Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov


Temur: Men bir langu, sen esa ko‘r, notavon so‘qir



Download 0,77 Mb.
bet102/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Temur: Men bir langu, sen esa ko‘r, notavon so‘qir,
Bu dunyoda butun odam topilmaganday,
Ikkimizga yer yuzining jilovin bermish.
Tavba qildim, tavba qildim, ming bora tavba!
Sen bilan men ne qadarli qudratga molik,
Qamchisidan qon tomguvchi podshoh bo‘lmaylik, Yaratganning huzurida ojiz bandamiz.
Alalxusus, bunga misol sening qismating.

го
Savol va topshiriqlar:

1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.

  1. 9.

10.
11.
12.
Temurning sartarosh bilan suhbati tasviriga tayanib, shaxsiga baho bering.
Buyuk Temurni amir Husayn bilan solishtiring. Shaxsiyatlari orasidagi farqni toping.
Amir Husayndan omad yuz o'girishi sababini izohlang. Sohibqironning biror yurtga qilinadigan yurishga uch-to‘rt yil oldin tayyorgarlik ko‘rish kerakligi borasidagi o‘gitini sharhlang.
Asardan Amir Temurning harbiy hiylalari aks etgan o‘rinlarni topib, sharhlang.
Sohibqironning: “O‘z-o‘ziga qanday hukm chiqarmish Sulton?”
degan so‘rog‘i tagidagi ma’noni anglating.
Matnga tayanib, Boyazidning xati Amir Temurga qanday ta’sir qilganini tushuntiring.
MenTemurman! Oriyat ham bor-ku dunyoda. Yetar endi!..”
tarzidagi gapiga asoslanib, jahongir shaxsiyatiga baho bering. Temurbekning yomonlarni insof sari “kaltak bilan haydash” haqidagi to'xtamiga munosabat bildiring.
Amir Temurning: “Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi”, — degan iqrorida, sizningcha, afsus ko‘pmi, iftixor? Sohibqironning shaxmat taxtasidagi o'yin va maydondagi jangni birday boshqara olgani sababini izohlashga urining.
Temurning Qosimbekka qilgan saxovati darajasini izohlang.
SOHIBQIRON” ASARI TO‘G‘RISIDA
Sohibqiron” dramasida Amir Temur janglar ichida emas, bal- ki ko‘proq o‘ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murak- kab tabiati uning sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatini ko‘rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o'ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlar- ni: “Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar”, — deya bel- gilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho'pon bo'lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo'ladi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati:
Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor”, — degan qarashida aks etadi.
A. Oripov Temurni hamisha o‘z yo‘lining to‘g‘ri-noto‘g‘riligini aniqlashga urinadigan, bosgan har bir qadami xususida fikr yurita- digan kishi sifatida ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Temurning: “Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun”, — degan so‘zlari o‘quvchiga jahongir fikrlash tarzining mantiqiy hosilasiday ta’sir qiladi.
Asarda Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohlarini ham kechi- ra oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, ezgu amalli kishilarni taqdir- lashi Qosimbek timsollari orqali aks ettirilgan. Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urishishga majbur et- gani ishonarli tasvirlangan: “Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur, Bilib qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo‘lsin uch taloq”. Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‘lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko‘rsatadi.
Asar bosh qahramoni Amir Temur xato qilib, birovlarning umriga zomin bo‘lishdan qo‘rqadi. Ammo o‘zini buyuk bir tarixiy missiyaning ijrochisi deb biladi: “Nega ko‘pdir nayrangboz-u kaz- zob kimsalar? Nega bosgan yer yuzini buncha ko‘p illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan”. Jahongir jangovar yurishlarida doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qo‘shin tortadi. Shu tariqa, muallif sohibqiron faoliyatining axloqiy asoslarini aks ettiradi.
Drama bilan to‘liq tanishgan kitobxon Amir Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng ta’sirli lavhalaridan biri ekan- ligiga amin bo‘ladi. Hazrat Sultonimning: “Ayt-chi, Temur, sen be- sabab qon to‘kkanmisan?” — degan so‘rog‘iga javob berish jahon- girga oson kechmaydi. Sohibqiron islomiy tartiblar o‘rnatish, adolatni qaror topdirish uchun qon to‘kkani haqida o‘ylaydi. Olamni kuch bilan bosib olgandan, odamlar dilini haq so‘z bilan zabt etish to‘g‘riroqligi haqidagi fikr Yassaviy hazratlarining shaxsiyatini ifoda etadi. Xullas, asarda Amir Temur timsoli o‘zi va eli haqida tinimsiz o‘ylaydigan odam sifatida puxta talqin etilgan.
ki
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI TO‘G‘RISIDA
Abdulla Oripov lirikasi orqali o‘zbek she’riyatiga ko‘ngil dard- larining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan izlar tasviri kirib keldi. Bu she’riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so‘zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko‘tarinki, ammo yolg‘on satrlar tuzish odat edi. Mavzuni she’r emas, balki she’rni mavzu mukarram qiladi, deb hisoblanar, shuning uchun she’rning qanday yozilishidan ko‘ra, uning nima haqda ekanli- gi muhimroq sanalardi.
Abdulla Oripov tuyg‘ulari quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am va g‘amga qorishgan o‘y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o‘yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o‘zi edi. Binobarin, bir odam to‘g‘risida hayqirish, baqirish noqulay bo‘lardi, u haqda pichirlab she’r o‘qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o‘zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylik- dan mahrum etadi.
O‘tgan asrning 60—70- yillarida Abdulla Oripov she’riyati o‘zbek millatini tuyg‘ularning qurib qolishidan saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o‘zbek she’riyatida o‘z davrini yaratgan ijodkor deyish mumkin. Chunki chinakam iste’dodgina davrning to‘siqlari, cheklovlarini yengib o‘ta oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste’dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Abdulla Oripov she’rlaridagi beadad samimiyat, tuyg‘ular chinligi kishini beixtiyor o‘ziga asir qiladi. Shoir she’rlari kayfiyat va hissiyot- ning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg‘ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she’r emas, balki ayrim misralarning o‘ziyoq she’rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi.
Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: “Asablar tuproqqa cho‘kkan edi tiz" tarzida beradi. O zining pokiza yoshlik davrini esa “Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat”, — deya ifodalaydi. O zbek xalqining yigma obrazi: “Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o‘ylarim” tarzida umumlashtiriladi. Shoirning:
qaro sochlaringda oppoq alanga degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta’sirchanligi bilan ham ko‘ngilni rom etadi. Uning she’riya- tida vatan timsoli qanday chizilganiga e’tibor qiling: “Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog‘dularida Nafis yaltiraydi bar- gi xazonlar».
Abdulla Oripov she’riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham g‘oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta’sirli qilib o‘zbekcha ifodalay bilish shoir she’rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha she’riy ifo- daning aniq va sezimlarga ta’sir ko‘rsata oladigan bo‘lishiga erishadi.
Uning: “Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘m- ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut kabi satrlarida qo‘llanilgan tashbihlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. A. Oripov ko‘z oldiga kelti- rish mushkul, ifodalash undan-da og‘ir bo‘lgan sezimlarni, mavhum tuyg‘ularni tuyimli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: “Yorilmagan yaraday sevgi!" — deydi u. O‘ta mavhum tuyg‘uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.
A. Oripovning san’atkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko‘rmagan yoki ko‘rgan bo‘lsa-da, payqamagan jihatlarini o‘ziga xos tarzda aks ettira oladi. Shoir iste’dodi nazarining o‘tkirligi, tuyg‘ulari- ning nozikligi, hissiyotining teranligida ko‘rinadi. Ko‘klamda o‘rik g‘o‘ralarini hamma ko‘rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma’lum. Ammo faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko‘ra biladi: “Dilbar kelinchakning ko‘ksida g‘ulu Zardoli shoxiga tashlar ko‘z qirin ”. Sal e’tibor qil­gan o‘quvchi yosh kelinchaklarning ko‘pincha o‘rik dovuchchasiga boshqorong‘i bo‘lishini eslaydi. Har qanday hayotiy hodisada chin san’atga xos belgini ko‘ra olish asl shoirlikning belgisidir.

ki
OMON MATJON (1943- yilda tug‘ilgan)

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish