarur. Bu vazifalar mahsulotlarni qoliplashda zichlashtirishning turli usullari yordamida hal etiladi. Qoliplash jarayoni quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: qolip va qoliplash elementlarini o‘rnatish; beton qorishmasining joylash, taqsimlash, zichlash va ochiq ust qismini tekislash va tayyor mahsulotlarni qolipdan chiqarish. Beton qorishmalari, qolip va qoliplash uskunalariga bo‘lgan talablarga rioya etilganda qoliplash jarayonini sifatli bajarilishini ta’minlash mumkin.
Beton qorishmasining qoliplash sifatlari O‘zRST 10181-96 «Betonlar. Beton qorishmasining harakatchanligi va bikirligini aniqlash usullari» bilan tartibga solinadi. Beton qorishmasining harakatchanligi va bikirligi mahsulotning zichlanishi butun hajmida tekis va zichlanish koeffitsienti kamida Kz 0,96 bilan ifodalanishi uchun qabul qilingan qoliplashtirish usuliga mos kelishi zarur. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, qorishmalardagi minimal suv miqdori sement harajatining kamayishini ta’minlaydi, qoliplarning oborotlashuvini oshiradi va issiqlik bilan ishlov berishning davomiyligini qisqartiradi.
Yig‘ma beton va temir-beton mahsulotlar ishlab chiqarilganda zavodlarda harakatchanligi va bikirligi bo‘yicha turli ko‘rsatkichlardagi qorishmalar qo‘llaniladi: suyuqdan (OK 16 sm) tortib to o‘ta bikir (J200 s) gacha. SHu sabab mahsulotlarni qoliplashva beton qorishmalarini zichlashtirishda qo‘llaniladigan vositalar va rejimlar turlicha. Beton qorishmasini zichlashtirishning mavjud usullari va vositalarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Mexanik ta’siri bo‘yicha ularni bir necha guruhga ajratish mumkin.
1. Quyish usuli bilan qoliplash, agar beton qorishmasi bilan qolipning to‘lishi tashqi kuchlarning ta’sirisiz o‘z massasining harakatlari bilan amalga oshirilsa qo‘llaniladi, bunda qolip to‘ldirilgach faqat mahsulotning ochiq qismini tekislash zarur bo‘ladi. Quyish uslubi juda harakatchan, asosan yacheykali qorishmalarda amalga oshiriladi. Quyiladigan qorishmalar mahsulotlarni qoliplash uchun katta energiya harajatlari va mehnatni talab etmaydi.
2. Pressalashni qo‘llash bilan qoliplash sezilarli ichki ishkalanishga ega va qoliplarda bo‘lakchalarning o‘ta qulay joylashishi va zichlashishini talab etuvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan bikir va o‘ta bikir beton qorishmalarini ishlatganda samarali hisoblanadi. Presslash tamoyili quyidagi qoliplash usullari asosida yotadi: quvur va quvursimon konstruksiyalarni tayyorlashda o‘qli va radial presslash; rolikli presslash; vakuumlab presslash. Mahsulotlarni presslash yo‘li bilan qoliplashzich va mustahkam betonlarni olish imkonini beradi, ammo katta enegriya harjatlarini talab etadi.
3. Vibratsiya usullari harakatchan, kam harakatlanuvchi va mo‘‘tadil bikir qorishmalardan tayyorlanadigan mahsulotlarni qoliplashda qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, mexanik chayqalishlar qorishmaning alohida bo‘lakchalari o‘rtasidagi aloqani buzish orqali ular o‘rtasidagi bog‘lanish uziladi. Bunda nisbatan bikir qorishmalar o‘ziga xos og‘ir suyuqlikka aylanib, vibratsiya sharoitida oqish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Qorishma qolipda oqadi, qattiq faza bo‘lakchlari esa og‘irlik kuchi ta’sirida pastka tushadi, eng ko‘p hajmni egallashga intiladi va yuz qismga havo ko‘piklari va ortiqcha suvni siqib chiqaradi. Qoliplashning vibratsiyalash usuli katta hajmli tashqi, ustki va ichki vibrozichlashda ishlatish mumkin.
Mahsulotlarni tashqi vibratsiyalash yo‘li bilan qoliplash qoliplarning tashqi devorlarigamaqqam biriktirilgan vibratorlar orqali amalga oshiriladi. Bu uslub kasseta texnologiyasi va yakka qoliplarda qo‘llaniladi. Ustki vibrozichlashtiruv beton qorishmasiga chayqalishni bevosita mahsulotning ochiq ust qismidan titrovchi plitalar, yopg‘ichlar, titratish uskunalari orqali etkazilishi bilan ifodalanadi. Qorishmaning ichki vibrozichlashuvi bo‘shliqlarni shakllantirish uchun oldindan qolip ichiga o‘rnatilgan vibrovkladishlar, hamda ko‘chirib turiladigan chukurlik vibratorlar, yordamida amalga oshiriladi.
4. Vibropresslash yo‘li bilan qoliplashtitrashning bosim bilan bir vaqtda beton qorishmasiga ta’sir ko‘rsatishidan iborat; mahsulotlarni qoliplashning bunday usuli bikir beton qorishmalariga to‘g‘ri keladi (J 200 s). YUpqa devorli plita konstruksiyalarini qoliplash vibroshtamplash, vibroprokat, og‘irlik bilan vibrozichlash, vibrovakuum-presslash yo‘li bilan amalga oshiriladi; trubasimon konstruksiyalarni qoliplash uchun vibrogidropresslash qo‘llaniladi.
5. Vakuumlash usuli bir vaqtning o‘zida harakatchan beton qorishmalaridan mahsulotlarni qoliplash uchun titratish va presslashni qo‘llashga asoslanadi. Beton qorishmasini zichlashtirishning ko‘rsatilgan kombinatsiyalashtirilgan usullari yuqori zichlikdagi mahsulotlarni tayyorlash imkonini beradi.