Oxirgi payt seni bog‘lab keltiray desam Qochib qolding.
Amir Husayn: Omad mendan yuzin o‘girdi.
Yo‘qsa sening toj-u taxting bo‘lardi menda! Madrasaga bekingandim, ablah Kayxisrav Tanib qolmish egnimdagi zarbof to‘nimdan.
Temur: Kayxisravning otasini sen o‘ldirganding,
O‘sha xun deb seni tutib keltirmishdir u.
Omadsizlik emasdir bu - qilmish-qidirmish.
Endi sening kimligingni aytay, Husayn,
Lashkarini siylamagan sen - xasis amir! Sirdaryoning bo‘ylarida Jetega qarshi Ikkalamiz chiqqan edik o‘sha mash’um kun.
Osmon go‘yo teshildi-yu jami bulutlar Suvlarini to‘kkan edi jang maydoniga.
Ust-boshi ho‘l, holdan toygan sening lashkaring
Och-u nahor bo‘lgani-chun ortga chekindi.
Loy jangida sen sababli nochor qolganman.
O‘n ming askar nobud bo‘ldi, afsus, o‘shanda.
Amir Husayn: Temur, menga to‘nkama u mag‘lubiyatni,
Firibingni ko‘rsat edi, sarkarda bo‘lsang!
Temur: — Ko‘rmagansan firibimning mingdan birin sen, Atrofimni zanjir kabi o‘rab tursa ham Jetelarni tumtaraqay quvdim Vatandan.
Bir jang chog‘i muhtaram pir Said Baraka Egildi-yu yerdan siqim tuproqni olib,
“Yog‘iy qochdi!” - deya nido qilganlaricha Yov tomonga sochdi uni, yov-chi, ha, qochdi!
Do'stlaringiz bilan baham: |