O‘z tegramga to‘pladim-u yalov ko‘tardim.
Dovonlarda maskan qurdim, kezdim cho‘llarda.
Hisor tog‘in betkayida, yiroq-yiroqdan O‘pqon kabi g‘or ko‘rinar, ko‘zing tushgaymi?
Sartarosh: U - Sizning g‘or!
Temur: U joyda men jon saqlaganman,
Tulporimning tezaklari to‘zmagan hamon.
Yog‘iy meni yo‘lto‘sar deb anglatdi elga,
Pistirmalar qo‘yishardi yo‘limga doim.
Parvardigor marhamati g‘olib keldi-yu Qara, omon o‘tiribmiz, ikkov tig'doshlar.
Ishing bitdi, jo‘na endi, Senga tashakkur!
Eshikbon kirsin.
Sartarosh chiqadi.
Eshikbon: Olampanoh,
Xuttalondan hokim Kayxisrav Bir bandini keltirmishdir.
Temur: — Bandi kim u? eshikbon: — Amir Husayn!
Temur: — Amir Husayn? Olib kirishsin!
Hozir bo'lsin Shayxulislom, amirlarim ham Va albatta, piri komil Said Baraka Eshikbon chiqadi. Amir Husaynni ahli devon qurshovida olib kiradilar.
Qo‘l-oyog‘in yeching buni! Marhabo amir!
Kishan sendan xalos bo‘lsin!
Amir Husayn: Taqdirga la’nat!
Tiriklayin sen iblisga ro‘baro‘ qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |