Beton qorishtirish va uni uzatishgacha bo‘lgan jarayonda betonni qavatlanishini oldini olish maqsadida barcha ishlar juda tez bajarilashi talab etiladi. Agar beton qorishmasi qavatlansa u xolda betonni yotqizishdan oldin uni yana bir marotaba aralashtirish lozim bo‘ladi. Issiq va sovuq sharoitda betonni uzatish maxsus kontineyrda amalga oshiriladi, shunda betondagi suvni parlanib ketishi yoki muzlab qolishining oldi olinadi.
2. Betonni quyish Beton qoliplarga quyilishi va zichlashishida uning xususiyatlari yomonlashmasligi kerak. Betonni quyish usuli shunday tanlanishi kerakki, beton bunda qavatlanmasligi kerak. Beton quyishdan oldin qoliplar tozalangan, moylangan va to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Qolipni moylash natijasida unga beton yopishib qolishi oldi olinadi.
Beton qolipning bir nuqtasiga quyilmasdan balki butun yuza bo‘yicha bir xil quyiladi, shunda u yaxshi zichlanadi.
Ish boshlashdan oldin qotayotgan beton yuzasi silliq bo‘lmasligi lozim. SHundan so‘ng u tozalangan, namlangan va 13 mm qalinlikdagi sement va qumdan iborat qorishma bilan qoplanishi lozim. Bu 13 mm qalinlikdagi qorishma yaxshilab aralashtiriladi va yuzaga o‘rnatiladi. Qa ‘yyerdaki beton qorishmasidagi sement yaxshi qotmay oqib tushgan bo‘lsa, u xolda maxsus temir shetka yordamida yoki suv yordamida tozalab chiqish lozim bo‘ladi.
3. Betonni zichlashtirish Betonda mavjud bo‘lgan xavo uni zichlash natijasida yo‘qotiladi. Betonning mustaxkamligi va uzoq muddatga chidamliligi uni zichlashga bevosita bog‘liqdir. Beton qolipning chetlariga, armatura sterjnlari atrofiga yaxshilab zichlanishi lozim. Beton qorishmasini zichlash vibratorlar yordamida malga oshiriladi, xamda kichik amplitudali katta tebranishda qorishma suyultiriladi, xamda og‘irlik kuchi ostida beton xajmi kamayadi. Vibratorlarning uch xil tipi mavjud bo‘lib, 1-ichki vibratorlar, 2-tashqi vibratorlar va 3-yuzada ishlovchi vibratorlar. Ichki vibratorlar maxsus kojuxdan tashkil topgan bo‘lib, betonning ichiga kiritiladi va vibratsiya uskunaning yuza qatlamidan qorishmaga uzatiladi.
Tashqi vibratorlar qolipga o‘rnatilagn bo‘ladi va qolipga tebranishni uzatadi. Temir-beton maxsulotlari ishlab chiqarishda tashqi vibrator stollari eng ko‘p ishlatiladi. Bu tashqi vibrator stollari qolipga beton qorishmasini bir xil taqsimlaydi. YUzada ishlovchi vibratorlar qorishma quyilgandan so‘ng ishlatiladi, asosan yo‘l qurilishidi undan foydalaniladi.
Betonni mexanik zichlash usuli faqat qattiq qorishmalar uchun ishlatiladi. Suyuq qorishmalarni bu usulda zichlash mumkin emas. Alternativ xolda beton qorishmasini qo‘lda shtikovka yoki trambovkalab zichlash mumkin bo‘ladi.