Amir Temur va temuriylar sulolasi davri ma‘naviyati
Reja:
Amir Temur–buyuk davlat arbobi, yuksak ma‘naviyat soxibi ekanligi.
«Temur tuzuklari» da kishilarning huquqiy va ma‘naviy meyo‘rlarini ifo-dalanishi.
I.Karimov asarlarida soxibkironning boy ma‘naviy merosini yoritilishi hamda Mustaqillik davrida Amir Temurga bo’lgan munosabatning tubdan o’zgarishi.
Temuriylar sulolasi davridagi ma‘naviyat va ma‘rifatning yanada rivojlantirilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Amir Temur–buyuk davlat arbobi, yuksak ma‘naviyat sohibi ekanligi.
Ma‘lumki, mugul istilosi davrida Markaziy Osiyo ma‘naviyati tushkunlikka yo’z tutgan bulsa, mugullardan xokimiyat temuriylarga utgandan sung ma‘naviy hayotda haqikiy uygonish davri boshlandi.
Amur Temur buyuk shaxs, jasoratli sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me‘mor, notik, ruxshunos bo’lishi bilan birga el-yurtni sevgan, uni jaxonga mashhur kilgan insondir. U 1336 yilning 9 aprelida Kesh shaxri yonidagi Xujailgor kishlogida tugildi, yigitligidayok bir jangda ung kul va ung oyogidan yarador bulib, bir umrga oksok bulib koladi.
Amir Temo’rning tarix oldidagi xizmatlari kup, u mamlakatdagi feodal tarkoklikkka barham berib, el yurtni birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlat kurdi va mamlakat taraqqiyotida katta imkoniyatlar yaratdi. Ayniksa Temur va temuriylar davlatida «Temuriylar madaniyati», «Ulug’bek va Samarkand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi mutafakkirlar bilan boglik fan, san‘at, adabiyot soxasidagi yutuqlar jaxon mikyosiga chikishida Amir Temo’rning ulkan xizmatlari bor.
Ikkinchidan, Amir Temur kupgina Xalqlar va yurtlarga adolatli yordam berib, ezilib yotgan Xalqlarni ozod kildi. (Masalan, Bolkon yarim orolidagi Xalqlarni Usmonli turklardan ozod kildi, Boyazid Yeldirimni yengib). Oltin Urda xoni Tuxtamishni tor-mor qilib, Rossiyani mugullar xukmronligidan kutulishini 300 yilga tezlashtirdi. O’z vatanini mugullardan ozod kildi.
Uchinchidan, Turkistonni ilm-fan, kishlok xujaligi, xunarmandchilik, madaniyat va san‘at rivojlangan ilgor mamlkatga aylantirdi. Obod shaharlar kurib, dunyoni lol qoldirgan imoratlar barpo kildi. Amir Temo’rning bunyodkorlik soxasidagi xizmatlari bekiyos, «Kay bir joyda bir gisht olsam, o’rniga un gisht kuydirdim. Bir daraxt kestirsam, o’rniga unta kuchat ektirdim», degan so’zlarida hamda uning sa‘y-harakatlari bilan kurilgan binolarda Temo’rning yaratuvchilik faoliyati kurinadi.
Amir Temur rahbarligida Xalqning axlok-odobga, mexr-muruvvat, saxovat kabi ijobiy xususiyatlarini tarbiyalovchi asarlar yozilgan. Ulardan «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» asari, Ibn Arabshoxning «Amir Temur haqidagi xabarlarda takdir ajoyibotlari» kabi kupgina asarlarida insoniylikda uning kuchli odam bo’lganligi ta‘riflanadi.
Amir Temo’rning xizmatlarini ta‘riflashda Prezidentimiz I.Karimov asarlari aloxida urin tutadi. Uning «Ma‘rifatli Movaruannaxr ruxi, temuriylar davrida fan va san‘atning gullab-yashnaganini, Yevropada uygonish jarayoniga hayotbahsh ta‘sir etganini, umumjaxon taraqqiyotiga kumaklashganligini anglab, faxrlanamiz. Siyosatda maslaxat, muloxazakorlik, uylab ish qilish kurol kuchidan un barobar foydalirokdir», degan dono so’zlari Amir Temurga mansubdir. Amir Temo’rning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa Xalqlari tarixda birinchi marta yagona jugrofiy-siyosiy makonda ekanliklarini xis etdi», deb ta‘kidlaydi yurtboshimiz. Shu sababli Temur barpo etgan buyuk saltanat usha davrdayok keng ma‘nodagi integratsiyani ishlab chikib, buyuk ipak yo’li utgan mamlakatlar urtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy muloqotni boshlab bergan edi.
