Bu ham firib, shundoqmasmi?
Mir Said Baraka: Avval Xudodan!
Gar muzaffar qilar bo‘lsa, madadin bergay. Shayxulislom: Qiblagohning unvonlari Sohibqirondir.
Allohimning karami-la sakkiz yuz yilda Yulduzlarning holatlari ayricha bo‘lgay.
Jadiy burji ko‘ringaydir kiyik shaklida.
O‘sha yili tug‘ilgaydir bir sohibqiron.
Eng avvali shoh Iskandar, undan so‘ng esa Tug‘ilmishdir Rasul Akram - payg‘ambarimiz.
Uchinchisi hazrat Temur sohibqirondir.
Avliyolar allaqachon bashorat qilib Aytmishlarkim, Sohibqiron dunyoni olgay.
Jahongirga abadiyan xudo yor bo‘lgay.
Ilohi omin!
(Qolganlar ham “Omin”, “Omin” deya yuzlariga fotiha tor- tadilar)
SAHNA
Ulug‘ Amir Temur tengsiz kurashlar, o‘tkir aql va tadbirkor- lik bilan tiklagan saltanatini adolat bilan boshqarish hamda im- kon boricha ezgu ishlar qilishga hamisha intiladi.
Temur: ...Bolalarim, unutmangki, davlat ishida
Har qanday yumushning ham o‘z o‘rni bordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan, Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o'rganib, Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |