Yurish qilish lozim bo'lsa yiroq ellarga Tadorigin ko‘rmoq kerak uch-to‘rt yil avval.
Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang. Yilqilarni ko'paytiring o'sha joylarda.
Toki sizning horg‘in otlar yetib borgan payt Tulpor bo'lib, kishnab tursin minglab toychoqlar. Yov qo'shinin tahlikaga solmoqlik uchun Tunda uning atrofida gulxanlar yoqing.
Necha yuzlab miltillagan cho‘g‘larni ko‘rgach, Yog‘iy sizning lashkarlarni ko‘p deb o‘ylagay. Shabxun deya ataladi, tungi hujumlar.
To'rtta otning biqiniga shox-shabbalardan Oddiygina supurgini bog'lab qo'ysangiz — Chunon to‘zon ko‘tarilgay, deysiz qiyomat!
O‘rni kelsa to‘rt suvoriy to‘rt ming otliqning Vahimasin yaratadi qiyqiriq bilan.
Bayrog'ingiz egilmasin maydonda sira,
Jangda yolg'iz qolsangiz ham bayroq tik bo'lsin. Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!” — deb Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. “Suring!” — degan na’ra esa bosqinga da’vat, Bizning oddiy: “Ur-ho-ur”dan yov juda qo'rqar. Endi jahon yaxshi bilar qudratimizni,
Pinhon joyi qolmagandir hiylalarning ham,
Biroq Temur firiblarin adog‘i yo‘qdir!
Endi ruxsat, Mashvaratning mehmonlariga...
Bir qism ishtirokchilar chiqib ketadilar. eshikbon: Olampanoh, kutib turar ikkita chopar.
Temur: Kirsin ular!
Ikkita chopar oldinma-keyin kiradilar.
Ikkinchi chopar: A’lohazrat, men Rumodan yetib kelmishman,
Do'stlaringiz bilan baham: |