Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet118/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Savol va topshiriqlar:


She’rning birinchi bandi ilk bayti ma’nosini chaqishga urining. „Mening shunchaki kuylagim kelmas, Ovoz pardalarim chidab bersa bas“ misralari mazmunini izohlang.

3
Ikkinchi banddan kelib chiqadigan qarama-qarshi ma’noga e’tibor qiling: „suymoq“ va „ozor bermoq“qa munosabat bildi­ring va shoira ko‘zda tutayotgan ruhiy holatni izohlang. „Shunchaki sevilmoqbaxti qoralik, To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim shunday sevgiga molik,
Bir charsillab yonay, so‘ngra so‘nsam ham“ tarzidagi iqror shoira shaxsiyatiga xos qanday jihatlarni ko‘rsatadi?
Tarjima qilib yoz sim sadolarin“ shaklidagi da’vat mazmunini izohlang.
Shoiraning chinakam kulish va astoydil yig‘lash borasidagi talablari haqida fikr yuriting.
She’rning obrazli ifodalari so‘nggi bandda qay darajada kuchayganiga e’tibor qiling. Shoiraning bu usulni qo‘llashdan kuzatgan maqsadini izohlang.

8
Shunchaki yozmoq bu - shoirga o‘lim“ qanoatini tushuntiring va shunga tayanib, shoira ijodi haqida fikr yuriting.

SHAVKAT RAHMON
(1950—1996)
XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950- yilning 12-sentyabrida O‘sh shahrida tug‘il- gan. Shoirning otasi Rahmonberdi asli Shahrixon tumanidagi Saroy qishlog‘idan bo‘lib, taqdirning taqozosi bilan O‘sh shahriga kelib, turg‘un bo‘lib qolgandi. Onasi Oftobxon ham asli Shahrixon tumani- dan edi. Shavkat Rahmonning otasi ham, onasi ham savdo ishlari bilan shug‘ullanib, erta ko‘klamdan to kech kuzga qadar Pomir tog‘i etaklaridagi Sarmo‘g‘ul yaylovlaridagi chorvadorlarni kerakli oziq- ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan ta’minlashar edi. Savdo xodim- lari bo‘lishgan ota-ona uzoq tog‘ yaylovlarida haftalab qolib ketishar, uydagi barcha yumushlar xayolchan, ammo tirishqoq, mehnatsevar to‘ng‘ich farzand Shavkatning zimmasida bo‘lardi.
Bolalikdan tinib-tinchimas, baquvvat va g‘ayratli Shavkat mus- taqil ishlar qilishga intilardi. O‘n uch yoshida ta’til chog‘i g‘isht zavodi- ga ishga kiradi. Tajribali ishchilardan g‘isht quyishni o‘rganib olgach, kelasi yili hovlidagi pastqam eski devorlarni buzib, o‘rniga oldida havoli ayvoni bo‘lgan ikki xonali uy quradi. Oradan o‘n yillar o‘tib ayni shu uyga ayoli — Manzura kelin bo‘lib tushadi. Shuningdek, Shavkat hovlidagi tomorqaga turli-tuman ko‘chatlar ekishni yoqtiradi. Ularni erinmay parvarish ham qilardi.
1966- yilda o‘rta maktabni a’lo baholarga bitirgan Shavkat oliy ma’lumot olishni istagani bois, Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshiradi. Imtihonlardan
o‘tadi, lekin kerakli ballni to‘play olmaganligi uchun tanlovdan o‘tol- maydi.
O‘zbekiston poytaxtida o‘qish orzusiga erisha olmagan Shavkat O‘sh viloyati gazetasida harf teruvchi, so‘ng xatoni to‘g‘rilov- chi — musahhih bo‘lib ishlaydi. O‘sh gazetasida o‘sha paytlari nomi O‘zbekistonda ham ancha tanilib qolgan shoir, dilkash va samimiy in­son Tursunboy Adashboy xizmat qilardi. Shavkat Rahmon Tursunboy Adashboy bilan tanishib, yozgan she’rlarini u kishiga ko‘rsatadi. Tortinchoq, qaysar, indamas va talantli yigitchaning she’rlari shu tariqa viloyat gazetasi sahifalarida birin-ketin bosila boshlaydi.
Shunday kunlarning birida matbuotda Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga ijodiy tanlov e’lon qilinadi. Toshkent universitetiga kirolmay, o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib yurgan, she’riyatga doir ko‘plab kitoblarni o‘qigan Shavkat she’rlarini rus tili- ga o‘zi tarjima qilib, Moskvadagi tanlovga jo‘natib yuboradi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach: “Siz ijodiy tanlovdan o‘tdingiz, tezda Moskvaga yetib keling” degan mazmunda telegramma oladi. Begona sha- harga borib, kirish imtihonlarini ham yaxshi topshirgan Shavkat Adabiyot instituti talabasi bo‘ladi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Do‘st, Sobit Madaliyev kabi o‘zbek adabiyotining bo‘lajak mashhur adiblari bilan yonma-yon sa- boq oladi.
Moskvadagi tahsilni tamomlagan Shavkat Rahmon Toshkentga keladi. U bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Deyarli hami- sha qizg‘in ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan talabchan shoir shu yillar­da “Rangin lahzalar” (1978), “Yurak qirralari” (1981), “Ochiq kunlar” (1984), “Gullayotgan tosh” (1985), “Uyg‘oq tog‘lar” (1986), “Hulvo” (1987) singari she’riy kitoblarini chop ettiradi.
Dunyo she’riyatidagi yangi va ilg‘or tajribalarni o‘zbek poeziyasi- ga kiritish yo‘lida izlangan Sh. Rahmon 1979- yilda atoqli ispan shoiri Federiko Garsia Lorka she’rlaridan iborat kitobni rus tilidan o‘zbek- chaga ag‘darib, “Saylanma” nomi bilan chop ettirdi. Otashnafas is­pan shoiri she’riyatiga oshiq bo‘lib qolgan Shavkat Rahmon mustaqil ravishda ispan tilini o‘rganib, 1986- yilda Ispaniyada ijodiy safarda bo‘ladi.
U Lorka she’rlarini bevosita ispanchadan o‘zbekchaga o‘giradi. 1989- yilda Lorkaning “Eng qayg‘uli shodlik” she’riy kitobi shu tariqa o‘zbek tilida nashr etiladi. 1996- yilda shoirga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berildi.
Shoir Shavkat Rahmon nafaqat o‘z she’rlari, balki tarjimalari- ga ham g‘oyat ulkan mas’uliyat bilan yondashar, har qanday badiiy ijodning quruq gap yoki chiroyli zamzama emas, balki chinakam JASORAT bo‘lishiga intilardi. Uning e’tiqodi bo‘yicha “shoirlik - jaso- rat so‘zining tarjimasi” edi:
Nahot, she’rlar aytdim bo‘shliqqa qarab, nahotki, sovrildi olov so‘zlarim, nahotki, haq bo‘lsa, el-u yurt asli quruq so‘zlar degan gumroh do‘stlarim?
Sh. Rahmon ijodida hamisha millatning dard-u armonlarini ifo- dalashga intilardi. U o‘z kayfiyatlarini tasvirlash bilan kifoyalanadi- gan shoirlar sirasiga kirmas, o‘z taqdirini millatinikidan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu etib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoir edi. “Bir qo‘shiq bo‘laman daryoday yurakning eng chuqur yerida” deya orzu qilgan shoir hamisha samimiy tuyg‘ularni beqiyos badiiy yuksaklikda o‘ta kuyunchaklik bilan kuyladi:
Zulfiqor ruh kerak, kerak chin yog‘du,
chin ishq yolqinlari bag‘rimga to‘lsin, jismimni toblasin faqat chin og‘riq, chechaklar qop-qora bo‘lsa-da, bo‘lsin.
Zabardast shoir Shavkat Rahmon qisqa umr kechirdi. U 1996- yilning 2-oktyabrida uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etdi. U Toshkent shahridagi Yalang‘och qabristoniga dafn etilgan. Vafotidan so‘ng shoirning “Saylanma” kitobi (1997) nashr qilindi.
O‘sh shahrida shoir tug‘ilgan mahallaga hamda shaharda- gi o‘rta maktablardan biriga Shavkat Rahmon nomi berilgan. Siz otashin millatparvar shoirning g‘oyat o‘ziga xos va o‘tli she’rlaridan ayrimlari bilan tanishasiz.
TONG OCHAR KO‘ZLARIN...


Tong ochar ko‘zlarin erinib, sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar, chechaklar jilmayar sevinib, shamolda cho‘milar giyohlar.
O‘ynoqi shu’lalar — bolalar jimgina tarqalar sayxonga, o‘rgimchak to‘qiydi tolalar, xonqizi boradi mehmonga.
Qurbaqa varaqlar bayozin, guldan bol so‘radi arilar, chigirtka qayraydi ovozin, parvozda ninachi — parilar.
Chumoli, mehnatkash chumoli, kuyinma, atrofga bir qara — maysalar, oh, qanday himoli, dunyoni qilma ko‘p masxara.

a:
2.
3.
4.
5.
6.
Savol va topshiriqlar:
She’rning birinchi misrasini hayotiy va badiiy mantiq nuqtai nazaridan izohlang.
Sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar” shaklidagi ifodani sharhlang. “Chechaklar jilmayar sevinib” ifodasining mazmuni haqida so‘zlang.
She’rda nima uchun “O‘ynoqi shu’lalarbolalar” deyilgan? “O‘rgimchak to‘qiydi tolalar, xonqizi boradi mehmonga” misralari mazmuni va ifoda haqida fikrlang.
Chigirtka qayraydi ovozin” satrida tasvirlangan holatni tushuntiring.


8.

9.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish