Temur: (Mir Said Barakaga)
Eshitdingiz, muhtaram pir Said Baraka,
Siz bu bilan Balx shahrida suhbatdosh bo'lib Yashagansiz, sinagansiz. Taqdir deydi u.
Axir men ham tobemasmi o‘sha taqdirga?
Mir Said baraka: Odamzodni yaratibdi Alloh serkaram.
Taqdirin ham belgilamish. Biroq ayni payt.
Odamzotni ozod qo‘ymish sinamoq uchun,
Bu sinovdan o‘tolmagay Amir Husayn.
Amir Husayn: Pirim, sizga ne qilibmen? Gunohim nedur?
Mir Said baraka: Gunohingdan bittasini aytayin, amir,
Balx shahrida saroy qurding kayf-safo uchun. Masjidlarning mablag‘larin sarf etding unga.
Yana yig‘lab taqdir deysan...
Temur: Umr chopag‘on!
Bizlar mingan bedovlardan ko‘ra uchqur u.
Yo Husayn! Eslaysan-a, birga o‘sgandik.
Sen Qozog‘on nabirasi! Men - barloszoda!
Amir Husayn: Bir qiblaga bab-baravar yuzni bursak ham,
Sen o‘zga bir xonadondan, men - Chingiziyman! Temur: Xotirangdan chiqmagandir u o‘smir yillar,
Ikkimizni qo‘yishgandi bir payt poygaga.
Mendan ortda qolib ketding, biroq past tushmay O‘shanda ham degan eding: “Men - Chingiziyman!” O‘rtamizga qo‘yib hatto Kalomulloni Necha marta qasam ichding, esla, Husayn!
Do'stlaringiz bilan baham: |