Qaysarimiz Boyazidning elchisidurman,
Sulton Shabli erur mening ismi sharifim.
Temur: Ko‘pdan seni kutmoqdaman, xabar ber, elchi,
O‘z-o‘ziga qanday hukm chiqarmish Sulton?
Chopar maktubni uzatadi. Temur uni o‘qiy boshlaydi.
“Urush bilan hal bo‘lajak bu mojarolar”
“Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur,
Bilib qo‘yki, xotinlaring uch taloq bo‘lgay.
Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotinlarim bo‘lsin uch taloq”.
O‘h, Boyazid, maqsadingni aytibsan, ammo Shart edimi xotinlarni qimorga tikmoq.
O‘z ismini yozmish Sulton oltin hal bilan,
Bizning ism quyiroqda, oddiy siyohda...
Tag‘in Sulton emish bu zot. Bachkana qiliq.
Amir Temur irodamiz, farmon shul erur:
Rum Sultoni chorlabdimi jang maydoniga Borajakmiz! Bu shumoyoq choparni esa Eson-omon kuzatingiz kelgan yo‘liga.
Barchangizga ruxsat. Meni yolg‘iz qoldiring.
Hamma chiqib ketadi. Temur orqadagi parda tarafga qarab...
Buqalamun, sen qaydasan, bu yoqqa kel-chi.
Parda ortidan ...Buqalamun — Temurning xufyasi chiqib keladi.
buqalamun: Olampanoh, hozir bo‘ldim, ne buyurgaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |