Kotib-u davr-u raqam avvalgilarg'a o'xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarg'a o'xshamas, Ko'nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg'a o'xshamas, Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg'a o'xshamas.
Ne uchar yulduzlar o'tdi chalg'itib elni juda,
Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,
Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,
Ne sitamkim qilsa rahm, maxfiy erdi zimnida,
Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg'a o'xshamas.
Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,
Voh, quyosh savdosig'a shamlar nechuk bo'ldi hakim, Ishq, bu - o‘z umrim, anga nechun qasamlar ichmakim, Demangiz Shirin-u Layli oncha bor ishq ichrakim, Xublikda ul sanam avvalgilarg'a o'xshamas.
Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,
Shiddati past-u baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni etma besamar yo'llarda xor, Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o'zga yor, O‘lmishamkim, bu alam avvalgilarg'a o'xshamas.
Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni, Bodayi haq mastiman, yolg'onga uyg'atmang meni,
O‘z xayolimg'a qo'ying, o'zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnung'a o'xshatmang meni,
Kim bu rasvoyi dajam avvalgilarg'a o'xshamas.
Har kima har xil yozur bu Arshni Mirzosi sana,
Do'stlaringiz bilan baham: |