1- topshiriq. Mavzu asosida quyidagi savollarga javob bering



Download 13,88 Kb.
bet1/2
Sana16.12.2022
Hajmi13,88 Kb.
#888218
  1   2
Bog'liq
1-mavzu topshiriq akademik yozuv (1)


1-Mavzu:

1- topshiriq. Mavzu asosida quyidagi savollarga javob bering:


1. Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalarini sanab bering.
Bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur.
2. Axborot nima?
Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
3. Axborotning ijobiy va salbiy jihatlari haqida gapiring va misollar bilan izohlang.
Axborotning ijobiy tomonlari, biz axborot orqali dunyoda bo'layotgan yangiliklardan habardor bo'lib turamiz. Bu axborotning ijobiy tomoni. Salbiy tomoni esa, boshqa mamlakatlarda bo'layotgan yomon hodisalarni eshitib, ko'rib o'zimizni yomon his qilishimiz, vahimaga tushishimiz mumkin.
4. Til nima?
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi.
5. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?
Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. Chunki jamiyatda ro‘y bergan har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma`lum izini qoldiradi. Shuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog'liq.
2. Til va yozuv tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat?
Til ikki shaklda mavjud: og'zaki va yozma. Tovush shakli yozma shaklga nisbatan birlamchi hisoblanadi.
Nutq- bu og'zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan o'ziga xos nutq bo'lib, uni amalga oshirish til vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
3. «Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz O’tar) jumlasini izohlang. Maʼrifatparvar shoir Avaz Oʻtar soʻzi bilan aytganda til inson va olamni bogʻlab turuvchi vosita, koʻprikdir. 
Darhaqiqat, u koʻngillarni, xalqlarni yanada yaqinlashtiradi. “Yurtimiz mehmonlari oʻzbek tilida soʻzlaydi” ruknimizga ilk kezlardan koʻplab xorijlik kuzatuvchilar qiziqish bildirdi. Bu nafaqat loyihaga, tahririyatga boʻlgan eʼtibor, balki aziz Ona tilimizga boʻlgan hurmat va ehtiromdan ham darak beradi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
4. Yozuv va uning turlari haqida ma’lumotlarni ayting.
Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat boʻladi.
Yozuv turlari Piktografiya yozuv Logografik, yozuv Iyeroglifik yozuv Ideagrafik yozuv Mixsimon yozuv Fonografik yozuv Kopchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof- tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish xamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun xozirgi zamon yozuvi bolmagan paytda odamlar bazi xodisa va voqealarni uzoq, masofaga etkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yoli bilan amalga oshirishgan.
5. Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasidagi bogliqlik va farqni tushuntiring.
Fikrlash - atrofdagi dunyoning miyasi tomonidan aks ettirishning eng yuqori shakli, faqat odamga xos bo'lgan eng murakkab aqliy jarayon.
Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi.

Download 13,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish