Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet110/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Savol va topshiriqlar:
Tarixning beqarorligi bilan she’rda tasvirlanayotgan ikki xalq taqdirining qanday bog‘liqlik jihati borligini ko‘rsating.
Yeri, eli behad katta birining, Va har jihat qo‘li kalta birining”
satrlarini izohlashga urining.

3.
4.
5.
Xalqning fe’li o‘z yeriga o‘xsharkan: Katta urug‘ yalqov, lo­qayd yasharkan!” misralarida kimlar ko‘zda tutilayotir deb o‘ylay- siz?
Kichigi-chi, qaynagan qon, ishchan er” sifatlashi qaysi xalqqa qaratilganini matnga tayanib, ayting.
Katta urug‘ga dushmanlar hujumi va kichik urug‘ yordamida bu ofatning yo‘q qilinishi xalqimiz tarixidagi qaysi voqeaga o‘xshaydi?


  1. 9.



OMON MATJON SHE’RLARi HAQIDA
Chinakam shoir o‘zining kayfiyatini, kechinmalarini o‘zgalar- ga yuqtira oladi. Omon Matjonning siz o‘rganib chiqqan she’rlarida ayni shu holat yaqqol seziladi. Har uch she’rni o‘qiganingizda o‘zingiz sezib yo sezmay, shoir ifoda qilayotgan tuyg‘ular ta’siriga tushib qola- siz. Chunki shoir she’rxonlarning ruhiy dunyosini yaxshi biladi. Uning yuragini to‘lqinlantiradigan, tuyg‘ularini uyg‘otadigan tasvirni beradi. Bu tasvirlar she’rxonning badanini jimirlatadigan, ruhini bezovta qila­digan tarzda amalga oshiriladi.
Siz xalqning qudrati, uning buyukligi, uning hayotini yaxshilash zarurligi haqida juda ko‘p gaplar aytilganini, hozir ham aytilayotganini bilasiz. Ammo xalq oddiy odamlardan iborat ekanligini, uning orasida olijanob-u buyuklar ham, pastkash-u qalloblar ham borligini, shu bois xalqni muqaddaslashtirish o‘rniga uning ma’naviy darajasini ko‘tarish kerakligi Shoir she’rlarida yorqin ifodalangan. Haqiqiy she’r hamisha yolg‘ondan yiroq bo‘lgan chin insoniy tuyg‘ularni aks ettiradi.
Shoir xalqini chin yurakdan sevadi. Uning kelajagi uchun qay- g‘uradi. Shu bois uni kamchiliksiz, buyuk ko‘rgisi keladi. Aynan yaxshi ko‘rgani sabab xalqiga chin so‘zni ayta oladi.
Shoirning mustabid tuzum hukmronligi avjiga chiqqan bir za- monda yozilgan „Eng so‘nggi xazina“ deb nomlanadigan she’rida- gi insoniy jasorat va badiiy joziba kishini hayratga soladi. She’rda millatning o‘zligini tayin etadigan eng so‘nggi va bebaho xazina - milliy g‘urur ekani voqeaband yo‘sinda aks ettirilgan. She’rda Omon Matjonning o‘sha paytlardayoq o‘z millatining tenglar ichra teng bo‘lishini istagani yaqqol ko‘zga tashlanadi. U xalqining yeb to‘ymas
katta og‘aning quliga aylanib qolishini istamasligini ochiq aytadi. Katta urug‘ning surligi, ustamonligi tufayli shunchaki yondosh yasha- yotgan kichik elat oldin qo‘shniga, keyin do‘stga, so‘ng iniga, oxiri qul- ga aylanib qolganligi juda ta’sirli va mardona ko‘rsatilgan.
She’rda donishmand tomonidan aytilgan: “Dono debdi: “Yurtga bir boq, oqsoqol, Unda hali o‘zi bilmas zo‘r ganj bor! Bu g‘ururdir! U - har qalbning qa’rida! Shuni uyg‘ot hali imkon bori- da! Uyg‘otolsang - xalqing xalqqa do‘nadi, Yo‘qsa butkul so‘na- di!” so‘zlarida asarning bosh g‘oyasi aks etadi. Shoir milliy g‘urur- ni yo‘qotmay asrash kerakligini, usiz milliy erkka erishib bo‘lmasligini tasvirlaydi. She’rning jumboqsimon tugallanishi ham poetik samara keltirib, o‘quvchini fikrlashga undaydi.
Hazrat Alisher Navoiyning “Avvalgilarg‘a o‘xshamas” radifli g‘azaliga bog‘lagan taxmisidagi ko‘plab tasvirlar buyuk shoirga beril- gan munosib javobday taassurot qoldiradi. Shoir zamon o‘zgarishi, vaqt o‘tishi bilan olamdagi barcha narsada evrilish yuz berishini o‘ta ta’sirli ko‘rsatib bergan. O. Matjon ulug‘ ustozning tafakkur tarzi, ifoda yo‘siniga mos tasvir vositalarini qo‘llay bilgan.
Omon Matjon she’rlarida Xorazm vohasiga xos so‘z boyligidan, o‘sha yurtning afsonalaridan, xorazmliklarning shirin lafzidan o‘rinli foydalanadi. Shoir xalq ijodiga tez-tez murojaat qiladi. Shuning uchun ham uning she’rlari yengil o‘qiladi, kuchli ta’sir qiladi va oson yodda qoladi. Shoirning she’rlarini mehr qo‘yib, sinchiklab o‘qish, ularni yod- lab olish kishi ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu she’rlar she’rxonni hayot, odamlar, ularning ichki olami haqida jid- diyroq o‘ylash va o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga yo‘naltiradi.

ki
HALIMA xUDOYBERDIYEVA

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish