Temur: Yana yumush topshiraman senga ishonib,
Zero, har ne mushkulni ham eplab kelgansan. Xufyalarim orasida epchili o‘zing,
Xohlasang gar o‘zgaradi butkul qiyofang.
O‘zgaradi va hattoki ko‘zingning rangi,
Sen bilmagan til ham yo‘qdir yetti iqlimda. buqalamun: Olampanoh, shu sababdan laqabimni ham Juda topib qo‘ygandingiz, Buqalamun deb,
Asl ismim bir zamonlar Itolmas bo‘lgan.
Temur: Endi mag‘rib kishisiga aylangaydirsan.
Mutakabbir va hiylakor farangiylarni O‘rgangaysan, og‘izlarin hidlab ko‘rgaysan.
Shohlarining maqsadlarin obdon anglagach,
Elchilarin chodirimga boshlab kelgaysan. buqalamun: Samarqandga, shu yergami?
Temur: Yo‘q, Buqalamun!
Nasib etsa Angoraning atroflarida,
Olis Rumo mamlakatin qoq yuragida Tug‘ ko‘tarib, g‘olibona chodir tikkayman. buqalamun: Olampanoh, shu daqiqa, shu soniyadan Meni farang deb hisoblang!
Temur: Javobing tuzuk.
Buqalamun g'oyib bo‘ladi. Temur eshikbonni qars urib chor-
laydi.
Taklif eting malikani — Bibixonimni,
Bibixonim! Agarda u bo‘lmasa edi Kurashlarning va janglarning dolg‘alarida,
Qayroq toshga aylanardi balki bu yurak.
Do'stlaringiz bilan baham: |