Hodisalar silsilasi oqar bardavom...
Turkiylardan cho'chib farang mamlakatlari Rumo bilan ikkimizni gijgijlab qo'ydi.
Bu nayrangni tushunmaydi, afsus, Boyazid,
Boz ustiga kimki qochsa bizning g'azabdan,
Boyazidning saroyidan topmoqda panoh. bibixonim: Uning asl maqsadi ne? Murodi nima?
Temur: Sulton bizning saltanatga bepisand boqib,
Hasadini bildirmoqda yosh bola kabi.
Endi jangga chorlabdi u oshkora, ochiq.
Men — Temurman! Oriyat ham bor-ku dunyoda.
Yetar endi! Kuno‘g‘longa egar urgayman,
Rum tarafga yuzlanadi tulporim jadal. bibixonim: ...Sizga zafar tilamoqdan boshqa choram yo‘q,
Balki men ham yoningizda bo‘lay, amirim.
Temur: Yo‘q, azizam, Samarqandning saltanatida O‘zingiz-u nabiramiz Muhammad Sulton Hukmfarmo bo'lib turing. Yumushlar talay.
Qurilishlar, bog‘-u rog'lar, bola-baqralar...
Parda III SAHNA
Angora yaqinidagi tepalikda Temur chodiri. Tashqaridan g‘ovur-g‘uvur, otlar kishnashi, fillar na’rasi eshitilib turadi. Chodir ichida taxtda Amir Temur. Uning atrofida shahzodalar, amirlar, lashkarboshilar.
Shayxulislom: Olampanoh, izn bering.
Temur: Gapiring, hazrat.
Shayxulislom: Kecha tunda munajjimlar — axtarshunoslar Yulduzlarning holatiga obdan boqishib,
Do'stlaringiz bilan baham: |