Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
Omon Matjon
Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943- yilning 14-fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog‘olon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq poch- ta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar boy bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20- yillarida boshlangan quloq I ashtirish siyosatining oqibatini o‘ylab, bor mol-mulkini hukumat- ga topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanida dunyodan o‘tgan.
Omon Matjon o‘z bolalik xotiralaridan birida quyidagicha es- laydi: “Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gaze- ta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953- yilning 5-martida maktabda er- talab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘limi mudiri Stalinning o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo‘ldi. Men yig‘lab uyga keldim. “Ota, Stalin otamiz o‘libdi!..” U kishi mollarga xashak solib yurgan edi- lar: “Nishatiyin , mening otam ham o‘lgan!”, — dedilar beparvo!”
Tabiatan iste’dodli, ta’sirchan va g‘oyat ko‘p o‘qiydigan Omon Matjon uchinchi sinflarda o‘qib yurgan paytlarida she’rlar, ertaklar yozgan. Ilk she’ri 1958- yilning 15-martida Yangibozor tuman gaze- tasida bosilib chiqqan. O‘n olti yoshida o‘rta maktabni tugatgan
Omon so‘zga mehr qo‘ygani sabab adabiyotni tanlamoqchi bo‘ladi. Ammo otasining istagiga bo‘ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshira- di. Imtihonlardan o‘tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o‘qib, montyorlik qiladi. Keyingi yili Samarqand universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qish o‘rtasida harbiy xizmatga boradi. Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib chiqadi. Askarlikdagi uch yil bo‘sh ketmasin deb, har kuni kamida bit- tadan she’r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she’rlaridan bir turkumini o‘zidan bir yil oldin uyiga ketgan do‘stidan berib yuboradi. “Sharq yul- duzi” jurnalining 1965- yil 5- sonida askarning she’rlari bosilib chiqadi.
Shundan buyon shoirning “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirig‘i” (1979), “Seni yaxshi ko‘raman” (1981), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Gaplashadigan vaqtlar” (1986), “Ming bir yog‘du” (1989), “O‘rtamizda birgina olma” (1990), “Qush yo‘li” (1993), “Imon yog‘dusi” (1994), “Saylanma” (1997), “Ardaxiva” (2001) singari o‘ttizga yaqin kitobi dun- yo yuzini ko‘rgan.
O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy mak- tabni bitirgach Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashri- yotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Cho‘lpon” nashriyo- ti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993- yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Omon Matjon — zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi va- killaridan biri. She’riyatning turli janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod qilayotgan shoir tuyg‘ularining samimiyligi, tilining shiradorligi, ifoda- sining ta’sirchanligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Omon Matjonning tuyg‘ular olamiga ta’sir qilgan insoniy fazilatlar ko‘pincha Xorazm vohasida yashayotgan kishilarga mansubdir. Uning barcha asarlarida chin insoniy sezimlar, yetuk insonlarning orzu-intilishlari ti- niq ranglarda tasvir etiladi.
ki
VATAN MEHRI
Do'stlaringiz bilan baham: |