Xosiyatli topishibdi bugungi kunni.
Temur: Qutlug‘ ta’bir. Ammo bugun Boyazid bilan Amir Temur jangga kirar. Munajjimlarmas.
Shayxulislom, bilib qo‘ying hasratimni Siz,
U ham muslim, men ham muslim. Bu ne ko‘rgulik?
...U ham turkiy, men ham turkiy. Bu ne gustohlik? Samarqanddan yetib kelgan mening lashkarim Ot suradi akasi yo ukasi tomon.
Yuragimni o‘rtar bu hol, lekin majburman.
Har qandayin muhoraba oldidan doim Allohimdan madad so‘rab, yolboraman men. Shayxulislom, zafar tilab tilovat qiling.
(Shayxulislom tilovat qila boshlaydi.) Shahzodalar, amirlarga:
Shunqorlarim, ulug‘ jangga kirayotirsiz.
O‘ng qanotni topshirgayman senga, Mironshoh,
So‘l qanotni boshqarasan Shohruh Mirzo, Sen! ...Obong‘orni faqat o‘zim nazorat qilgum.
Hozirgacha ma’lum bo‘lgan xabarga ko‘ra Jangga chiqmish yov tarafdan to‘rt yuz ming lashkar. Shahzodalar: Olampanoh, Allohdanu Sizdan kuch olib,
Amirlar: Har qandayin yog‘iyni ham tor-mor etgaymiz.
Temur: Bolalarim, bu og‘ir jang. Biling, bu jangda Rumoning o‘z lashkarlari himoyadadir.
Ular axir o‘z yurtlarin qo‘riqlagaylar.
...Ammo Rumo yerida men o‘zga emasman,
Men musulmon amiriman! Nasabim turkiy!
Do'stlaringiz bilan baham: |