Boshka bir tomondan Temo’rning davlat tizimi adolatli, insonparvar bulib, bugun ham undan ulgu olib qonun ustuvorligi va uning oldida barchaning tengligini ta‘minlash lozim. Temo’rning davlatchiligi o’zining tafakkurining utkirligiga, o’z fikrining tugriligiga, akl-idrokiga, taktika va strategiyasining puxta va hayotiyligiga ishonch asosida kurilgan edi. Amir Temur saltanati yuksak ma‘naviyat va oliy darajadagi madaniyatga asoslanganligini o’zining farzandlariga qoldirgan nasixatlaridan ham sezish mumkin. «Millatning dardiga darmok bulmok kutlug vazifangizdir. Zayiflarni kuring, yo’qsillarni boylar izmiga tashlab kuymang. Adolat va ozodlik – dasturingiz, raxbaringiz bulsin… yaxshilarga yaxshilik kildim, yomonlarni esa o’z yomonliklariga topshirdim. Kim menga dustlik kilgan bulsa, dustligi kadrini unutmadim va unga muruvvat, exson, izzat-ikrom kursatdim. Xar bir shaxarda masjidlar, yulovchilar uchun yul ustiga rabotlar, bino qilishni, daryolar ustiga kupriklar kurishni buyurdim…»
Amir Temur ugitlarida xukmdorlarga karata yozadiki, «Saltanat ishlarida turt narsaga amal kilgin, ya‘ni 1) Kengash; 2) Maslaxat; 3) Kat‘iy karor, tadbirkorlik, xushyorlik; 4) Extiyotkorlik… Davlat ishlarining tukkiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, kolgan bir ulushi kuch bilan bajo keltirilur. Akli raso va xushyor kishilardan keng tadbir istab, fikrlarni bilmok lozimdir… yo’z ming otlik askar kila olmagan ishni bir tugri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. …. Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi kildim. Gunoxkorga ham, begunoxga ham raxm qilib, xakkoniyat yo’zasidan xukm chikardim. …. Zolimlardan mazlumlar xakkini oldim … » va xokozo kabi Temur fikrlarini keltirish mumkin.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temo’rning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temo’rning o‘zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi.Shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik tufayli ko‘p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug‘ bobomiz Amir Temo’rni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temo’rning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.
Amir Temo’rning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temo’rning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temo’rning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o‘gitlardir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sayi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temo’rning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temo’rning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avval44o, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug‘bekka o‘tgani shubhasiz. Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi bo‘lish bilan birga buyuk olim darajasiga yetishishida bobosi Amir Temo’rning xizmati benihoya katta bo‘lgan. U Ulug‘bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan. Amir Temur ma’naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo‘yi amal qilgan «Kuch - adolatda!» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temo’rning ma’naviy va ma’rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turli qatlami - raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o‘qish mumkin:«Yo’z ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim».«Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».Quyidagi tuzuklarda Amir Temo’rning kechirimli xislatlari namoyon bo‘lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo‘lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:
«Menga yomonlik qilib, boshim o’zra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi».
«Menga hasad qilib, o‘ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg‘a-in’omlar berib, muruvvatu ehson ko‘rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko‘rib, xijolat teriga g‘arq bo‘ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do‘stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o‘zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».
«Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. To’zimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...»
«Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko‘rsat».
Amir Temo’rning do‘stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hano’z biz uchun ibratdir.
«Sodiq va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi».
Amir Temo’rning umr bo‘yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag‘alparvarligini uning quyidagi o‘gitlaridan ham bilish mumkin:
«Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biror xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘sinlar».
«Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...».
Amir Temo’rning quyidagi so‘zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg‘urishga chorlab keldi:
«Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin». Bu jumlalarda Amir Temur ma’naviyati jamul-jam bo‘lgan bo‘lsa ne ajab.
Do'stlaringiz bilan baham: |